Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
Mazkur palatada yotmish bemorlar... yoppa-baraka qo‘zg‘oldi. Yoppa-baraka eshikka 
yopirildi. Yoppa-baraka bois — eshikka tiqilib qoldi! 
Oqibat — birovi birovini itardi. Birovi birovini mushtladi. Birovi birovini timdaladi. Qiy-
chuv bilan ayvonladi. 
Sanitar... bemorlar ketidan chopdi! 
Botir firqa hayron bo‘ldi. Uyam ayvonladi. 
Ayvonda bir to‘da bemor... bo‘lim boshlig‘i tevaragini olib turdi. Boshliqni og‘ziga qaradi. 
Angrayib qaradi. Baqrayib qaradi. Mo‘ltayib qaradi. Bejo-bejo qaradi. 
Boshliq qo‘llarini beliga qo‘ydi. Siyosat bilan havolandi. Yerga tikilib havolandi. Sukut 
saqlab havolandi. 
Chivin uchsa bilinajak sukunat cho‘qdi! 
Boshliq havolanib bosh ko‘tardi. Ohista-ohista gap boshladi. Sokin-sokin gap boshladi: 
— Xo‘sh, nima gap, janob bemorlar? 
Shunda, bemorlar... baravar so‘zladi! Bab-baravar so‘zladi! Shovqin-suron bilan so‘zladi. 
G’ala-g‘ovur bilan so‘zladi: 
— Manavi Napoleon bo‘lib... vatanimizga bostirib keldi! 
— Mana bu Petr Perviy... ona yurtimizga zambarak otdi! 
— Sen-chi, sen? Sen Kutuzov bo‘lib... qarshi hujumga o‘tding-ku? 
— Sen palatadagilarni qilichdan o‘tkazding! 
— Sen to‘pponcha bilan otding! 
— Sen zambarak otding! 
— Bo‘hton, bo‘hton! Men zambaraklardan bir yo‘la yigirmatadan o‘q otilsin, deb 
buyruq berdim, xolos! 
— Polundra, polundra! 
— Men qayta quruvchiman! 
Men demokratman, demokrat! 
Botir firqa... masalani tushunmishday bo‘ldi. Bemorlarga bir-bir nazar soldi. 
Bir bemorni boshida to‘ntariqlik oq toboq — Napoleonni qalpogi bo‘ldi. Qo‘lida uzun 
nayza — supurgi tayoq bo‘ldi. Tag‘in bir bemorni qo‘lida ichi teshik truba — durbin bo‘ldi. 
Birovida uzun supurgi — qilich bo‘ldi. 
Bemorlar Napoleon bilan Petr Birinchi lashkarlari kiyimida bo‘ldi: birov qalpog‘ini teskari 
kiyib oldi. Birov kostyumini teskari kiyib oldi. Birov beqasam to‘nini chappa kiyib oldi. 
Tag‘in birov alyumin laganni baraban misol bo‘yniga osib oldi. Ikkita alyumin qoshiq 
bilan baraban urdi. 
Boshliq... bayroq ko‘tarib olmish bir bemorga yuzlandi. 
— Sizga nima bo‘ldi? — dedi. — Tuppa-tuzuk professor-a, professor! 
— Men bularga teng bo‘lmoqchi emas edim, janob do‘xtir. Bunday qarasam, birovi 
Napoleon bo‘lib, yana birovi Petr Perviy bo‘lib urush boshlab yuboribdi. Men aytdim, hoy 
savodsizlar, dedim. Axir, Napoleon boshqa asrda yashagan, Petr Perviy boshqa asrda 
yashagan, dedim. Shunday ekan, ular qanday qilib, bir-biri bilan urushadi, dedim. 
Shunday Petr Perviyni bir generali o‘rtaga otilib chiqdi. Unda, Napoleon bilan kim urush 
qilgan, deb qoldi. Men aytdim, kim bo‘lardi, marshall Kutuzov-da, dedim. Petr Perviyni 
generali mana men Kutuzov deb, boshimga bir solsa bo‘ladimi? Men aytdim, sen 
Kutuzov, shoshmay tur, dedim. Sen Kutuzovni bir ko‘zing-ku yo‘q... endi bu 
ko‘zingniyam o‘yib olmasam ko‘rasan, dedim. Men ham o‘z qo‘shinlarimni to‘pladim. 
— Sizda ham qo‘shin bormi? — dedi boshliq. 
— O-o-o, qo‘shin bizda bor-da! Qayta quruvchilar qo‘shini! Ha, qayta quruvchi 
zamonaviy qo‘shin! Manavilarni qo‘shini almisoqdan qolgan qo‘shin. Otam zamondan 
qolgan qo‘shin! Bizning qo‘shinimizda... kimlar yo‘q deysiz? Mana, kuni kecha 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling