Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
Shu bois, ishdan hayda-hayda, shtat qisqarishlar avj olyapti. 
— Men shtat qisqarishlardan ham qo‘rqmayman. Yuzlab ish joylar taqa-taq yopilib 
qoladi. Ammo... o‘lim ishi taqa-taq yopilmaydi! Dunyoda hamma shtat qisqaradi. 
Ammo... o‘lim qisqarmaydi! Dunyoda hamma narsa tamom bo‘ladi. Ammo o‘lim tamom 
bo‘lmaydi! O’lim mangu yashaydi! O’lim barcha tuzumlar uchun abadiydir! Yashasin
o‘lim! 
— Shunday, ishingiz zo‘r, kasbingiz noyob kasb, shunday. 
— Ha-da, ha!. Men noyob odamman, otaxon, noyob! Ish joyim ham noyob. Mana ish 
joyim — shahrimizda barcha sharoit muhayyo. Shahrimizda... jondan boshqa narsa bor! 
Shahrimizda faqat... jon yo‘q, jon! 
Botir firqa ana shunda maqsadga o‘tar bo‘ldi. Maqsadini aytish uchun so‘z izladi. 
Partiyaviy so‘z izladi. Ilmiy so‘z izladi. Xalqona so‘z izladi. 
Oxiri, meditsina so‘zida bir to‘xtamga keldi. 
— Shu, suitsid... suitsid... — dedi. 
— Kim-kim? 
— Suitsid, deyman... 
— U kim? 
— Suitsid... mana shu shaharga o‘z ixtiyori bilan tashrif buyurish, demak. 
— Ha-a, o‘z joniga o‘zi qasd qilish, deng! Tinchlikmi, otaxon? 
— Tinchlik-tinchlik. Shu, bittasi bor. Shuni hayotida suitsid sodir bo‘lmasa edi, deb 
qo‘rqaman. 
— Esi joyidami, o‘zi? 
— Joyida, esi joyida. Aql-zakovat bobida... ul zotga teng kam topiladi! Yuksak 
intellektual, shunday, yuksak intellektual! 
— Unda, nega... haligidaqa holatga tushadi? 
Botir firqa... yarasini yordi! Madda olib ketmish yarasini yordi: 
— Odamga alam qilar ekan, uka. Qariyb bir asr mobaynida o‘rtoq Lenin dohiy, dedilar. 
O’rtoq Lenin ulug‘, dedilar. Shunday deb o‘qitdilar, shunday deb tarbiya berdilar. Endi, 
birdan... Lenin jallod, Lenin fashist, deb boshladi! Sovet tuzumi bir asr mobaynida hur 
zamon bo‘lib keldi, to‘kin-sochin zamon bo‘lib keldi. Endi, birdan... Sovet tuzumi 
qamoqxona, deb boshladi! Sovet tuzumi do‘zax, deb boshladi! Ideal qolmadi, uka, ideal 
qolmadi! Idealsiz yashab bo‘lmaydi, uka, idealsiz yashab bo‘lmaydi! Idealsiz hayot — 
hayot emas, uka. Mana, idealsizlik okibati — sovet xalqi bir-birini itday talab boshladi. 
Sovet xalqi bir-birini jallodday otib boshladi! 
— Tuzum almashyapti, otaxon, tuzum almashyapti. Tuzum almashish davri eng 
yomon davr emish. Tuzum almashish davri urush davri bilan baravar emish. 
— Ammo-lekin odamga alam qiladi-da, uka. Gazetalarni ochib qaraysiz: urush 
qatnashchisi yo mehnat veterani qazo qilgan bo‘ladi. Bechoralar, qayta quruvchilarni 
dag‘dag‘asiga yuraklari bardosh berolmay... olamdan o‘tmoqda! 
— Bo‘laman degan el bir-birini botirim, deydi, bo‘lmayman degan el bir-birini etini 
yeydi! 
— Buyog‘i qimmatchilik. Go‘sht qimmat, dori-darmon undan-da qimmat. Pensiya pul 
dori-darmonga yetmaydi. Vaholanki, keksa odam dori-darmon bilan tirik. Pensiya... 
arpaga upoq bo‘lmaydi! Oqibat, keksalar birin-ketin ketyapti. Gazetani eng so‘nggi 
chetida — qora ramkaga o‘ralib-o‘ralib ketyapti. Ana o‘sha qora ramkaga o‘rog‘liklar — 
urush va mehnat veteranlari. Mana shu XX asrni yaratgan zotlar! XX asrni qurgan zotlar! 
Bu zotlar urushda polk-polk bo‘lib jon berdi. Armiya-armiya bo‘lib jon berdi. Endi esa... 
bitta-bitta bo‘lib ketyapti! Yakka-yolg‘iz bo‘lib ketyapti! Eni barmoqdaygina ramka ichida 
ketyapti! To‘rttagina ramka ichida ketyapti! Bechoralarni qetayotganini birov bilyapti


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling