Saodat vaqti


Download 19.07 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi19.07 Kb.
#1480688
Bog'liq
Saodat vaqti.Turdaliyeva.M.M.(5.183)


Saodat vaqti
Bismillah,Mehribon va Rahmdil Alloh nomi ila boshlayman.Assalamu alaykum,ey olam ahli.Men bugun borini va barini yozaman.Bugun 12-yanvar,Juma,2023-yil.Soat esa 00:13,ha aynan shu vaqtda yozishni boshladim.Nega hikoyamni “Saodat vaqti” deb nomlaganimni sekin bilib olasiz.Gapning eng qiziq,va jonlisiga o’taman.BY aslida nima u ?Men Anvarov’s kanaliga ulangan va Anvarovning kichik dunyosi haqida tanish edim.BY deganlarida nima ekan derdim.Bir kun opam menga BY ga yana ishtirokchi olishlari yozilgan e’lonni yubordi.Men juda qiziqmadim,juda ortiqcha vaqtim ham yo’q edi,rosti.Men esa o’zimni sinab ko’rmoqchi bo’ldim va 5-avlod 183-guruhiga qabul qilindim.Bu manfaatli loyiha haqida do’stlarimga aytdim,ular unchalik qiziqishmadi,majburlamadim.Aslida loyiha yarmiga kelganida,men oydan tushganday guruhga qo’shildim.Zerikarli bo’lar,ammo,men BY ga qayerdan kelganim tarixini aytishni lozim topdim.Shunday qilib men BYdaman.Endi esa loyiha haqida yozaman.
BY degani “Birgalikda yuksalamiz”,”Birgalikda yengamiz” demakdir,Nimani yengamiz ?Zalolatni,zulmnidir.Kimga bo’lgan zalolatni ?,ilmga,insonga,jamiyat va dunyoga bo’lgan zalolatni.Men shuni bilamanki,hozir ilmga va insonga bo’lgan zalolat avj olgan.Eng achinarlisi ,insonni o’z-o’ziga bo’lgan zalolati.Loyiha asoschisi Jasurbeknning asliy g’oyasi ham shunday deb o’ylayman.O’ylaymanki,hali ko’p zafarlar unga yor bo’lur.mening so’zim ko’pdir,barchasini aytaman.BY haqidagi fikrlarim anchagina.Bu men ishtirok etgan birinchi onlayn loyiha,hech qanday moddiy manfaatlarga asoslanmagan,millat yoshlari uchun juda go’zal loyihadir.
To’g’risini aytganda,bu loyihadan juda katta narsa oldim demayman.Ammo,men uchun kerakli bo’lgan narsalarni oldim.Hammaning o’z qarashlari har xil,men 2-3 yil oldingi holatimda aynan shu loyihaga mos kelardim.Ammo,hozirgi holatimda emas.Aytmoqichimanki,bu loyihaga o’z yo’lini topganlar emas,topmaganlar ishtirok etish kerak deb.Ko’chada juda ko’p yoshlarni ko’raman,mendan kichik,men tengqur.Ammo aql va qarashlari har xil.14-15 yoshli bolalar,qizlar ham sigaret chekib,dardim unutiladi deb yuribdi,uning sababi nima deb o’ylaysiz ?Oilaning bee’tiborligida.Insonlarni bilaman ,yosh o’zlari samoda,aqli esa yer bilan bir bo’lgan.Qo’pol qilib aytganda honimu-janob ammo,miyyasini 0,0001 % ishlatmaydi.Bu esa millat uchun achinarli holat.Kitob o’qigan insondan yomonlik chiqmaydi deymiz,ammo,o’qigan bilan uqiganning ancha farqi bor.A ql deganimga yana bir so’z.Yaqinda ustozim Alloh farishtalarni aql,hayvonlarni nafs ila yaratgan.Inson aqlini ishga solsa farishtalardan ulug’ bo’lar,nafsiga quloq solsa hayvondan battar bo’lar deb.Buning namoyishini hayotim davomida ko’p ko’rdim.Loyihadan nima oldim bilasizmi,yana ham maqsadim sari aniq borishni,ba’zi dars o’tgan ustozlarni manfaatli narsalarni,bildim va o’rgandim.Ishoning bu loyiha xalqning kelajagi bor yoshlari uchun qurilgan.Albatta yonish kerak.Hayot qisqa,shu bqisqa hayot davomida oddiy ya’ni shunchaki yashash kerak emas.Zero,har narsaning uvoli bor ,vaqtimizni ham.Men o’ylaymanki,bu loyiha 13-17 yoshliklar uchun ayni muddao.Men bu loyihaning tashkilotchisi Anvarov Jasurbekka,menejer,kurator,koordinatorlarga katta rahmat deyman.Nima uchun?Negaki ,bugungi kunda hech kim bepulga ayniqsa juda kerakli vaqtini,o’zi tanimagan insonlar uchun sarf etish bu katta narsa.Albatta,bu ezgulikning ajri bordir.Men bu loyihani unutmayman.Birgalikda Yuksalamiz loyihasi samimiy bir oiladir.
Men bu hikoyaning nega “Saodat vaqti” deb nomlanishini aytsam.Ya’ni aynan hozir,saodat tomon boradigan vaqt.Nima bilan? Ilm va ezgulik bilan.Bir so’z bor safar bizdan,zafar Allohdan degan.Biz safar qilaylik,shunday bo’lsinki,jiddu-jaht bilan go’zal yo’limizda davom etaylik.Bu ko’zlar ochilsin,haqni ko’rsin,hidoyat sari borsin.Nima uchun bu so’zlar?Bu loyiha aynan BY loyihasi shu yo’ldagi bir yo’lak deb o’ylayman.Bu yo’lakdan yaxshilik topgan,ezgulik va ilmga erishgan inson,bir yo’ldan o’tur kichik yo’ldan.Ammo bu yo’lda nafs ya’ni shaytonnning so’ziga kirmaslik darkordir.Bu kichik yo’l,ammo,samarali va foydali yo’ldir.
Agar bu so’zlarimni Jasurbek o’qiyotgan bo’lsa,sizga bu loyihani tashkil qilganingiz,mehnatingiz uchun rahmat deyman.Ojizlarcha bilamanki,onangiz sizni faxr ila samolardan kuzatib turibdi.Alloh sizdan rozi bo’lsin.Eng katta sovg’a aslida shu ekan,Alloh sizdan rozi bo’lsin deyish.InshaAlloh Mehribon Alloh ota-onangiz va sizdan rozi bo’lsin.Niyat qilgan barcha maqsadingizga erishing.Sizga omad tilayman,doimo hidoyat sari boring…
Endi esa 5-avlod 183-guruhi koordinatori Husnidabonuga rahmat aytmasam,adolatdan bo’lmas va kurator Dilyoraga ham,samarali mehnatingiz va vaqtingizga rozi bo’ling.Bizga sarflagan vaqtingiz uchun rahmat.Alloh sizlardan rozi bo’lsn.Bundanda katta yutuqlarga erishing.Albatta,sizlar bilan hali ko’rishamiz.O’sha kunlar nasib qilsin.
Yuzimiz yorug’,yo’limiz hidoyat va shafoat yo’li bo’lsin,o’zingizni asrang.
Yillar o’tib,bu gulhanning gul g’unchalari porlaydi,yonadi va yondiradi.InshaAlloh o’sha kunlarni ko’rish bizga nasib etsin.Ko’p insonlar tarbiyasi buzuq va hayoli buzuq kimsalar bir tomonda zalolat ichra bo’lganda,ilm bilan hidoyat sari borishga nima yeta oladi.Alloh nasib etsa,hech gap emas.Qaddimiz va qadrimiz baland bo’lsin.Vaqtingizni ko’p olmay,va so’zimni tugatay.Men shularni boricha aytishni xohladim va aytdim.Sog’ va omon bo’ling,Allohga omonatsiz…
Aytgancha,oy yoki yillar o’tib sizlar bilan minglab yoshlar bilan bir safda ko’rishish,diydor nasib etsin.Sog’ bo’ling ketgizgan vaqtingizga rozi bo’ling.
Tun quchog’ida,soat 22:07,18-yanvar(chorshanba),2023-yil so’zlarimni tugatyabman.Barchamizga manfaatli bo’lsin.5-avlodning bir olovi,Turdaliyeva Mo’tabarxon Muhammadyusuf qizi(Mo’tabarxon bintu Muhammadyusuf).
Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling