Metallurgiya


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Nazorat savollari: 
1. Issiqlik almashuvi deganda nimani tushunasiz?
2. Sistemaning ichki energiyasining oshishini qanday izohlaysiz?
3. Boltsmanni taqsimlanish qonuniyatining mohiyati nima?
Umumiy savollar 
1. Eritmalar deb nimaga aytiladi? 
2. Erigan moddaning massa ulushi deb nimaga aytiladi? 
3. Molyar konsentratsiya deb nimaga aytiladi? 


77 
4. Eruvchanlik qanday tushuncha? 
5. Ideal eritmalar deb nimaga aytiladi?
6. Eritmani tashkil qiluvchi komponentlar orasida qanday fizika-kimyoviy 
o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi?
7. Termodinamik faollik deganda nimani tushunasiz?
8. Elektrolit eritmalari deb qanday eritmalarga aytiladi? 
9. Elektroliz jarayonining asosiy mohiyati nimada?
10. Elektroliz jarayonida uchraydigan qonuniyatlarni qaysi olim birinchi 
bo‘lib kuzatgan?
11. Oksidlanish potensiali deganda nimani tushunasiz?
12. Misning standart elektrod potensiali nechaga teng?
13. Galvanik element tushunchasini qanday izohlaysiz?
14. Eruvchanlik ko‘paytmasi deganda nimani tushunasiz?
15. Suvning ion ko‘paytmasi nechaga teng?
16. Eritmaning ion kuchi qanday aniqlanadi?
17. Issiqlik almashuvi deganda nimani tushunasiz?
18. Sistemaning ichki energiyasining oshishini qanday izohlaysiz?
19. Boltsmanni taqsimlanish qonuniyatining mohiyati nima?
3. GAZLAR ISSIQLIK SIG‘IMLARI, GAZLARDA, SUYUQLIKLARDA 
VA QATTIQ JISMLARDA O‘TKAZUVCHANLIGI 
3.1. IDЕАL GАZNING ISSIQLIK SIG‘IMI. ISSIQLIK SIG‘IMINING 
KVАNT NАZАRIYASI. 
Molekulyar fizikada issiqlik miqdori. Issiqlik sig‘imi. Issiqlikni ichki 
energiyaning sifat belgilarini anglatuvchi kattalik deyish mumkin, chunki issiqlik 
orqali berilgan moddaning harorati yuqori yoki past ekanligi to‘g‘risida ma’lumot 
olamiz. Issiqlikni kontakt yoki nurlanish tufayli uzatish mumkin. Birinchidan,
haroratlar har xil bo‘lgan moddalar o‘zaro bir-biriga tekizilsa, ma’lum vaqtdan 


78 
keyin har ikki moddaning haroratlari sekin-asta bir xil qiymatga o‘zgarishini 
kuzatish mumkin. Ikkinchidan, Quyosh nurlari ta’sirida atrof-muhit isiydi. 
Bir-biriga tekizish yoki nurlanish orqali bir sistemadan ikkinchi sistemaga 
berilgan yoki undan olingan energiya issiqlik miqdori deyiladi. 
Issiqlik miqdori ham energiya birliklarida o‘lchanadi. Issiqlik miqdori joulda 
o‘lchanadi. Issiqlik miqdori ham, xuddi bajarilgan ish kabi, holat funksiyasidir. U 
faqat moddaning boshlang‘ich va oxirgi holatlari bilan emas, balki modda 
holatlarining o‘zgarishi amalga oshgan jarayon bilan ham aniqlanadi. 
Moddaning issiqlik sig‘imi, modda haroratini bir kelvinga oshirish uchun 
unga berilgan issiqlik miqdori bilan xarakterlanadi. Gazlarning issilik sig‘imini 
o‘rganishda solishtirma issiqlik sig‘im va molyar issiqlik sig‘im tushunchalaridan 
foydalanamiz. 
a) 1 kg gaz haroratini 1K ga oshirish uchun kerak bo‘lgan issiqlik miqdori 
bilan o‘lchanadigan kattalikka solishtirma issiqlik sig‘imi deb ataladi. Solishtirma 
issiqlik sig‘imi kichik s harfi bilan belgilanadi va J/kg
.
K da o‘lchanadi. 
b) 1 mol gaz haroratini 1K ga oshirish uchun kerak bo‘lgan issiqlik miqdori 
bilan o‘lchanadigan kattalikka molyar issiqlik sig‘im deb ataladi. Molyar issiqlik 
sig‘im katta S harfi bilan belgilanadi va J/mol
.
K da o‘lchanadi. Bu ikki issiqlik 
sig‘imlar orasida quyidagicha bog‘lanish bor. Molyar massa 

kg/mol ekanligini 
eslasak
с
С


yoki
С
с

1

munosabat hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy m massali gazning issiqlik sig‘imi esa 
C
m
mc


ga teng bo‘ladi. 

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling