Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»


Erkin holda yashaydigan azotfiksatorlar


Download 2.55 Mb.
bet147/217
Sana03.10.2023
Hajmi2.55 Mb.
#1691122
TuriМетодические указания
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   217
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKRОBIОLОGIYA VА VIRUSОLОGIYА

Erkin holda yashaydigan azotfiksatorlar. Erkin holda yashaydigan azotfiksatorlarga Azotobacter chrooccocum - azotfiksator va anaerob azotfiksator Clostridium pasterianum kiradi. Azotobakteriyalar tuproqda erkin yashab, har gektar erga 15-30 kg azot to’plashdan tashqari, yana boshqa xususiyatlari bor. Masalan, o’simliklar o’sishi uchun auksin tipidagi o’sish faktorini hosil qilib, rizosfera mikroblarining yaxshi rivojlaninshiga yordam beradi.
Ikkala azotfiksator azot to’plash uchun energiyaga muhtoj bo’ladi. Ular qandni yo oksidlab, yoki bijg’itib shunday energiya oladi. Azotbakter – aerob bo’ladi, shuning uchun u qandni havo kislorodi bilan oksidlaydi. Paster klostridiyi – anaerobdir, shuning uchun u qandni moy kislota hosil qilib bijg’itadi. Azotobakterning tuproqdagi elektiv kulturasini olish uchun tuproqqa 2% li mannit qo’shib aralashtiriladi, loy quyuq xamir holiga kelguncha suv qo’shib qoriladi, shu loy Petri likobchasiga solinib, ho’l shpatel bilan yoyiladi va termostatga qo’yiladi. Mannit energiya manbaidir. Mannit borligi tufayli azotobakter yaltiroq, tiniq shilimshiq koloniyalar shaklida o’sib chiqadi. Paster klostriydining elektiv kulturasini olish uchun tuproqqa 1% li glyukoza va suv qo’shib, atala qilinadi. Shu tuproq atalasi Petri likopchasiga solinib, termostatga quyiladi.
Clostridium pasterianum uchun tuproqqa azotbakterdagiga nisbatan ko’proq suv qo’shamiz, chunki tuproqda suv qancha ko’p bo’lsa havo shuncha kam bo’ladi, ya’ni anaerob sharoit vujudga keladi. Paster klostridiyi anaerob bo’lib, tuproq ichida o’sadi. U qandni bijg’itib gaz hosil qiladi, shu sababli uning rivojlanayotganligi gaz pufakchalari paydo bo’lganligidan bilinadi, gaz pufaklari tuproqni ko’tarib, do’mboqchalar paydo qiladi.
Erkin holda yashaydigan azotfiksatorlarning tuproqdagi elektiv kulturalarini tekshirish. Mannitli tuproq plastinkalarida azotobakterning tiniq shilimshiq kapsulasi bilan o’ralgan yirik diplokokklar va tetrakkoklar ko’rinadi.
Glyukozali tuproq plastinkalari qappayib chiqadi. Plastinqaning qavargan joyidagi tuproqning yuza qavatini bakteriologik sirtmoq bilan ko’tarib, osti bo’sh bo’lib qolganini aniqlaymiz. Glyukozaning achishidan hosil bo’lgan gazlar shunday bo’shliqni vujudga keltiradi. Shu joydan sirtmoq bilan tuproq donasini olib, quruq mazok preparat tayyorlaymiz. Preparatni eritrozin bilan bo’yaymiz. Plastinkalarning qavargan joyidan tayyorlangan preparatda Paster klostridiyining limonga o’xshash yirik sporali xujayralari ko’rinadi.
Kerakli jihozlar: Dukkakli o’simlik ildizi, Oziqa muhiti. Mikroskop, immersion moy, filtr qog’ozlar, buyum va qoplog’ich oynachalar, bakteriologik sirtmoq, skalpel, pintsetlar. Bo’yoqlar (metilen ko’ki, fuksin), tuproq. Torozi toshlari bilan. Kolbalar.



Download 2.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling