Radioaktiv nurlanish mohiyati
Download 6.47 Kb.
|
1-ish. beta nurlanish nazariyasini o\'rganish.
Radioaktiv nurlanish mohiyati Nima uchun alfa zarralar dastasidan ajralishi uchun kuchliroq magnit maydoni kerak bo’ldi? Gamma nurlar nima uchun elektromagnit nurlanish deyildi ? Nima uchun aynan uran metall birikmalari bo’lgan rudalar o’zidan nurlar chiqaradi ekan ? Nimaga aynan qorong’uga quyilgan rudadan nurlar chiqadi ekan ? Radioaktivlik so’zining ma’nosi lotinchadan, radio-nurlanish, radius-nur va activus-ta’sirchan ma’nolarini anglatadi. Radioaktivlikni 1896-yilda fransuz olimi Anri Bekkerel kashf etdi. A. Bekkerel uran metall birikmalari bo’lgan ruda ko’zga ko’rinmaydigan, ammo fotoplastinkaga ta’sirchan nurlanish chiqarishini payqadi. Bunday o’zidan tabiiy holatda nurlanish chiqaridan moddalar radioaktiv moddalar deb va bu moddalarning xususiyati radioaktivlik deyiladigan bo’ldi. Radioaktivlik hodisasini o’rganish sohasida fransuz olimlari Mariya Skladovskaya Kyuri va Pyer Kyurilar xizmati katta bo’ldi. Ular bir necha tonna Uran rudalarini qayta ishlab, fanga noma’lum bo’lgan moddaning bir gramiga yaqin qismini to’plashdi. Bu moddaning radioaktivligi Uran radioaktivligidan bir necha million marotaba katta ekanligi aniqlandi. Olimlar bu moddani Radiy deb atashdi. Radiy lotinchadan – nurli degan ma’noni anglatadi. Izchil izlanishlar shuni ko’rsatdiki, juda yuqori yoki juda past harorat, kuchli magnit va elektr maydonlari, yuqori bosim va tezlanishlar, kuchli kimyoviy reaktivlar ham radiy parchalanishiga ta’sir eta olmasligini ko’rsatdi. Pyer va Mariya Kyurilar radiy parchasini magnit maydoniga quyib, radiaktiv nurlanish dastasining maydon ta’sirida ikki qismga ajralishini payqashdi. Bu ajralgan nurlar dastasining bir qismi avval yunalishida to’g’ri chiziq bo’ylab harakat qildi va ikkinchi qismi dastlabki yunalishiga nisbatan og’di. Og’gan nurlar og’ish burcha-giga va og’ish yunalishiga qarab, bu zarralar manfiy zarralar elektronlar ekanligi aniqlandi. Bu elektronlar tezligi har xil ekanligi va bu dasta tarkibida yorug’lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanuvchi elektronlar ham bor ekanligi aniqlandi. Ernest Rezerford Pyer va Mariya kyurilar tajribasini kuchli magnit maydoni ta’sirida o’rgandi. Bunda yunalishi o’zgarmagan nurlar dastasi ham ikki qismga ajraldi. Bir qismi oldingi yunalishga nisbatan yunalishini o’zgartirmadi. Ikkinchi qismi esa electron og’ishiga nisbatan teskari og’ish hosil qildi. Bu og’gan zarralar zaryadi musbat elektron zaryadiga teng ekanligi aniqlandi. Bu nurlar dastasi grek alifbosining harflari bilan belgilandi. Tajribalar natijasini tahlil qilinib, - zarralar oqimi geliy atomining 2 karra musbat zaryadlangan dastalari va -tez harakatlanuvchi elektronlar oqimi va -elektromagnit nurlanish bo’lib elektromagnit to’lqin shkalasida rentgen nurlaridan keyin joylashgan. Radioaktiv yemirilish bo’lishi uchun energitek shart bajarilishi zarur. Bunda radioaktiv yemiralayotgan yadroning massasi, parchalanishdan keying zarralar va bo’laklar massalari yig’indisidan katta bo’lishi kerak. Bu esa radiaktivlikning yetarli bo’lmagan shartidir. Download 6.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling