Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


  Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod  www.ziyouz.com


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

53 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
— Ketdikmi, o‘rtoq Esonov? 
— Ketdik, o‘rtoq Rajabov, ketdik. 
— Qaysi yo‘ldan yuramiz? 
— Manavi yoqdan yuraylik. Yo‘lda muzqaymoq olib beraman. 
— Yo‘q, muzqaymoq yemayman, shamollab qolaman. 
— Xo‘sh, taassurotlar qalay? 
— Shu, o‘sha-o‘sha! 
— Bularni o‘zi kim... da’volari dunyoni buzadi? 
— Bularni guruh desa-da bo‘ladi, to‘da desa-da bo‘ladi. To‘da deyish ma’qulroq. 
To‘dada olomonga xos to‘rtta xislat yo‘q bo‘ladi. Shu bois, to‘da olomondan tuban turadi. 
O’z oti o‘zi bilan to‘da bo‘ladi. To‘da biror yomonlikni oldini olish uchun to‘da bo‘lmaydi. 
To‘da biror masala yuzasidan qayg‘urmaydi. To‘dada aniq bir maqsad ham bo‘lmaydi, 
orzu-niyat ham bo‘lmaydi. To‘da hamisha aybdor izlaydi, hamisha gunohkor izlaydi. 
O’sha aybdor yo gunohkor, mana men, deya to‘da oldiga otilib chiqsa — to‘da nima 
qilishini bilmay qoladi, nima deyishini bilmay qoladi! Boisi, to‘dada aybdorni jazolash 
niyati bo‘lmaydi. To‘da bor-yo‘g‘i: «Ana, davlatni o‘tirg‘izgan», «Ana, xalq qonini 
so‘rgan», «Ana, turg‘unlik timsoli», degan balandparvoz xitoblar aytib turadi. To‘da 
faqat... baqirib-chaqirib turadi, shiorlar silkib turadi, bayroqlar hilpiratib turadi! Qo‘l 
paxsa qilib turadi, musht do‘laytib turadi! To‘dani hamisha kimdir yig‘adi, kimdir 
jamlaydi. Ana shu kimdir to‘dani boshqaradi, to‘dani yo‘llaydi. O’zi esa... to‘dadan 
sug‘urilib chiqib qoladi, bekinib qoladi! To‘da esa... bir-biridan ilhom olib ketaveradi, bir-
biridan rang olib ketaveradi. Birinchi qadamdayoq... to‘da odam sifatida o‘zini 
yo‘qotadi... o‘zini boy beradi. To‘da oqni qora, deydi, qorani oq, deydi! To‘da el-yurtga... 
o‘t qo‘ya oladi! Ha, to‘da el-yurtga o‘t qo‘ya oladi! Nima uchun to‘da tez e’tibor 
qozonadi, tez ko‘zga ko‘rinadi? Boisi, to‘dani kasbi — fitna-fasod bo‘ladi, ig‘vo-g‘alamislik 
bo‘ladi. Fitna-fasod bilan ig‘vo-g‘alamislik esa — o‘ta yomon qurol, o‘ta o‘tkir qurol! Ig‘vo 
shamol misol tez yoyiladi. O’q yetmagan joyga ig‘vo yetadi! O’q yetmas joyni fitna 
teshadi! Chivin uchib kirolmovchi xonadonlarga ig‘vo kirib boradi. Bomba qo‘rqitolmovchi 
qalblarni fitna titratib yuboradi, fitna qaltiratib yuboradi! Fitna-fasod qanchalar yolg‘on 
bo‘lsa — shunchalar yashin tezligida tarqaladi. Fitna-fasod yashin tezligida el-yurt 
e’tiborini oladi, jamiyat aqlini oladi. Fitna-fasod yashin tezligida... haqiqatga aylanadi! 
— O’zi, shu to‘dalarga nima yetmayapti-a? 
— Faqat bir taxchillik bor: amal-mansab taxchil, rahbarlik lavozimlari taxchil! O’lib 
ketgur, amal-mansab deganlari... qovun-tarvuz bo‘lsa ekan, paykaldan uzib olib
qo‘ltig‘iga qistirib yuborsang. Amal-mansab deganlari dala bo‘lsa ekan, besh-olti 
sotihdan yer bo‘lib bersang. Qachon demokratiya bo‘ladi, qachon qayta qurish bo‘ladi? 
Mana shu baqirib-chaqirib yurganlar mansab bilan ta’minlanmaguncha... qayta qurib 
bo‘lmaydi! 
— O’zi, azal-azaldan xalq ikki toifaga bo‘linadi. Biri, amal-mansab gashtini surib 
yuruvchi rahbarlar. Ikkinchisi, shu rahbarlarni... tagini kovlab yuruvchi mansabtalab 
da’vogarlar. Ana shu ikki toifa hamisha kurashib keladi. Oldinlari sovet tuzumidan 
qo‘rqar edilar. Endi esa, qo‘rqmay qo‘ydi. Oshkoraliqka o‘tdi. 
— Yig‘ilishlarda baqirib-chaqiradilar. O’z ovozlari kamday, og‘izlarini mikrofonga qo‘yib 
chinqiradilar, qiyqiradilar. Kim qanday o‘ylaydi, o‘rtoq Rajabov, har kimni o‘zi biladi. 
Ammo-lekin men mana bunday o‘ylayman: el-yurtga bo‘lgan mehr-muhabbat... o‘ta 
ichki bir muhabbat bo‘ladi. O’ta sehrli-sirli bir mehr bo‘ladi. Masalan... yigitni qizga 
bo‘lgan muhabbati misol bo‘ladi. Ona yurtga bo‘lgan muhabbat... yigitni qizga bo‘lgan 
muhabbati misol... botinan bo‘ladi, asl bo‘ladi. Bu mehr-muhabbatni... olomon oldida 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling