Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
Kipit nash razum vozmushenniy,
I v smertniy boy vesti gotov! 
Bemor Rajabov yugurib, deraza tokchasiga chiqib bordi. Deraza ustida osig‘lik Kizil 
Bayroqni yulib oldi. Tap etib, pastga tushdi. Qizil Bayroq dastasidan ushlab baland 
ko‘tardi. 
— Mana, Qizil Bayrog‘im, mana! — deb baqirdi. — 
Boshimda Qizil Bayrog‘im bor! Men Kizil Bayrog‘imdan panoh topaman! 
Aslida esa, bemor Rajabov Qizil Bayroq dastasi bilan... vrachlarni urmoqchi bo‘ldi! Buni 
payqab qolgan vrachlar sanitar yigitlarni yordamga chaqirdi. 
Sanitar yigitlar Qizil Bayroq bilan... qurollangan bemor Rajabovni qurolsizlantirdi! 
Rajabovni... Qizil Bayroq qurolini tortib oldi! Ana shu o‘z quroli bilan Rajabovni oyoq-
qo‘lini bog‘lab tashladi. 
Bemor Rajabov o‘zini uyoq-buyoqqa olib urdi. Sanitarlarga baqirdi: 
— Qizil Bayroqni oyoqqa o‘rab... xor qilmang! Shonli Qizil Bayroqni oyoqdan oling! 
Shunday ko‘rinib turibdi — bemor Rajabov oyoq-qo‘llarini bo‘shatishni talab etdi. Talabi 
amalga oshmagach, baqirib... «Internatsional» aytdi: 
Ves mir nasilya mы razrushim
Do osnovanya, a zatem
Mы nash, mы novыy mir postroim
Kto bыl nichem, tot stanem vsem! 
Keyin, bemor Rajabov g‘ayritabiiy fikrlar aytdi: 
— Odam maymundan tarqalgan! Marks, Marks! Lekin men maymun emasman, meni 
bog‘lamang! 
— Inson ozod bo‘lmog‘i kerak! Lenin, o‘rtoq Lenin! Shunday ekan, meni qo‘yib 
yuboring! 
— Marks, Engels, Lenin tirik! Marksizm-leninizm g‘oyalari tirik! 
— Inson o‘z taqdirini o‘zi hal qilmog‘i kerak! Oyoq-qo‘limni qo‘yib yuboring, o‘rtoq 
Rashidovga boraman! 
— Rashidov olamdan o‘tgan? Yo‘q, o‘rtoq Rashidov barhayot! XX asr turkiy xalqlarida 
ikkita dohiy bor: 
Kamol Otaturk va Sharof Rashidov! 
Bemor Rajabov qay darajada betobligini ana shu gaplaridan bilib olsa bo‘ladi». 
Botir firqa qog‘ozga tikilib o‘ylab qoldi. 
— Shu, o‘ziniyam bir ko‘ray? — dedi. 
— Aslida mumkin emas. Lekin sizga mayli. Faqat tez kirib chiqish kerak, — dedi 
boshliq. 
Bir sanitar yigit ichkari boshladi. 
Botir firqa ichkariladi. Jarang-jurung qulf-kalitlardan o‘tdi. Taraq-turuq temir eshiklardan 
o‘tdi. Bir eshik-panjaralardan kirdi. 
Palatada o‘ntacha karavot bo‘ldi. Barcha karavotni o‘z bemori bo‘ldi. 
Bir bemor karavot qirrasiga oyoqlarini qo‘yib yotdi. Bir bemor oyoqlarini devorga 
chiqarib yotdi. Birovi qo‘llarini og‘ziga karnay etib, «Andijon polka»sini chaldi. Birovi 
karavot ustida «Andijon polka»siga o‘ynadi. 
Tag‘in besh-olti bemor karavotga mixlab tashlanmishday yotdi. Sokin yotdi. Odob bilan 
yotdi. Unsiz yotdi. To‘shak ostida bor-yo‘qligini bildirmay yotdi. 
Rajabov ana shu bemorlar sirasidan bo‘ldi. U yuzlarini devorga burib yotdi. Ko‘zlarini 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling