84
3.2. MОDDА IОNLАRINI GАZLАRDА, SUYUQLIKLАRDА VА
QАTTIQ JISMLАRDА O‘TKАZUVCHАNLIGI. IDЕАL GАZLАRDАGI
O‘TUVCHАNLIK.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Issiqlik o‘tkazuvchanlik – bu temperaturalar farqi
borligi tufayli tutash muhitda issiqlikning molekulyar uzatilishidir.
Issiqlik almashinuvining bunday usuli, asosan
qattiq jismning ichida ham,
shuningdek bir-biriga tegib turgan ikkita qattiq jism orasida ham sodir bo‘ladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik suyuqlik yoki gaz qatlami orqali ham amalga oshishi
mumkin, lekin umuman olganda suyuqlik va gazlar (suyuqlangan metallar bundan
mustasno) issiqlikni juda yomon o‘tkazuvchan hisoblanadi.
Bir jinsli izotrop jismni isishini ko‘raylik. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha bir
xil fizik xossalarga ega bo‘lgan jismlarga izotrop jismlar deb aytiladi.
Bunday
jismni isitish vaqtida uning turli nuqtalaridagi temperatura vaqt bo‘yicha o‘zgaradi
va issiqlik yuqori temperatura sohasidan past temperatura sohasiga tarqaydi.
Vaqtning ayni paytida ko‘rib chiqilayotgan fazoning barcha nuqtalaridagi
temperatura qiymatlarining yig‘indisi temperatura maydoni deyiladi.
Temperatura
maydoni quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
t=f(x,y,z,)
bu yerda x,y,z – nuqta koordinatalari; - vaqt.
Agar jismning temperaturasi koordinata va vaqtning funktsiyasi bo‘lsa, u
holda temperatura maydoni nostatsionar bo‘ladi:
t=f(x,y,z,); t/0
Agar jismning temperaturasi faqat koordinataning funktsiyasi bo‘lib, vaqt
davomida o‘zgarmasa, u holda temperatura maydoni statsionar bo‘ladi.
t=f(x,y,z); t/=0
Temperatura maydoni uchta, ikkita va bitta
koordinataning funktsiyasi
bo‘lishi mumkin va mos ravishda, u uch, ikki va bir o‘lchamli deyiladi.
Hamma
nuqtalarida temperatura bir xil bo‘ladigan sirt izotermik sirt deyiladi.
85
Fazoning ayni nuqtasining o‘zida bir vaqtda ikki xil temperatura bo‘lishi
mumkin emasligi uchun, turli izotermik sirtlar
hech vaqt bir-biri bilan
kesishmaydi. Ularning barchasi jism sirtida tugaydi yoki butunlay uning ichida
joylashadi.Jismning temperaturasi izotermik sirtlarni kesib o‘tadigan yo‘nalishlar-
dagina o‘zgaradi (11-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: