Metallurgiya


Jismlarning ichki energiyasining o‘zgarishi


Download 2.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/162
Sana09.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1695742
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   162
Bog'liq
Metallurgiyaasoslarioquvqollanma (1)

Jismlarning ichki energiyasining o‘zgarishi. Jismning ichki energiyasi 
qandaydir o‘zgarmaydigan kattalik emas, bir jismning o‘zida ichki energiyasi 
o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, tempratura ko‘tarilganda jismning ichki 
energiyasi oshadi, shu jism molekulalarining o‘rtacha kinetik energiyasi oshadi. 
Temperatura pasayganda esa aksincha, jismning ichki energiyasi kamayadi.
Shuningdek 
jism 
bir 
agregat 
holatidan 
ikkinchisiga 
o‘tganda, 
deformatsiyalanganda, maydaroq bo‘laklarga parchalanganda uning ichki 
energiyasi o‘zgaradi, chunki bu hollarning barchasida zarralarning bir-biriga 
nisbatan joylashuvi o‘zgaradi, demak ularning potensial energiyasi ham o‘zgaradi. 
Bu aytilganlarda kelib chiqadiki, jismning ichki energiyasi uning holatiga 
bog‘liq emas. Jism holati o‘zgarganda uning ichki energiyasi ham o‘zgaradi. 
Endi qanday jarayonlar natijasida jismning ichki energiyasi o‘zgarishini 
ko‘raylik. 
Agar harakat qilayotgan jism ishqalanish kuchini yengib ish bajarsa, uning 
mexanik energiyasi kamayadi, shu bilan birga jismning holati ham o‘zgaradi. 
Ishqalanganda jismlar isiydi, mayda bo‘laklarga parchalanadi, hatto bir agregat 
holatdan ikkinchisiga ham o‘tish mumkin. Demak ish bajarish jarayonida jismning 
ichki energiyasi o‘zgaradi. 
Jismlarning ichki energiyasini boshqa yo‘llar bilan ham o‘zgartirish 
mumkin. Gaz plitaqsi ustiga qo‘yilgan suv qaynaydi, uning ichki energiyasi 


74 
o‘zgaradi. Uydagi mhavo va boshqa buyumlar pechkadan yoki bug‘ bilan isitish 
batareyasidan issiqlik olib isiydi, demak, ularning molekulalarining o‘rtacha 
kinetik energiyasi ko‘paygani uchun ichki energiyasi ko‘payadi. 
Ammo bunda ish bajarilmaydi. Demak, ichki energiyaning o‘zgarishi faqat 
ish bajarilgandagina emas, balki turli issiqlik jarayonlarida ham ro‘y berishi 
mumkin ekan. 
Jism ichki energiyasining hech qanday ish bajarmasdan o‘zgarishi jarayoni 
issiqlik uzatish deb ataladi. Issiqlik uzatish jismlar bevosita bir-biriga tekkanda 
ham, bir-biridan ma’lum uzoqlikda bo‘lganda ham ro‘y beradi. 
Demak, jismning ichki energiyasi oshsa, u atrofdan ma’lum bir miqdorda 
energiyaolmgan bo‘ladi, yoki aksincha ichki energiyaning kamayishi esa jism o‘z 
energiyasidan bir qismini berganligini ko‘rsatadi. 
Issiqlik deb ataladigan maxsus kattalik issiqlik uzatish jarayonida jismning 
olgan yoki bergan energiyasining o‘lchovi bo‘ladi. 
Shunday qilib, jismning ichki energiyasni ikki usul bilan: mexanik ish 
bajarish yoki issiqlik uzatish usuli bilan o‘zgartirish mumkin. 
Ichki energiyaning mexanik energiyaga aylanishidek teskari jarayonni ham 
kuzatish mumkin. Agar broberka ichidagi suv uzatilsa suvning ichki energiyasi 
orta boshlaydi. Suv qaynaydi, bug‘ bosimi shu qadar ortib ketadiki, tiqin otilib 
chiqib, yuqoriga uchib ketadi. Tiqinning kinetik energiyasi bug‘ning ichki 
energiyasi hisobiga ortadi. Suv bug‘i kengayganda ish bajarib soviydi. Bunda 
bug‘ning ichki energiyasi kamayadi.

Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling