Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
— Shahar? Ha, tilingizga bol, tilginangizga bol-a! Shahar qilib qo‘ydik-da, ha, shahar! 
Ba’zi bir qabristonlarni ko‘rib, odam ham tiriklar sha’niga achinadi, ham marhumlar 
holiga achinadi. Devorlari nurab tushgan supurib-sidirilmagan, mollar oyoqosti qilgan. 
O’shanaqa qabristonlarni ko‘rib, odam... o‘lishgayam qo‘rqadi! Odam o‘lishiniyam 
bilmaydi, qolishiniyam bilmaydi! Ana, bizni shahrimiz — yaraqlaydi! Bizni shahrimizni 
ko‘rgan odam... o‘lgisi keladi! O’lgan sayin, o‘lgisi keladi! Bizni shahrimizni ko‘rgan 
odam... tezroq omonatimni topshirib... shu shahardan makon topsam deydi! 
— Rahmat, rahmat... 
Botir firqa bosh irg‘adi. Botir firqa duduqlandi. 
«Biz ham keladigan bo‘ldik, uka», deyishiga bir bahya qoldi! 
Ammo nafasini ichiga yutdi. Gapni boshqa yoqqa burdi. Asl maqsadga o‘tdi: 
— Siz bu shaharda ko‘pdan buyon ishlaysizmi, uka? 
— Shu, yigarma yillar bo‘p qoldi-yov. Nima edi? 
— Haligi... go‘rkov, degich odamlar ham bo‘lar edi? 
— Bor, go‘rkov bor. Go‘rkovni kulbasi mana buyoqda. Shaharni o‘ng burchagida. Biror 
ish bo‘lsa aytavering, xizmatingizga tayyorman. 
— Siz... 
— Men toshga bitik bituvchiman. Oldin tosh qo‘yuvchi edim. Keyin, mahoratim oshdi. 
Toshga shakl beruvchi bo‘ldim. Hozir, toshga bitik bituvchi bo‘lib xizmat qilyapman. 
Oxir-oqibat, shu shaharlik bo‘lib qoldim. Xudoga ming qatla shukur, mencha bo‘lgan 
ham, bo‘lmagan ham bor. 
— Chin, chin. Toshga bitik bitishni o‘zi bo‘ladimi? Mana shu qabr toshlar tayyor 
marmarga shakl berilib kilinadimi yo biror-bir qolipga solib tayyorlanadimi? 
— Asl sag‘analar sof marmardan bo‘ladi. Shunchaki sag‘analar tsementdan bo‘ladi. 
Qum va marmar uvoqlari aralashmasidan bo‘ladi. Barchasi tayyor holga keltirilgach, 
marmar plitasi yopishtiriladi. Ana undan keyin, marhumni ismi sharifi husnixat bilan 
o‘yib-o‘yib bitiladi. 
— U-u-u, tashvishi ko‘p ekan! 
— Ha-da! O’lishni... o‘zi bo‘ladimi? O’lishni... chidaganga chiqargan! 
— Chin, o‘lishni o‘zi bo‘lmaydi. Hozir tanqischilik davri. Ashqol-dashqolni qaerdan 
topyapsiz? 
— Bir inson jon berib keladi-yu... tosh topmaymizmi? Topamiz! Toshlarni marmar 
zavodidan sotib olamiz. Armatura bilan tsementni duch kelgan qurilish inshootlaridan 
olib kelamiz. Shag‘al-qum deganlarni ariqlardan olamiz. 
— Shunday qimmatbaho toshlar, sag‘analar, panjaralar... Menimcha, bu nodonlik
manmanlik alomati deb o‘ylayman. Dunyodan o‘tganlar ketidan shon-shuhrat, obro‘ 
olmokchi bo‘lish, deb o‘ylayman. 
— Endi, manavi besh qo‘l baravar emas, otaxon. Hayotda harom pulini qayoqqa 
qo‘yishni bilmay yurgan tentaklar ko‘p. Aslida, eskichada... qabr tosh qo‘yish gunoh! Ha, 
qabr tosh qo‘yish gunoh! Musulmonchilikda qabrni toshlar bilan bostirib qo‘yish man 
etiladi. Aslida, musulmonchiliqda qabrlar yer bilan bir tekis bo‘lishi kerak. Qabrlar yer 
bilan baravar bo‘lishi kerak. Payg‘ambarlarimiz ham ana shunday yo‘l-yo‘riq berganlar. 
Payg‘ambarlarimiz qabrlar ustiga faqat bittagina belgi qo‘yishni buyurganlar. Sababi, 
Rasululloh alayhissalom Usmon ibn Maz’un qabri boshiga bittagina tosh qo‘yganlar. Bu 
tosh: «Birodarim qabri qaerdaligini bilishim va boshqa qazo qilgan urug‘larimni ana shu 
qabr qabatiga olib kelib dafn etishim uchun belgidir», degan. Rasululloh 
alayhissalomimizni o‘z qabrlari ham yerdan bor-yo‘g‘i bir qarichgana baland, xolos. Shu 
sababdan ham qabrlar boshiga g‘ishtin binolar qurish, beton ohanjomalar o‘rnatish, 
suratlar o‘yib solishni aslo buyurmaganlar. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling