Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Download 1.33 Mb.
bet6/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Fizik qonunlar. Fizika –tajribalarga asoslangan fandir. Barcha fizik nazariyalarning to‘g’rilik o‘lchovi tajriba hisoblanadi. Fizik tajribalarda amalga oshiriladigan o‘lchashlar chegaralangan aniqlikka ega bo‘ladi. Har bir fizik o‘lchashda faqatgina natija emas, balki o‘lchash aniqligi ham ko‘rsatiladi. Fizik tajribalar asosida fizik qonunlar shakllanadi. Har bir fizik qonun ma’lum bir qo‘llanilish sohasiga ega bo‘ladi. Eng keng qo‘llanilish sohasiga ega bo‘lgan fizik qonunlar fundamental qonunlar deyiladi. Bunday qonunlarga misol sifatida energiyaning saqlanish qonunini keltirish mumkin.
Fizik kattaliklar va ularni o‘lchash. Har qanday miqdoriy o‘zgarishlar kattalik deyiladi. Fizik hodisalarni yoki materiyaning ayrim xususiyatlarini xarakterlovchi kattaliklar fizik kattaliklar deyiladi. Masalan, uzunlik, vaqt, hajm, massa, kuch va shu kabilar. Biror kattalik qiymatlarining miqdoriy farqi taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Faqat uzunlik bilan uzunlikni, massa bilan massani, kuch bilan kuchni, vaqt bilan vaqtni taqqoslash mumkin. Bir-biri bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan kattaliklarni bir jinsli kattaliklar deyiladi. Masalan, ikki xil uzunliklar taqqoslanganda, ulardan biri shartli ravishda uzunlik birligi deb qabul qilinadi va ikkinchisida shu uzunlikdan necha birlik borligi aniqlanadi. Berilgan kattalikda shu kattalikka tegishli bo‘lgan o‘lchov birligidan necha marta joylashganini aniqlashga o‘lchash deb ataladi. O‘lchash natijasida olingan son shu kattalikning miqdori deyiladi. Masalan yo‘l uzunligi o‘lchanganda uning 500 m son olingan bo‘lsa, u holda bu son yo‘l uzunligining miqdorini ifodalaydi. Bunday sonlarni nomsiz yozish mumkin emas. Agar nomsiz yozilsa, qanday o‘lchov birligi bilan taqqoslangani noma’lum bo‘lib qoladi.
Fizik kattaliklarga qulay o‘lchov birliklarni tanlash fan uchun katta ahamiyatga ega. Har bir o‘lchov birligi qat’iy aniqlangan va o‘zgarmas bo‘lishi kerak, bunday holda ilmiy o‘lchashlar va ular asosida aniqlanilgan qonuniyatlar ob’ektiv bo‘ladi va bu qonuniyatlarni qayta tajribalar o‘tkazish orqali tekshirish mumkin.
1889 yilda o‘lchov birliklari va tarozilar bo‘yicha Xalqaro Bosh konferensiya chaqirilib barcha mamlakatlar uchun yagona o‘lchov birliklari qabul qilindi. Bu konferensiyada muhim fizik kattaliklar: uzunlik, massa, vaqt va kuch uchun xalqaro o‘lchov birliklari qabul qilindi.
Hajm va yuza o‘lchov birliklarini keltirib chiqarish uchun ularning formulalaridan foydalanamiz:
S = l  b = 1m1m = 1m2; V = Sh = 1m21m = 1 m3
Bundan ko‘rinadiki, formulalardan olingan birliklar, ularni keltirib chiqarish uchun olingan birliklarga bog’liq. Shuning uchun asosiy birliklar qilib shunday birliklarni olish kerakki, ular yordamida formuladan juda qulay birliklar keltirib chiqarilsin. Agar bir-biriga bog’liq bo‘lmagan bir necha fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari kelishib olinsa, qolgan fizik kattaliklarning o‘lchov birliklarini tegishli formuladan yuqoridagi qoidaga asosan keltirib chiqarish mumkin.
Kelishish orqali o‘rnatilgan o‘lchov birliklarga asosiy o‘lchov birliklari, formulalar asosida keltirib chiqarilgan o‘lchov birliklar esa hosilaviy o‘lchov birliklari deyiladi.
Asosiy o‘lchov birliklar va ulardan keltirib chiqarilgan hosilaviy o‘lchov birliklari yig’indisi fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari tizimini hosil qiladi. Fizikada asosan xalqaro birliklar tizimidan foydalaniladi. Xalqaro birliklar tizimida mexanik kattaliklarning o‘lchov birliklarini hosil qilishda asosiy birliklar sifatida uzunlik birligi – metr, massa birligi – kilogramm va vaqt birligi – sekund olinadi.
Xalqaro birliklar tizimida oltita asosiy birliklar mavjud bo‘lib, qolgan uchta birliklar fizikaning keyingi bo‘limlarini o‘rganish jarayonida kiritiladi. Masalalarni yechayotganda barcha fizik kattaliklarning miqdoriy qiymatlarini bir xil birliklar tizimiga keltirib, so‘ngra ularni formulaga qo‘yish kerak.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling