Xardi –Vaynberg qonuni


Download 160.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi160.05 Kb.
#1228600
  1   2   3
Bog'liq
Xardi-Vaynberg qonuni



Xardi –Vaynberg qonuni. 
 
Genetika biologiya fanlar tizimining eng qiziq va muhim bo’limlaridan biri hisoblanadi. Darsliklarda o’rganadiganimiz 
an’anaviy genetik qonuniyatlardan tashqari yana bir qancha qonunlar borki, ularni ham asta-sekin test sinovlarida 
foydalanish boshlandi. Ulardan biri populyatsiya genetikasi bo’lib, bugungi sonda shu mavzuni yoritishga harakat qilamiz. 
Populyatsiya genetikasini o’rganishda esa asosan Xardi-Vaynberg qonunidan foydalaniladi. 
1908-yil ingliz matematigi G.Xardi va nemis vrach-genetigi N.Vaynberg bir-biridan mustaqil ravishdan qonun 
yaratishdi. Bu qonunga binoan populyatsiyada gomozigota va geterozigota organizmlarni tarqalishini algebraik formula 
bo’yicha xisoblab topish mumkin.
Dominnat allel (A) uchrash chastotasi p bilan, retsessiv allel(a)ning uchrash chastotasi esa q bilan belgilanadi. 
Populyatsiyada bu allellarning uchrash chastotasini quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
p + q = 1 (yoki 100%). 
Panmiksiya yuz beradigan populyatsiyalarda bu gametalarning uchrash ehtimolligini genotiplar nisbatiga qarab aniq 
hisoblash mumkin. 
Gametalar 
A 
(p) 
a 
(q) 

(p) 
AA 
(p
2

Aa 
(pq) 
a 
(q) 
Aa 
(pq) 
aa 
(q
2

Xardi va Vaynberg bu ma’lumotlar asosida quyidagi formulani ishlab chiqti : 
AA + 2Aa + aa = 1 yoki p
2
+ 2pq + q
2
 = 1 
Bu formula yordamida populyatsiyada uchrovchi har qanday belgini uchrash chastotasini xisoblab topish mumkin.
Lekin bu formulani quyidagi vaziyatlardagina ishlatish mumkin bo’ladi : 
1. Populyatsiya tarkibidagi individlar soni ko’p bo’lib, unda panmiksiya (erkin chatishish) yuz bersa; 
2. Hamma genotiplar yashovchan deb hisoblansa, nasl bersa va tabiiy tanlanish yuz bermasa; 
3. Mutatsiyalar uchramasa, yoki juda kam uchrasa
4. Populyatsiya genotipida o’zgarish yuz bermasa. 
Tabiatda bunday populyatsiya uchramasligini hisobga olib shuni aytish mumkinki, Xardi-Vaynberg qonuni ideal 
populyatsiya uchun qo’l keladi. 
Shunday bo’lsada bu qonun tabiiy populyatsiyalarda uchrovchi bir qancha genetik hodisalarni tahlili uchun ishlatiladi.
Masalan, agar fenilketonuriya kasalligi yangi tug’ilgan chaqaloqlarda 1:10000 nisbatda uchrasa va autosom-retsessiv 
irsiylansa, dominat belgi bo’yicha gomozigota va geterozigotalarning qanchaligini hisoblab topish mumkin. 
Fenilketonuriya bilan og’rigan bolaning genotipi q
2
(aa) = 0,0001. Bu yerdan q = 0,01. 
p = 1-0,01 = 0,99. 
Geterozigota organizmlarni uchrash chastotasi 2pq
2 * 0,99 * 0,01 ≈ 0,02 yoki ≈ 2 % 
Endi dominant va retsessiv belgilar uchrash chastotasini hisoblab topamiz 
AA = p
2
= 0,99
2
= 0,9801 ≈ 98 % 
Aa = q
2
= 0,01
2
= 0,0001 ≈0,01 % . 

Download 160.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling