Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
topshiraman? Ana shuni bilmayman! Dono bo‘lsang, ayt? Omonatni uzish yo‘lini ayt». 
Radio xo‘p muzika chaldi. Mumtoz-mumtoz muzika chaldi. 
Botir firqa muzika og‘ushida yotdi-yotdi — ruhi orom oldi. Qalbi rohat oldi. 
Qalbida munislik davr surdi. Tan-jonida muntazamlik davr surdi. 
Joyidan ohista qo‘zg‘oldi. O’ziga oro berdi. Tashqariladi. 
— Yo‘l bo‘lsin? — dedi kampiri. 
— Oyog‘imni yoyib kelaman, — dedi. Tag‘in qabriston yo‘l oldi. O’tkinchi-ketkinchilar 
bilan salom-alik etmaslik uchun — yo‘lini chetlardan oldi. Odamlarni ko‘rib-ko‘rmaslikka 
oldi. Tikka qarab yurdi. 
Qabristonga-da tikka kirib bordi. Tosh bitikchini kulbasiga-da tikka kirib bordi. 
Tosh bitikchi bilan ko‘rishib-so‘rashdi. Tosh bitikchini yonidan joy oldi. Yuzlariga fotiha 
surtdi. 
— Marhumlarni yo‘qlab kelibsiz-da, otaxon? — dedi tosh bitikchi. — Marhumlarni 
yo‘qlab turish savob ish. Ko‘p savob ish. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytadilarki, 
dafn etilgan marhumni holi bamisoli suvga g‘arq bo‘layotib, yordam so‘rayotgan insonni 
holiga o‘xshaydi. Bordi-yu, ota-onasi, yor-birodarlaridan duo yoxud istig‘for borib qolsa, 
bu marhum uchun dunyodagi barcha narsalardan mahbubroq bo‘ladi. Darhaqiqat, Olloh 
taboraka va taolo qabrlarga ahli tiriklarning duolarini yetkazadi. Tiriklarning 
marhumlarga qiladigan hadyalarini talabi g‘ufron va rahmat hamda istig‘fordir... 
— Shu maqsadda keldim, uka... — deya manqalandi Botir firqa. 
— Yashang, otaxon, yashang. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam naql qiladilarki, 
inson qabriston yonidan shunchaiki o‘tib ketayotganda ham: «Qul huvallohu ahad»ni o‘n 
bir marta aytib, marhumlarga uning savobini bag‘ishlasa, marhumlar odaticha, o‘sha 
insonga ham savobi tegadi. 
Botir firqa bosh irg‘ab ma’qulladi. Kafti bilan lablarini siladi. Tomog‘ini qirdi. Nimadan 
gap boshlashini bilmadi. 
— Shu, biz partiya-sovet organlarida ishlab, shu... namozxonlikka vaqtimiz bo‘lmadi, 
uka... — deya chaynaldi Botir firqa. 
— Iya, hali namoz o‘qishni bilmaysizmi? 
— Partiya-sovet ishlarini bilamiz, uka. O’zingizdan qolar gap yo‘q. Kabinet, kreslo, 
telefon, majlis, nutq... Umrimiz ana shunday o‘tdi, uka. Uvol-savob ishlaridan bebahra 
qoldik. 
— Namozxonlikni foydasi katta, otaxon. Namoz o‘qish vaqtida namozxonni asab 
tomirlari muloyim bo‘ladi, diqqat-e’tibori bir nuqtaga jam bo‘ladi. Namozxon ruhiyati 
tirikchilik tashvishlaridan xoli bo‘ladi. Hordiq-orom oladi. Zehn-zakovati peshlanadi, fikr 
yuritish uchun sog‘lom bo‘ladi. Namozxonlik yettilik raqamiga imon keltiradi. Ya’ni, 
namozxon yerga sajda qilganda — namozxonni tashqi a’zolaridan yettita joyi yerga 
tegib-tegib oladi. Burni-peshonasi, ikkita qo‘li, ikkita tizzasi va ikkita oyog‘ini ikkita 
uchlaridir. Namoz vaktida namozxonni ichki a’zolari cho‘qqidan samo sari talpingan... 
burgut misol parvoz tuyg‘ularini his etadi! Shu sababdan donolar: «namoz o‘qish — 
me’rojga chiqish demakdir», deydilar. Boisi, namozxonni ichki a’zolari bilan ilohiy 
dunyoni ichki muloqotda bo‘lishi — me’rojni bir ko‘rinishi, demakdir. 
Tosh bitikchi derazadan marhumlar shahriga qaradi. Keyin, Botir firqaga qaradi. 
— Uvol-savob ishlarini bilmasangiz, unda qiyin ekan, — dedi. — Savob ishlarni 
hadislarga qarab qilmasangiz, marhumlar uvoliga qolasiz, otaxon. Yaxshisi, bunday 
qilasiz: shunday borib, qabrni bir chetiga o‘tirasiz. Aslo, qabr ustiga oyoq bosmaysiz. 
Hadislarda: qabr ustida o‘tirishdan ko‘ra cho‘g‘ ustida o‘tirib... kiyim va badanlaringiz 
kuysa, yaxshiroqdir, deyiladi! Qabr boshiga borganingizda, marhumdan biror narsa 
so‘ramang. Ovoz chiqarib yig‘lamang. Qabr boshida chiroq yoqmang. Qabrni bir 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling