Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
sog‘lomlik-da deb bo‘lmaydi. Maniya velichiya — el-yurt boshiga bitgan balo bo‘ladi. 
Maniya velichiya — mansab-martabalarga o‘ch bo‘ladi, shon-shuhratlarga o‘ch bo‘ladi, 
shov-shuvlarga o‘ch bo‘ladi. Maniya velichiya — jamiyatni qo‘lga olish uchun kurashadi
jamiyatni boshqarish uchun kurashadi, jamiyatni kaftida ushlab turish uchun kurashadi. 
Bir so‘z bilan aytsak, jamiyat — el-yurt guli bo‘lish uchun kurashadi. O’z maqsadi yo‘lida 
qo‘lidan kelgan barcha ishni kiladi. Masalan, maniya velichiya — o‘zini kimdir qilib 
ko‘rsatishga usta bo‘ladi, o‘zida yo‘q narsani bor qilib ko‘rsatishga usta bo‘ladi. Chala-
chulpa shaxsni — yorqin yulduz etib ko‘rsatadi. Chiroq yoqsa yorishmovchi qalbini — 
otash yurak etib ko‘rsatadi. Xom kallasini — aql xaltasi qilib ko‘rsatadi. Maniya velichiya 
— el-yurt oldida o‘zini jon fido etib ko‘rsatadi, el-yurt oldida o‘zini ulug‘lar ulug‘i etib 
ko‘rsatadi. Oxir-oqibat — aql bovar qilmaydigan yutuqqa erishadi. Yuradigan yo‘lini 
bilmaydigan, qiladigan ishini bilmaydigan, gapiradigan gapini bilmaydigan bir 
jazavador... el-yurtni og‘ziga qaratib oladi! Bir qilig‘i ortiq, esi kirar-chiqar bir 
jazavador... el-yurtni o‘ziga ergashtirib oladi! Bularni barchasi jamiyat betobligidan 
bo‘ladi, jamiyat xor-zorligidan bo‘ladi! 
— Sovet hukumatini qadri o‘tdi, rais bova. 
— Shunday, sovet hukumatini qadri o‘tdi. Shunday, KPSSni qadri o‘tdi. Qayta quruvchi 
demokratlar... sovet hukumati unday edi, KPSS bunday edi, deydi. Bekorlarni besh 
marta aytibdi! Qayta quruvchi demokratlar quldorlik jamiyati illatlarini sovet hukumatiga 
olib kelib yopishtiryapti. Feodalizm jamiyati qusurlarini KPSS boshiga ag‘daryapti. 
Kapitalizm jamiyati ayblarini sovet hukumati ustidan mag‘zava qilib to‘kyapti. Yomon — 
sovet hukumati yomon, KPSS yomon. Ivan Grozniy o‘n beshinchi asrda hukmronlik qilib 
edi. U o‘z davri uchun davlatni boshqarish tartib-qoidasini yaratdi. Masalan, oprichnik 
nomli alohida bir qo‘shin tuzdi. Oprichnik faqat Ivan Grozniy buyrug‘ini bajardi. 
Oprichniklar — eski jinoyatchilar, oilasidan voz kechganlar, jinoyat ko‘chasiga kirib 
qolganlar, hech balodan tap tortmaydigan qonxo‘rlar edi. Oprichniklar xalqni xohlasa 
osdi, xohlasa so‘ydi, xohlasa otdi. Ivan Grozniy topshirig‘i bilan ayg‘oqchilar podshodan 
norozi shaxslarni aniqladi, g‘ayritabiiy fikrlovchi shaxslarni topdi. Oprichniklar ularni 
beshafqat qiynoqlar, kaltaklar, to‘qmoqlar zarbi ostida bo‘yniga olishga majbur etdi. 
Ayblovchilar yovuzona qiynoqlardan keyin qilmagan ishlarini qildim, deyishga majbur 
bo‘ldi. Ayblanuvchilar qonxo‘rona azoblardan keyin begunoh odamlar nomini sotishga 
majbur bo‘ldi. Oprichniklar begunoh aybdorlarni ozod-liqda yurmish o‘g‘il-qizlarini ham 
zindon qildi, urug‘-aymoqlari, do‘st-birodarlarini zindon qildi, hatto, ayblanuvchilarni 
voyaga yetmagan, norasida bolalarini-da qamadi yo surgun qildi. Ivan Grozniy o‘z 
o‘g‘lini qatl ettirdi, amaki akasini qatl ettirdi, jiyanlarini qatl ettirdi. Qayta quruvchi 
demokratlar Ivan Grozniy faoliyatini... sovet hukumatiga to‘nkab o‘tiribdi, o‘rtoq Stalinga 
to‘nkab o‘tiribdi. Axir, XV asr qaerda, XX asr qaerda? 
— Uyamas-da-buyamas, el-yurtni sho‘ri quridi, rais bova. 
— Shunday, qiyin-qiyin, xalqqa qiyin bo‘ldi. Xalq umri mobaynida KPSS chizig‘idan 
chiqmay yashadi, KPSS buyrug‘ini bajarib yashadi. Shu bois, xalq — iqtisodiy o‘qimay 
yashadi, mafkuraviy izlanmay yashadi, kelajak haqida o‘ylamay yashadi. Xalq uchun 
KPSS o‘yladi, xalq uchun hukumat izlandi. Xalq faqat... ishladi! Xalq jonajon 
kommunistik partiya uchun jon fido etib ishladi, xalq mehribon sovet hukumati uchun 
jonini jabborga berib ishladi. Bunday xalqni yo‘ldan urish oson. Bunday xalqni qo‘lidan 
yetaklab ketish oson. Bunday xalqni... qo‘yday haydab ketish oson! Qayta quruvchi 
demokratlar ana shunday qilmoqda. Burnini artib olmagan mishiqilar... xalqni laqillatib 
yuribdi, xalqni qo‘yday yetaklab yuribdi. Azal-azaldan shunday: kimdir birov lakillab, 
nutq so‘zlab qo‘yadi. Baloga qolgan... xalq bo‘ladi! Xalq... dardini ichiga yutadi! Shu 
bois, xalq hamisha hukumatdan norozi bo‘ladi. Go‘yo, hukumat xalq g‘animi. Go‘yo, 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling