Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet92/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
ko‘zlarini kostyumi etaklari bilan artib-artib yig‘ladi. 
— Ey xudo, men bir notavon bandangman! — dedi. — 
Meniyam... yig‘ishtirib ol! Men g‘arib bandangniyam yig‘ishtirib ol-da qo‘y! 
Botir firqa kostyumi yoqalariga yuz-ko‘zlarini artdi. Hiq-hiq eta-eta, peshonasini 
bilaklariga ko‘ydi. O’pkasini bosolmay — hiq-hiq etdi. Yelkalari silkinib-silkinib — hiq-hiq 
etdi. Ko‘zlarini yumib... og‘ir tin oldi. 
Shunda, chala qolmish oyatni esladi. Tag‘in boshini ko‘tardi. Daftariga qaradi. Kaftlarini 
duo uchun ochdi. Oyatni davomini o‘qidi. 
Oyatlar... sukunatga singib-singib bordi: 
— Nas’alulloha lana va lakamul ofiyata. Ollohum mag‘fir lahum, Ollohu marham 
hum... 
Shu vaqt turli-tuman ovozlar eshitildi. Ovozlar tobora yaqin keldi. 
U yelkasi osha qaradi. Kaftlari muallaq ko‘yi qaradi. Ko‘zlarini pirpiratib qaradi. 
Orqa tarafda bir-ikkita qora ko‘rindi. Qoralar yaqin-yaqin keldi. Birovini boshida... harbiy 
kaska bo‘ldi. Birovini boshida... qizil askar telpagi bo‘ldi. Ikkovini-da qo‘lida... miltiq 
bo‘ldi! Ular... miltiq peshlab-miltiq peshlab keldi! 
Botir firqa yuzlarini o‘nglab oldi. Muallaq kaftlariga tikilib qoldi. 
«KGB-KGB! — deya o‘yladi. — Bular KGB! Ko‘za kunda sinmaydi, kunida sinadi, 
deganlari ana shu bo‘ladi. Men o‘rtoq Yagoda qilichlarini aylanib o‘tdim. Men o‘rtoq Yejov 
o‘qlariga chap berdim. Men Lavrentiy Beriya qamoqlaridan eson-omon o‘tdim. Ana, ana 
endi qo‘lga tushdim! Nihoyat qo‘llik bo‘ldim». 
Tur joyingdan, tur! 
Botir firqa oldin bir tizza bo‘ldi. Keyin, ikki tizza bo‘ldi. Kaftlarini yerga tiradi. Ohista 
qo‘zg‘oldi. Yelkalarini qisib, turdi. G’aribona turdi. 
— Qo‘lingni ko‘tar! 
Botir firqa qo‘llarini ohista ko‘tardi. Yelkalari osha qo‘tardi. Boshp uzra ko‘tardi. 
— Qimirlama, otib tashlayman! 
Botir firqa qotib qoldi. Raykom To‘raqulovni siymosiga qarab qotdi. Ikki ko‘zi 
To‘raqulovni siymosida bo‘ldi, bor es-hushi orqa tarafda bo‘ldi. 
«Men bu yerda oyat o‘qiyotganimni KGB qaerdan bildi ekan? — dedi. — Aytmoqchi, tosh 
bitikchi! Padarla’nat tosh bitikchi! Demak, tosh bitikchi KGBni agenti ekan! Tosh 
bitikchini ejakilab-ejakilab gap kovlashidan bilib edim. Bir gapi bor, deb o‘ylab edim. 
Aniq, tosh bitikchi KGBni agenti, aniq! Endi nima bo‘ladi?» 
— Pix-pix-pix! 
— Paq-paq-paq! 
Botir firqani yonidan birovi chopib o‘tdi. Izidan ikkinchisi quvib o‘tdi. 
Birovini boshida harbiy kaska-tovoq bo‘ldi. Birovini boshida harbiy telpak — 
choynakxalta bo‘ldi. Qo‘llarida miltiq — shoxcho‘p bo‘ldi. 
Bolalar... urush-urush o‘ynadi! 
Botir firqa... hammomdan chiqmishday yengil bo‘ldi. Botir firqa... yelkasidan bir qop 
unni tashlamishday yengil bo‘ldi. 
Qo‘llarini ohista-ohista tushirdi. Bolalarni ketidan qarab-qarab qoldi. 
«Turq-tarovatidan... qayta quruvchi demokratlarni bolasi! — o‘yladi Botir firqa. — 
Shunday, tana buzoqni turqi tuqqanidan tamg‘a!» 
— T-fu! Itdan bo‘lgan qurbonlikka yaramaslar! — dedi. 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling