Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
demokratiya yaxshi. Demokratiya — hur fikrlash demak. Demokratiya faqat hur fikrlash 
bilan kifoyalanib qolmaydi. Demokratiya — kelajak foydasi yo‘lida halol ham ilg‘or 
baholash demakdir! Ana shu Madievlarga aytgim keladi: demokrat, sen o‘tmishga tosh 
otma. O’tmishga tosh otish, o‘likni tepkilash demakdir. O’lik tirilib, xatolari uchun sendan 
kechirim so‘ramaydi. O’lik tirilib, qayta qurish uchun bir ish qilib berib bermaydi. 
Demokrat, o‘tmishdan saboq olish kerak, saboq. Ana shu saboqni xulosalab, bugunni 
o‘ylash kerak, bugunni. Bugunni xulosalab, kelajakni o‘ylash kerak, kelajakni. Demokrat, 
sen o‘tmishga to‘pponcha otsang, o‘tmish seni to‘pga tutadi! 
— Nega endi bari yoppasiga minbarga otilib boshladi? Bari shior ko‘tarib boshladi? 
Tevaragiga guruh to‘plab boshladi? 
— Bular deputat bo‘lmoqchi, o‘rtoq Rajabov, deputat. 
— Deputat bo‘lish uchun minbardan tushmaslik kerakmi? Baqirib-chaqirish kerakmi? 
Shakkoklik qilish kerakmi? 
— Odatda, uch toifa odam xalq e’tiborini oladi. Uch toifa odam ovoz oladi. Birinchi 
toifa — ritsar bo‘ladi. Bizda ritsarni xalq qahramoni, deydi. Xalq qahramoni botir bo‘ladi, 
jasur bo‘ladi. Shu bois, kurashsiz yashay olmaydi. Xalq qahramoni osoyishta hayot 
nimaligini bilmaydi. Bilsa ham tinch-osoyishta yashamaydi. Boisi, xalq qahramoni... 
tinchlikni yomon ko‘radi. Bu toifa odam inqilob vaqtida birinchilardan bo‘lib qo‘liga qurol 
oladi. Yalovbardor bo‘ladi, ura-urachi bo‘ladi, otashzabon bo‘ladi. Qahramonliklar 
ko‘rsatgisi keladi. Mardlik-jasorat namoyish etgisi keladi. Shon-shuhrat orttirgisi keladi. 
Orden-medallar olib taqqisi keladi. Ikkinchi toifa odam — olijanob odamdir, ulug‘namo 
odamdir, avliyonamo odamdir. Bu toifalar xo‘rlangan xalq uchun qayg‘uradi, 
haqoratlangan xalq o‘chun qayg‘uradi, ezilgan xalq uchun qayg‘uradi. G’arib xalq uchun, 
mushtipar xalq uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Bechora xalq uchun oylik 
maoshini beradi, qarilik nafaqasini beradi, o‘limligini beradi. Bu toifalar elyurtga ezgulik 
ham ma’rifat tarqatadi. Uchinchi toifa odam — ishbilarmon odamdir, tadbirkor odamdir, 
uddaburon odamdir. Bular faqat kirim-chiqimni biladi, foyda-ziyonni biladi. Yaratib 
beradi, qurib beradi. Bir so‘z bilan aytsak, bu toifa odamlar faqat foyda beradi. Ana, ana 
shu uch toifa odam ko‘p ovoz oladi! Endi, manavi Madievlarni olaylik. Avvalo, bularda 
mansab-martabani o‘zi yo‘q. El-yurt oldida burch nima, javobgarlik nima, bilmaydi. 
Turgan gap, xalq boshqalarga ovoz beradi. Bular esa, yo‘l-yo‘lakay kulgi bo‘lib qoladi, 
mayna bo‘lib qoladi. Oqibat, o‘zlarini xo‘rlangan his etadi, ezilgan his etadi. Bular endi 
haqiqatni tiklash uchun ana shu... g‘oliblarga qarshi kurash olib boradi. G’oliblar bilan 
tashlashadi. G’oliblar qarab turarmidi? O’rtada yomon-yomon — sizu bizga yomon 
bo‘ladi. Sizu biz jafo chekamiz. Birimiz ikki bo‘lmaydi. Bular bilmayapti.— ular o‘zlarini 
o‘zlari ko‘tarish uchun Madievlarni zinapoya o‘rnida ishlatib yuribdi. O’zlarini o‘zlari 
saylash uchun — Madievlarni qo‘g‘irchoq qilib o‘ynatib yuribdi. 
— Manavi Madiev shoirni... soqolidan boshqa nimasi yo‘q bo‘lsa kerak? 
— Soqolda gap ko‘p, o‘rtoq Rajabov. Soqoldor odam ancha-muncha xalqni o‘ziga 
ergashtiradi. Chunki soqol kishiga avliyonamolik baxshida etadi. Masalan, Fidel Kastroni 
«qudrati» — soqolida. 
— Bittayam oq oralamagan sochlar. Bittayam sochi to‘kilmagan boshlar. Oynaday tep-
tekis, gard yuqmagan peshonalar. Tip-tiniq, yaltiroq yuzlar... Ana, qayta quruvchilarni 
portreti! Ana, demokratlar kim! Ko‘pchilik qayta quruvchilarni hali... mo‘yloviyam sabza 
urmagan! Shunday ekan, qayta quruvchilar nimasiga suyanib va’z o‘qiydi? Demokratlar 
nimasiga tayanib oqsoqolchilik qiladi? Biz nima uchun shularga quloq solishimiz kerak 
ekan? Biz nima uchun shularga ergashishimiz kerak ekan? Keling, masalani partiyaviy 
hal etaylik: odamda... erkakcha yuz bo‘lsa! Bu yuzda ko‘pni ko‘rgan peshona bo‘lsa. Bu 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling