Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


KIRISH Ilmiy-texnika taraqqiyotida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va davlat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda fizika fanining o‘rni


Download 1.33 Mb.
bet3/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

KIRISH
Ilmiy-texnika taraqqiyotida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va davlat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda fizika fanining o‘rni.
Harbiy texnika doimo ilm va texnika taraqqiyoti natijalarining faol iste’molchisi bo‘lgan. Harbiy ish sferasiga turli xildagi jangovar faoliyatlar kiradi, ular deyarli barcha ilm sohalari erishgan yutuqlardan foydalanadi. Ular orasida qaysisi, alohida eng muhimligini ajratish juda qiyin. Biroq faqatgina bitta fizika fanini harbiy ish rivojlanishining barcha bosqichlarida u bilan muhim ittifoqchi bo‘lganligini so‘zsiz tan olish lozim.
Insoniyat qanday yangi qurol yoki jangovar texnika turini yaratmasin, u albatta fizika qonunlari bilan to‘qnashadi. Birinchi artilleriya quroli yaratilganda snaryadning harakat qonunlarini, gazning kengayishi va metallar deformatsiyasi qonunlarini hisobga olishga to‘g’ri kelgan. Birinchi suv osti kemasi yaratilganda, jismlarning suvda suzishi, tunda bulutlar ortida joylashgan havodagi nishonni aniqlash talab etilganda radioto‘lqinlarning tarqalish va qaytish qonuniyatlarini bilish talab etilgan. Fizika doimo oldingi safda, xuddi razvedkachidek, qurolsoz va konstruktorlarni zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlagan. Unga bu ma’lumotlarni olishda boshqa ancha tor soha fanlari ham yordam qo‘llariniini cho‘zishgan albatta, biroq u hamisha asosiy muhim savollarga javob beruvchi bo‘lib qolgan.
Asrimizning keyngi yillarida fizikaning bu roli yanada ortdi, u qurolli kurashning eng dahshatli vositasi bo‘lgan yadro qurolini yaratish vazifasini deyarli to‘liq o‘z qo‘liga oldi. Bu qurolning yaratilishi bilan birga raketa texnikasining hayratlanarli darajada tez va qudratli darajada rivojlanishi harbiy ishda revolyutsiyani keltirib chiqardi, harbiy harakatlarni olib borish uslublarini, qurolli kurash usullarini tubdan o‘zgartirdi. Shuning uchun ham texnika revolyutsiyasining muhimligini, harbiy ishning istiqboldagi taraqqiyoti bashoratini zamonaviy fizikaning jangovar texnika va qurollarning yangi turlarini yaratishga bo‘ladigan ta’sirisiz tassavur ham qilib bo‘lmasligini chuqur anglash va tan olish zarur.
Qurolli kuchlar shaxsiy tarkibini o‘qitish va tarbiyalashda, fizik bilimlarning ahamiyati ulkandir. Boshqa tabiiy-ilmiy fanlar bilan birgalikda, ular harbiy kadrlarning ilmiy dunyoqarashinihg poydevori bo‘lib xizmat qiladi, turli xildagi yangi jangovar texnika va qurollar na’munalarini o‘rganish ularga asoslanadi. Zamonaviy quroldan mohirlik bilan foydalanish, turli xildagi nosozliklarni tezda bartaraf etish faqatgina sxemalar va yo‘riqnomalar bilan vaxshi tanish bo‘lgan harbiy xizmatchining emas, balki jangovar texnika va qurollarning turli qismlari va agregatlarida barcha ish rejimlarida sodir bo‘layotgan fizik jarayonlarni to‘la va aniq tushungan harbiy xizmatchining qo‘lidan keladi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, harbiy kadrlar uchun fizikadan chuqur bilim asoslarini egallash turli xil sharoitdagi jangovar faoliyat doirasida armiyaning atom quroliga qarshi himoyasini tashkil etish uchun zarur.
Hozirgi kunda harbiy kadrlarning barchasida yuqori darajadagi texnik tayyorgarliksiz, fizika va matematika asoslarini bilmasdan zamonaviy jangovar harbiy texnikani malakali ishlatib bo‘lmaydi.
Yangi texnologiyalar o‘z navbatida insoniyat faoliyatining barcha sohalarini rivojlanishga olib kelishi hech shubhasizdir. Respublikamizda tabiatshunoslik ilmining asosi bo‘lgan fizika fanining taraqqiyoti texnikaning taraqqiyotiga va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda mudofaa qobiliyati mustahkamlanishiga xizmat ko‘rsatadi.
Qadimgi sharq mutafakkir olimlarning fizika fanini rivojlantishga qo`shgan hissalari. O‘zbekiston – ilm - fan va madaniyat qadimdan taraqqiy topgan mamlakatlardan biri bo`lib, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, to‘qimachilik, me‘morchilik, ma‘daniyatshunoslik, kulolchilik, falsafa, adabiyotshunoslik yaxshi rivojlangan.
Muso al-Xorazmiy va Muhammad al-Farg‘oniylar Bag‘dod akademiyasi
«Bayt ul-Hikmat» (Donolar uyi) da o‘z tadqiqotlarini olib borganlar. Al-Xorazmiy 780 yilda Xivada tug‘ilgan matematika, astronomiya, geografiya sohasida asarlar yaratgan. U «Al-jabr» (algebra) fani va algoritm tushunchasiga asos solgan. Uning «Hisob al-Hind» va «Astronomik jadvallar» asarlari o‘n ikkinchi asrdayoq lotin tiliga tarjima qilingan. Al-Farg‘oniy ham astronomiya, geografiya, matematika fani bilan shug‘ullangan, u 790 yil Farg‘onada tug`ilgan. Al-Farg‘oniy Quyosh tutilishini oldindan hisoblab chiqqan, Yerning sharsimon ekanligini ilmiy asosda isbotlagan, meridian uzunligini hisoblagan, Nil daryosi oqimining tezligini o‘lchash asbobini yasagan. Al-Forobiy 873 yilda Chimkent viloyatida tug‘ilgan. Turli sohalarga oid 160 dan ziyod asarlar yozgan. Uni sharq Arastusi deb ataganlar.
«Donolar uyi» da falsafa, matematika va tib ilmlari muhokama qilingan. Buyuk mutaffakirlar Ibn Sino, Al-Beruniy, Abu Nasr Arroqlar ham akademiyaning a‘zolari bo‘lishgan.
Al-Beruniy 973 yil Xorazmda tug‘ilib, 1048 yilda Gaznada vafot etgan, birinchi globusni yasagan. U 150 dan ortiq kitob va risolalar yozgan. Geliosentrik tizimning yaratilishiga katta hissa qo‘shgan.
Abu Ali ibn Sino 980 yil Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. U ko‘plab asarlar yaratgan bo‘lib, shundan 40 dan ko‘prog‘i tibbiyotga, 30 dan ortig‘i tabiiy fanlarga oid.
Mirzo Ulug‘bek 1394 yil Sultoniya shahrida tug‘ilgan, 1449 yilda Samarqandda akademiya tashkil qilgan, by akademiyaning rasadxona, kutubxona hamda madrasasi bo`lgan. Dunyodagi eng yirik astronomiya maktabini yaratgan va «Ulug‘beko ziji» asarini nash etgan. Shogirdlari bilan 1018 ta yulduzlar to‘g‘risida ma‘lumotlar kiritilgan katolog(zij) tuzgan. Bu katolog hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Samarqanddagi akademiyada mashhur astronom va matematik olim Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, al-Koshiy birinchi bo‘lib tabiiy fanlar, matematika, tibbiyot, falsafa, adabiyot fanlarini yuqori darajalarga ko‘tardilar.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling