Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
Kechasi el-yurtni uxlatdi. To‘rtta halol dehqonni ergashtirib, xonaqoga bordi. Darvoza-
derazalarni buzdirib oldi. Kolxoz o‘tinxonasiga tashitdi. Bir burchakka qalatdi. Ustidan tut 
kundalarini bostirdi. Kundalar ustidan shox-shabbalar tashlatdi. 
O’tinxonani qulfladi. Kalitni cho‘ntakka soldi. 
— Tuya ko‘rdilaringmi-yo‘q? — dedi. 
— Yo‘q, — dedi dehqonlar. 
Agar hidi chiqsa, beshtamiz ham manavi yoqqa boramiz. 
Botir firqa barmoqlarini panjara-qamoqxona qilib ko‘rsatdi. 
Ertasi kuni xonaqo buzildi. Izlar bosti-bosti bo‘ldi. 
19 
Kinoteatr kun sayin qad ko‘tardi. 
Markazdan ashyo-anjomlar keldi. 
Botir firqa kinoteatr eshik-derazalarini maktabga qo‘ndirdi. Boisi, maktab eshik-
derazalari qiyshayib yotib edi. Qish esa, bo‘sag‘ada edi. 
Kinoteatr eshik-derazalarini qo‘ndirish vaqtida quruvchilar qarasa — eshik-da, deraza-da 
yo‘q bo‘ldi. 
Quruvchilar markazga xabar berdi. 
Markazdan taftish keldi. Tekshir-tekshir boshladi. Shunda, Botir firqa taftishchilarga 
maktabni ko‘rsatdi. Vaj-sabablarini aytdi. 
— Ammo-lekin o‘quvchi avlodni sovuqdan saqlab qoldim! — dedi. 
Taftishchilar bosh irg‘adi. Botir firqani qo‘llab-quvvatladi. 
— To‘g‘ri qilibsiz, — dedi. — Xo‘sh, endi nima qilmoqchisiz? 
— Endi... Endi, gap bunday, — dedi Botir firqa. — Xabarlaringiz bo‘lsa kerak, anavi 
suv bo‘yida bir... eskilik sarqiti bo‘lar edi. 
— Eskilik sarqiti? 
— Shunday-shunday. Xonaqomi, machitmi... shunday bir balo deyilar edi. Ishqilib
dindorlar yiqilib-turadigan namozxona edi. Men otam zamondan qolgan ana shu 
namozxonani buzdirib tashlab edim. Shara-baralarini tashlatib yuborib edim. Eskilik 
sarqitini shara-barasi kimga kerak, to‘g‘rimi? Ana shu shara-baralarni qorovullar o‘tin 
qilish uchun o‘tinxonaga olib borib tashlabdi. Qorovullar biladi-da, archa yog‘och yaxshi 
yonadi. 
— Archa yog‘ochdanmidi? — dedi taftishchi. 
— Bari ashqol-dashqol archa yog‘ochdan edi-da, archa yog‘ochdan! Endi, ana shu 
eski-tuskilardan foydalanib tursak deb edim. 
— Qani, o‘sha eski-tuskilar? 
Botir firqaga jon kirdi. Taftishchilarni o‘tinxonaga olib bordi. 
Taftishchilar enkayib qaradi. Taftishchilar qiyshayib qaradi. 
— Voy-bu-uy, qani, ko‘rinmaydi-yu? — dedi. 
— Mana shularni «tagida yotibdi, — dedi Botir firqa. 
— Tayyor jihozniyam shunday qiladimi-a? — deya bosh chayqadi taftishchi. 
— Bu o‘zi bir... eskilik sarqiti bo‘lsa, nimasini ayaydi? — dedi Botir firqa. — Bu ish 
xalqni eskilikka nafrati-yu, sovet tuzumiga hurmatidan! 
— To‘g‘ri, lekin shunday jihozlar bekordan-bekor o‘tin bo‘lgandan ko‘ra... foydalansa 
bo‘lmaydimi? 
— Bo‘ladi, bo‘ladi. 
— O’zi, qayta tiklasa bo‘ladimi? 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
— Juda bo‘ladi-da! Shunday qo‘li gul ustalarimiz bor, boplab tashlaydi. 
— Unda, o‘sha ustalaringizni chaqirib, darhol tuzattiring! Keyin, foydalanishga 
topshiring! 
Botir firqa uchun shu gap kerak edi. U yuqorini buyrug‘ini bajardi. 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling