Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
«Orden olasan-a, orden olasan! — dedi Botir firqa. — Olib bo‘psan! Senlardan orden 
qarzim bormi? Senlar qachon menga orden berib eding? Bu ordenlarni menga Yo‘ldosh 
Oxunboboev bergan, Sharof Rashidov bergan. Orden olganlaringniyam ko‘raman!» 
Botir firqa ko‘ksi — ordenidan qo‘lini oldi. Quloch otib-quloch otib qadam bosdi. 
«Shartaki bo‘l, sanamarasta bo‘l, evi bilan bo‘l-da! Nonko‘r bo‘l, evi bilan bo‘l-da! — 
dedi. — Senlar, o‘zi, qaerdansan? Senlar, o‘zi, qaerda o‘sding? Senlar, o‘zi, kimni 
bolasisan? Osmondan tush-a, nonko‘rlar, osmondan shaloplab tush-a, nonko‘rlar! Senlar 
sovet tuzumi tug‘ruqxonasida tug‘ilding, sovet tuzumi bog‘chasida katta bo‘lding. Senlar 
sovet tuzumi maktabida o‘qiding, sovet tuzumi institutida o‘qiding. Bir yumalab... 
jurnalni oynoma, deb atading, gazetani ro‘znoma, deb atading, redaktorni muharrir, deb 
atading. Ismi-familiyangni... Mirzaxo‘ja qizi, deb atading. Bir yangilik shu, bor o‘sish 
shu, bor farq shu! Bu qadar nonko‘r bo‘lma-da, qayta quruvchi demokrat! Senlar, o‘zi, 
sotsializmdan chiqding. Senlar, o‘zi, porloq kommunizm sari olg‘a borayotib eding. 
Senlar pioner eding, komsomol eding. Senlar kommunist eding, kommunist! Ana 
shunday bir vaqtda Moskvadan... shunday, Moskvadan... bir baxt qushi uchib keldi. Baxt 
qushi boshing uzra aylandi-aylandi... Oxir-oqibat — boshingga kelib qo‘ndi. Bu baxt 
qushini oti mustaqillik bo‘ldi, mustaqillik! Bu baxt qushini oti — ozodlik bo‘ldi, ozodlik! Bu 
baxt qushini... oshkoralik shamoli uchirib keldi, demokratiya shamoli uchirib keldi, qayta 
qurish shamoli uchirib keldi! Bunday baxt qushiga erishish uchun xalqlar... ariq-ariq qon 
to‘kadi, ariq-ariq qon! Bunday baxt qushiga erishish uchun vatanlari kunpayakun bo‘ladi, 
kunpayakun! Senlar esa... tayyor oshga ega bo‘lding, tayyor oshga! Shunday ekan, 
tayyor oshni ye endi. Og‘zingdagi oshni yut endi». 
60 
Bo‘sag‘ada kampiri kutib oldi. 
Kampiri boshidan shlyapasini oldi. Yelkasidan kostyumini oldi. 
— Qalay o‘tdi, rais bova? — dedi. 
— Buzuqi qarisa-da, g‘amzasi qarimas, deydilar! — dedi Botir firqa. — Gap ko‘p. Bari 
maza-matrasiz gaplar. 
— O’zi, maylis shunday bo‘ladi-da, rais bova. 
— Bu qayta quruvchilar hali besh-olti ko‘ylak yirtishi kerak. Qayta quruvchilarda 
o‘sha... ko‘ylakni o‘zi yo‘q! Qayta quruvchilar hali... ko‘ylak ko‘rmagan! Qayta quruvchi 
demokrat — yalang‘och qirol! Shunday, qayta quruvchi demokratlar yalang‘och qirol! 
— Gap desang, qop-qop deng? 
— Yana-tag‘in, qayta quruvchi demokrat zoti bor — faqat... xudoni nomidan gapiradi! 
O’sha xudo — Yaratganni o‘zi har bandasiga bir arava beradi. Demak, har bandani o‘z 
aravasi bo‘ladi. Ana shu aravasini yo‘lda qoldirgan banda — odam bo‘lmaydi! Biri ikki 
bo‘lmaydi. Shu bois, har banda o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak. Dehqon ekinini ekishi 
kerak. Quruvchi imoratini qurishi kerak. Olim fanini yaratishi kerak. Ashulachi ashulasini 
aytishi kerak. Shoir... she’rini yozishi ke-rak! Ana o‘sha demokratlar — shoir. Demak, 
ular she’r yozishi kerak, she’r! Bir so‘z bilan aytsak, har banda o‘z kasbiy aravasini 
tortishi kerak. Ana o‘shanda... qayta qurish bo‘ladi! Ana o‘shanda... el-yurt obod bo‘ladi. 
Bular bir og‘izdan Orol-Orol, deydi. Nima, qayta qurish demak — Orol dengizi, 
demakmi? Qayta qurish demak — Orolni to‘ldirish, demakmi? Yaxshilab eshitsam, qayta 
quruvchi demokratlarni dardi boshqa, kampir. 
— Nima ekan, bildingizmi? 
— Hali aytib beraman. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling