Metallurgiya
Download 2.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)
Nurlanish. Qizigan hamma jismlarissiqlikni boshqa jismlarga nurlanish- nur
siochish yo‘li bilan uzatadi. Issiqlikni nurlar orqali uzatish issiqlik uzatishning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, hech qanday moddaning molekulasi bo‘lmagan mutlaq va qumda ham issiqlik uzataveradi. Issilik almashinuvida suyuqlik yoki gaz (bug‘) ish bajaruvchi jism jism hisoblanadi. Issiqlik almashuv nazariyasi energiya uzatish haqidagi ma’lumotning bir qismi bo‘lib, termodinamika bilan birga issiqlik texnikasining nazariy asosini tashkil qiladi. Bug‘ qozonlarida, bug‘ va gaz trubinalarida, pechlarda issiqlik almashinuv hodisasi ro‘y beradi. Tabiatda uzluksiz issiqlik almashinuv bo‘lib turadi. Masalan, havoning yerga yaqin turgan qatlami va tuproqning yuqori qatlamida tempratura muttasil o‘zgarib turadi. Kunduzi tuproq quyoshdan issiqlikni ko‘p yutib isiydi, kechasi esa aksincha soviydi. Tuproqning isishi va sovishi o‘simliklarning rivojlanishiga kata 70 ta’sir ko‘rsatadi. Haydalgan qora tuproq quyosh nurlari ta’sirida ko‘proq isiydi, ammo u ustda o‘simlik o‘sib yotgan yer tuproqqa qaraganda tezroq soviydi ham. Tuproq va havo orasida issiqlik almashuviga ob-havo ham ta’sir qiladi. Ochiq bulutsiz tunda tuproq qattiq soviydi. Tuproqdagi issiqlik nurlanish tarzida to‘xtovsiz tarqaladi. Erta bahorda bunday kechalari tuproqning sirti muzlashi mumkin. Agar havo bulut bo‘lsa, bulut yerni qoplab olib, tuproqni nurlanish yo‘li bilan issiqlik yo‘qotishdan saqlovchi o‘ziga xos parda vazifasini o‘taydi. Issiqxonalar tuproqni va tuproq ustidagi havoning temperaturasini ko‘tarish vositalarini biri bo‘lib, quyosh nurlaridan to‘laroq foydalanishga imkon beradi. Quyoshning ko‘rinadigan nurlarini shisha yaxshi o‘tkazadi, bu nurlar qoramtir tuproqqa tushgach uni qizdiradi. Ammo shish yer ustidagi havoni sovitmay turadi, chunki u yer sirtidan tarqaluvchi ko‘rinmas issiqlik nurlarini yomon o‘tkazadi. Shunday qilib, issiqxonalar oynasi issiqlikni tutib qoladi. Issiqxona ichidagi temperatura usti ochiq yerdagi temperaturadan taxminan 10 o C daraja yuqori bo‘ladi. Issiqlik texnikasi issiqlik almashinuvining nazariy va amaliy masalalarini o‘rganadi. Issiqlik almashuv issiqlik oqimi miqdori Q ga jismlar sirti S ga issiqlik almashuv koeffitsenti va temperaturalar farqi 2 1 t t ; 2 1 t t ga bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha ifodalanadi: 2 1 Q S t t Bu Nyuton-Puxman formulasi deyiladi. Bunda Q S 2 1 1 t t Q q S ga teng deb olib, buni issiqlik oqimi zichligi deyiladi, va u 2 1 q t t kabi yoziladi. Temperaturalar farqi 2 1 1 t t bo‘lganda issiqlik almashuv koeffitsenti issiqlik oqimi zichligiga teng bo‘ladi. Issiqlik almashuvda jismlar orasidagi chegarada sovuq jismning sekin harakatlanadigan molekulalari bilan issiq jismning tezroq harakatlanadigan molekulalari o‘zaro ta’sirlashadi. Natijada 71 molekulalarning kinetik energiyalari tenglashadi. Sovuq jism molekulalarining tezligi ortadi, issiq jism molekulalarining tezligi kamayadi. Issiqlik almashuvda energiya bir turdan boshqa turga aylanadi. Issiq jism ichki energiyasining bir qismi sovuq jismga uzatiladi. Download 2.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling