Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
yumib yotdi. Nafas olishini biddirmay yotdi. Qo‘llari qaerda, oyoqlari qaerda — bildirmay 
yotdi. Tirik jonmi-yo‘qmi — nishona bermay yotdi. 
Botir firqa Rajabovday otashin bir kommunist holidan... ezildi! Otashin kommunist 
holidan... kuyundi! 
Sanitar Rajabovni turtdi. Yuziga ohista shapatiladi. 
— Bemor, ko‘zingizni oching, bemor, — dedi. 
Rajabov ko‘z ochib qaradi. Yuzida iliqlik aks etdi. 
Yuzida yorug‘lik aks etdi. 
— Hay, tuzukmisiz? — deya bosh siltadi Hanifa Rajabovna. 
Rajabov ko‘zlarini ochib yumdi: tuppa-tuzuk, demish bo‘ldi. 
Hanifa Rajabovna... erini o‘pib-o‘pib yig‘ladi. Yenglari bilan ko‘zlarini artib-artib yig‘ladi. 
— Oyni o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘. Bu kunlar o‘tib ketadi, — deya 
yig‘ladi. 
Hanifa Rajabovna hamyonini og‘ziga bosib-bosib yig‘ladi. Erini yuziga... yuzini qo‘yib-
qo‘yib yig‘ladi. 
— Peshonam qursin... — deya yig‘ladi. Rajabov nimjon ham nogiron ovoz berdi: 
— O’rtoq Esonov, meni olib keting... 
— Bardam bo‘ling, o‘rtoq Rajabov, bardam bo‘ling! — dedi Botir firqa. — Men sizni olib 
ketaman! 
Sanitar Rajabovni ustidan adyolni surdi. Oyoklari tarafga surib-surib qo‘ydi. 
Botir firqa ana shunda... ajab bir sinoatni ko‘rdi! 
O’rtoq Rajabovni qo‘llari... karavotga bog‘lab qo‘yildi. It boylagich... qayish bilan 
boylandi. Oyoqlari-da yonlariga yoyib-yoyib boylandi. Oyoqlari-da... it qayish bilan 
boylandi! Mahkam-mahkam boylandi! Bellaridan... otni ayiliday qalin qayish bilan tortib 
boylab tashlandi. 
Botir firqa titradi. Botir firqa qizidi. Botir firqa olov oldi. 
— Bu nima qiliq?! — deya baqirdi. — Obkom sekretari, Oliy Sovet deputati, mehnat 
veterani-ya?! 
Botir firqa Rajabovni qo‘liga yopishdi. Tugunni timdaladi! Kuchi yetmadi. Yecholmadi. 
Tugunga og‘zini qo‘ydi. Tugunni... tishlab-tishlab tortdi! Tag‘in bo‘lmadi. Yecholmadi. 
Sanitar Botir firqani qo‘ltig‘idan kirdi. Quchoqlab tortdi. Rajabovdan ajratib oldi. 
— Urtoq Esonov, og‘ir bo‘ling! — dedi. 
— Axir, obkom Rajabov... quturgan it emas-ku?! — deya baqirdi. — Obkom Rajabov... 
adirdan ushlab kelgan yovvoyi it emas-ku?! 
Sanitar... gapni elamadi. Gapni korlamadi. 
— To‘g‘ri, bemor obkom, bemor deputat... lekin sobiq! Ha, sobiq! — dedi. 
— Sobiq bo‘lsa nima qipti, sobiq bo‘lsa nima qipti?! 
— Sobiq... hayiting o‘tdi, demaqdir! Sobiq... hayiting o‘tgach, xinoni... ketingga qo‘y, 
demaqdir! 
Qanaqa hayit, qanaqa hayit?! 
— Shon-shuhrat — arafa hayit! Mansab-martaba — uchkunlik hayit! Hayit o‘tgach, 
xinoni... ketingga qo‘y, deydilar! 
Botir firqa... haykal bo‘lib qoldi. Yuz-ko‘zi bo‘zrayib qoldi. Tili aylanmay qoldi. 
57 
Shu vaqt uzun ayvonda... gurs-gurs tovush bo‘ldi. Qars-qars ovoz bo‘ldi. Chil-chil sinish 
bo‘ldi. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling