Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Nazorat savollari: 
1. Issiqlik sig‘imi deganda nimani tushunasiz?
2. Moddalarning issiqlik sig‘imi qanday aniqlanadi?
3. Sistemaning qanday parametrlari mavjud?


84 
3.2. MОDDА IОNLАRINI GАZLАRDА, SUYUQLIKLАRDА VА 
QАTTIQ JISMLАRDА O‘TKАZUVCHАNLIGI. IDЕАL GАZLАRDАGI 
O‘TUVCHАNLIK. 
Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Issiqlik o‘tkazuvchanlik – bu temperaturalar farqi 
borligi tufayli tutash muhitda issiqlikning molekulyar uzatilishidir. 
Issiqlik almashinuvining bunday usuli, asosan qattiq jismning ichida ham
shuningdek bir-biriga tegib turgan ikkita qattiq jism orasida ham sodir bo‘ladi. 
Issiqlik o‘tkazuvchanlik suyuqlik yoki gaz qatlami orqali ham amalga oshishi 
mumkin, lekin umuman olganda suyuqlik va gazlar (suyuqlangan metallar bundan 
mustasno) issiqlikni juda yomon o‘tkazuvchan hisoblanadi. 
Bir jinsli izotrop jismni isishini ko‘raylik. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha bir 
xil fizik xossalarga ega bo‘lgan jismlarga izotrop jismlar deb aytiladi. Bunday 
jismni isitish vaqtida uning turli nuqtalaridagi temperatura vaqt bo‘yicha o‘zgaradi 
va issiqlik yuqori temperatura sohasidan past temperatura sohasiga tarqaydi.
Vaqtning ayni paytida ko‘rib chiqilayotgan fazoning barcha nuqtalaridagi 
temperatura qiymatlarining yig‘indisi temperatura maydoni deyiladi. Temperatura 
maydoni quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 
t=f(x,y,z,)
bu yerda x,y,z – nuqta koordinatalari;  - vaqt. 
Agar jismning temperaturasi koordinata va vaqtning funktsiyasi bo‘lsa, u 
holda temperatura maydoni nostatsionar bo‘ladi: 
t=f(x,y,z,); t/0 
Agar jismning temperaturasi faqat koordinataning funktsiyasi bo‘lib, vaqt 
davomida o‘zgarmasa, u holda temperatura maydoni statsionar bo‘ladi. 
t=f(x,y,z); t/=0 
Temperatura maydoni uchta, ikkita va bitta koordinataning funktsiyasi 
bo‘lishi mumkin va mos ravishda, u uch, ikki va bir o‘lchamli deyiladi. Hamma 
nuqtalarida temperatura bir xil bo‘ladigan sirt izotermik sirt deyiladi. 


85 
Fazoning ayni nuqtasining o‘zida bir vaqtda ikki xil temperatura bo‘lishi 
mumkin emasligi uchun, turli izotermik sirtlar hech vaqt bir-biri bilan 
kesishmaydi. Ularning barchasi jism sirtida tugaydi yoki butunlay uning ichida 
joylashadi.Jismning temperaturasi izotermik sirtlarni kesib o‘tadigan yo‘nalishlar-
dagina o‘zgaradi (11-rasm). 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling