Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
qolgan. 
— Ana, shu ishi kommunist odamga epmi endi? 
— Bekatdagilar Rajabovni yuragi yomon bo‘lib qoldi, deb o‘ylab, «skoriy pomosh» 
chaqirgan. «Skoriy pomosh»chilar Rajabovni mashinaga solib ko‘rsalar, g‘irt mast 
bo‘lgan. Aytishlaricha, mast odamni kasalxonaga olmas emish-ku? 
— Shunday, mast odamni shifoxonalar qabul qilmaydi. Mast odamni yo mana shu joy 
qabul qiladi, yo hushyorxona qabul qiladi. 
— Yana-tag‘in, «skoriy pomosh» mana shu yerni mashinasi ekan deng. 
— Mana shu joynimi? 
— Ha, mana shu yerni. Shu sababdan, Rajabovni to‘g‘ri shu yerga olib kelibdi. 
— Bu joydan ko‘ra hushyorxonaga olib borsa yaxshi edi. Besh-olti so‘m jarima to‘lab, 
qutulib ketar edi. Bilmayman, endi nima bo‘ladi. 
— Endi bor umid sizdan, Botir Esonovich. 
— Hanifa Rajabovna, men... o‘zimga en bo‘lolmayman, sizga qanday bo‘y bo‘laman? 
Siz Rajabovni ham sinfdoshisiz, ham do‘stisiz. O’shani uchun faqat sizga telefon 
qildim. 
— Ayni vaqtida telefon qilibsiz. Shu uch-to‘rt kunda hal etmasak, kech bo‘ladi. Gap 
shundaki, bemorga uch-to‘rt kun mobaynida diagnoz qo‘yiladi. Ana shu diagnoz 
qo‘yilmasdan, obkom Rajabovni bu joydan olib ketishimiz kerak. Bugun ikkinchi kun. 
Hali vaqt bor. Ishoning, bu borada... tajribam bor! 
Botir firqa bundan yigirma yil muqaddam kelmish kunlarini esladi. Bir-bir esladi. Ammo 
Hanifa Rajabovnaga bildirmadi. 
«Qaytar dunyo deganlari chin ekan, — deya o‘yladi. — O’shanda obkom Rajabov shoir 
Madievni mana shu joyga jo‘natib edi. Beyoziqdan-beyoziq jo‘natib edi! Mana endi... 
obkom Rajabovni o‘zi keldi! O’z oyog‘i bilan keldi! Yo obkom Rajabovni... xudoni o‘zi 
jo‘natdimi? Unda... xudo bor ekan-da?» 
Botir firqa bosh bino oldida chekib turmish oq xalatli bilan salom-alik etdi, 
— Bosh vrach Mirzaev hokimiyat majlisiga ketdi, bugun kelmaydi, — dedi oq xalatli. 
Botir firqa oq xalatli bilan gaplashdi. Maqsadini aytdi. 
Oq xalatli hamdardlik bilan bosh irg‘adi. Ikki qavatli binoni ko‘rsatdi. 
Botir firqa ana shu binoga yo‘l oldi. Hanifa Rajabovna ergashdi. 
— Eshitdingizmi, Hanifa Rajabovna? — dedi. — 
Hali aniq bir xulosaga kelishmaydi. Buyog‘i, Mirzaev haliyam bosh vrach ekan. Bo‘ldi, 
obkom Rajabovni chiqarib olamiz! 
Botir firqa narkologiya bo‘limiga kirib bordi. 
Bo‘lim boshlig‘i Botir firqani tanib qoldi. Taklif-takalluf etdi. Hurmat-e’zoz etdi. Kasallik 
daftarini yoyib ko‘rsatdi. 
Yaxshisi, o‘zingiz tanishib chiking, otaxon, — dedi. 
Botir firqa Rajabovni kasallik varaqasi bilan tanishdi: 
«... Bemor Rajabov ostonada vrachlar ko‘rinishi bilan karavotdan sapchib turdi. Palata 
o‘rtasida g‘oz bo‘ldi. Oyoqlarini ikki yoniga kerdi. Qo‘llarini beliga tiradi. Bo‘ynini olg‘a 
cho‘zdi. Yuzlarini dahshatli burishtirdi. Lablarini cho‘chchaytirdi. Ko‘zlarini ola-bula etdi. 
Vajohat bilan baqirdi: 
Yaqinlashmang deyapman, yaqinlashmang! 
Ammo vrachlar ichkari kirib bordi. 
Bemor Rajabov yovvoyilarcha haykirib... «Internatsional» aytdi: 
Vstavay, proklyatem zakleymennыy 
Ves mir golodnыx i rabov!


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling