Metod birlashmalar


Seminarga 5 tadan ortiq mavzular taqdim etilmaydi. Tanlangan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak


Download 98 Kb.
bet5/9
Sana08.04.2023
Hajmi98 Kb.
#1341063
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
METOD BIRLASHMALAR.

Seminarga 5 tadan ortiq mavzular taqdim etilmaydi. Tanlangan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- belgilangan mavzu muammolarni xal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim;
- juda keng bo‘lmasligi, aniq chegaralarni belgilagan bo‘lishi
- ishtirokchilar salohiyati va malakasi inobatga olingan bo‘lishi kerak.
Metodbirlashmada ilg‘or pedagogik tajribalar o‘rganilib, taxlil qilinib, umumlashtirilib, ommalashtiriladi. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va tadbiq qilish o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv materialini o‘qitishning yangi mantiqini amaliyotga kiritish, bilish faoliyati muammolari yechimini topishga, yangi tipdagi o‘quv jarayonlarini modellashtirishga turtki berishi mumkin.
Metodbirlashma faoliyatining yo‘nalishlari va shakllari.
* Fanga va metodbirlashmaga oid me’yoriy xujjatlarni o‘rganish.
*Metodbirlashma a’zolarini metodik yangiliklar bilan ta’minlash.
*Ilg‘or ish tajriblarini o‘rganish va ommalashtirrsh.
*O‘qituvchilarni malaka oshirish kurslari va o‘z ustida ishlash rejasi asosida malakasini oshirish.
*Dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni kuzatish.
*Ish tajribasini o‘rganish bo‘yicha seminarlarni o‘tkazish.
* Eslatmalar va ko‘rgazmali materiallar ishlab chiqish.
*Konferensiyalarda, davra suhbatlarida ishtirok etish.
*Metodik materiallar va ishlanmalarning to‘planishi.
*O‘qituvchilarning o‘z ustida malakasini va mahoratini oshirishga oid xisobotlari.
Metodbirlashmada yig‘ilishlar orasida o‘tkaziladigan tadbirlar:
Sentabr:
1 O‘qituvchilarni taqvim-mavzuiy rejasini tuzish.
2 Amaliy ishlarni o‘tkazish rejasini tuzish.
3 Intellektual marafon uchun vazifalarni tayyorlash.
4 Olimpiada va bilimlar bellashuvi uchun o‘quvchilarni tayyorlash.
5O‘quvchilarning ijodiy faoliyati va loyihalash usuli mavzusida ma’ruza tayyorlash.
Oktabr:
1. Tuman olimpiadasi bilimlar bellashuviga tayyorlanish.
2 Ko‘rik tanlovlarda qatnashish.
3 O‘qituvchilarning darslarni kuzatishi va taxlil qilish.
4 Intellektual marafon o‘tkazish.
5 Seminar va konferensiyalarda ishtirok etish.
Noyabr:
1.Tuman olimpiadalarida qatnashish.
2 O‘quvchilarni ilmiy tadqiqot ishlariga tayyorgarligi.
3 O‘qituvchilarning darslarini kuzatish va taxlil qilish.
Dekabr:
1. Viloyat olimpiadasiga va bilimlar bellashuviga tayyorgarlik.
2 Anketa savolnomasini o‘tkazish.
3 Kasbiy qiyinchiliklar bo‘yicha individual maslaxatlar.
4 O‘qituvchilarni malaka toifasi uchun o‘tkaziladigan attestatsiyaga tayyorlash.
O‘quvchilarning mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish” mavzusida doimiy harakatdagi seminar o‘tkazish.
Fevral:
1. Ilmiy konferensiya. Ekologiya bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish.
2 - 3-chorakda o‘qituvchilarning ish faoliyatini monitor qilish.
3 O‘qituvchilarning saytlari orqali innovatsion pedagogik texnologiyalarni va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va joriy etish.
4 Olimpiadada o‘quvchilar ishini tekshirishda ekspert sifatida qatnashish.
Mart:
1 O‘quvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari,Axborot to‘plash, tadqiqot va himoya qilishga tayyorgarlik
2 Fan oyliklarini rejalashtirish va tashkil etish.
3 Pedagogik tajribani tarqatish uchun seminarlar, tanlovlar loyhalarida ishtirok etish.
Aprel:
1 Yil davomida maktabning boshqa metodbirlashmalari bilan qo‘shma yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirish.
2 Attestatsiya materiallarini ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etish.
3 O‘zlashtirish natijalarining taxlili.
4 O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyati.
Iyun:
1. Texnologik ijod kunlarini o‘tkazish.
Metodbirlashmaning yillik yig‘ilishlar rejasi

Tartib raqami

Masalalar

Vaqti

Ma’sul

1-yig‘ilsh

1.Metodbirlashmaning o‘quv yilidagi ish rejasini muhokama qilish va tasdiqlash.
2. Dars jarayonini sifatli tashkil etishda o‘qituvchilarning qiyinchiliklarini o‘rganishga oid so‘rovnomalarni o‘tkazish.
3 O‘z ustida ishlash mavzusini belgilash va ustida ishlash.
4 Diagnostika ishlarini tashkil etish uchun sinflarni belgilash.
5 Qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish rejasini ishlab chiqish.
6 Olimpiadaga bilimlar bellashauvi maktab bosqichiga tayyorlanish va tashkil etish.

Avgust




2-yig‘ilish

1. 5-7sinflarda DTS talablarini g bajarilishi.
2. O‘qituvchilarning darsdan tashqari faoliyati.
3 Dars jarayonida foydalaniladigan dars shakllari va metodlar mavzusida seminar o‘tkazish.
4.Tayanchkompetensiyalarni rivojlantirish yo‘llari mavzusida ma’ruza.

Noyabr




3-yig‘ilish

1 Yarim yillik fan uchun o‘quvchilarning erishgan natijalarini taxlil etish
2 Texnologiya ta’limi darslarida AKTdan foydalanish mavzusida ma’ruza
3 Olimpiada va bilimlar bellashuvi yakunlari va unga tayyorgarlik.
4 Yilning birinchi yarmida o‘tkazilgan ochiq darslarning o‘tkzilishi va ularni taxlil qilish.
5 O‘qituvchilarning ijodiy loyihalarini faoliyati

Yanvar




4-yig‘ilish

1.Mehnat, xavfsizligini ta’minlash me’yoriy talabarga rioya qilinishi
2. Fan xonasining to‘ldirilshi va texnik ta’minoti
3 Metodbirlashma a’zolarini o‘z ustida ishlashlari bo‘yicha xisobotlari.
4 O‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan amalga oshirilgan ishlar taxlili.

Mart




5-yig‘ilish

1 O‘quvchilar yakuniy nazoratini o‘tkazish tartibini belgilash va materiallarni ishlab chiqish.
2 Fan dasturining bajarilishi va o‘quvchilarni o‘zlashtirish natijalari.
3 Yakuniy attestatsiya talablarini xisobga olgan holda ishga dasturlarni tayyorlash.
4 Metodbirlashmaning yil davomida amalga oshirgan ishlari va yangi o‘quv yili uchun tavsiyalar.

May

















Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling