Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
Boisi, soya tor-tor qadam bosdi. Ohista-ohista qadami bosdi. Oqibat, oyoqlari 
ko‘rinmadi. Qadamlari bilinmadi. 
Shu bois, soya yuryaptimi yo siljiyaptimi, bilinmadi. Yuryaptimi yo qimirlayaptimi, 
bilinmadi. 
Soya quloch otmadi. Soya qo‘l kimirlatmadi. Qo‘llarini yonlariga bosdi. 
Soya bosh ko‘tarmadi. Yuzlarini ko‘ksiga egdi. Iyaklarini yoqasiga bosdi. Ko‘zlarini 
tuflisiga tiqdi. 
Soya birdan... siljimay qoldi. Joyida turdi-turdi — yo‘l cheti skameykaga cho‘kdi. 
Soya — Botir firqa bo‘ldi. Kommunist Esonov bo‘ldi. 
U ohista chapiga — marhumlar shahriga qaradi. O’ngiga — tiriklar shahriga qaradi. 
U marhumlar shahri bilan tiriklar shahri o‘rtasida o‘tirdi. Muztar bo‘lib qoldi. Mushtipar 
ham notavon bo‘lib o‘tirdi. 
O’tirdi-o‘tirdi... unsiz-unsiz yig‘ladi. Peshonasini ushlab-ushlab yig‘ladi. 
«Nima kunlarga qoldim-a? — deya yig‘ladi. — Bu qanday zamon bo‘ldi? Qariyb bir asr 
mehnat qildim. Bir umr ter to‘kdim. Bir umr el-yurt xizmatini qildim. Men uchun mehnat 
shon-sharaf bo‘ldi. Men uchun mehnat g‘urur ham faxr bo‘ldi. Men hayotni mehnat deb 
bildim. Men yashashni mehnat deb bildim. Men yaratdim, men bino etdim. Mana shu XX 
asrni... men yaratdim, men! 
Ana shunday zot ketsa — men o‘lsam, meni... yuvmaydilar, yuvmaydilar! Harom o‘lgan 
mol misol ko‘mib tashlaydilar! Sassiq masliq misol ko‘mib tashlaydilar! 
Menday bir zot o‘lsa... Menga... janoza o‘qimaydilar, janoza o‘qimaydilar! Oyog‘imdan 
sudrab... ko‘mib tashlaydilar! Nom-nishonsiz ko‘mib tashlaydilar. Oting nima demay, 
ko‘mib tashlaydilar. Itmisan-eshakmisan demay... ko‘mib tashlaydilar! 
Demak, shariat bo‘yicha... o‘lib bo‘lmaydi! Urf-odatlar bilan o‘lib bo‘lmaydi. Eskichasiga 
o‘lib bo‘lmaydi. 
Men chin kommunistman. Leninchi kommunistman. Men el-yurtga partiyaviy nazar bilan 
mehnat qildim. Men el-yurtga marksizm-leninizm g‘oyalari bilan xizmat qildim. Bir so‘z 
bilan aytsak, men mehnat qildim, mehnat! 
Men bola-baqram demadim — jamiyatim, dedim. Men bola-baqram uchun mehnat 
qilmadim — jamiyatim uchun mehnat qildim. Bir so‘z bilan aytsak, sovet jamiyati bor 
bo‘lsin, dedim. Kommunistik jamiyat bor bo‘lsin, dedim. 
Shunday bir otashin kommunist hayotdan ko‘z yumsa... Shunday bir sodiq leninchini 
yuragi urishdan to‘xtasa... 
Tobutim tepasida... harbiy orkestr motam marshi chalmaydi! Komsomollar orden-
medallarim to‘la baxmal yostiqchalarni ko‘z-ko‘z etib o‘tmaydi. Kommunistlar tobutim 
ketidan gulchambarlar ko‘tarib yurmaydi. Partiya-sovet arboblari bilaklariga qora 
lentalar taqib, tobutim boshida faxriy qorovulliqda turmaydi. 
Yemondan-yomoni... partiya-sovet arboblari qabrim boshida: «U asl kommunist edi», 
deya otashin nutqlar so‘zlamaydi! 
Demak, kommunistchasiga-da... o‘lib bo‘lmaydi! Partiyaviy o‘lib bo‘lmaydi. 
Bir so‘z bilan aytsak, eskichasiga-da o‘lib bo‘lmay-di, yangichasiga-da o‘lib bo‘lmaydi!» 
Botir firqa unsiz-unsiz yig‘ladi. Og‘iz-burnini kafti bilan artib-artib yig‘ladi. Kaftiga 
yo‘talib-yo‘talib yig‘ladi. Kaftiga o‘ksib-o‘ksib yig‘ladi. 
«Chin, men kommunistman, kommunist. Ammo-lekin men ham odamman, odam. Men 
jannat bilan do‘zaxga ishonaman. Ko‘plar hamma go‘r — bir go‘r, deydi. Yo‘q, hamma 
go‘r — bir go‘r emas, yo‘q! Go‘r bilan go‘rni farqi bor. Aytaylik, bir inson dunyodan ko‘z 
yumadi. Uni olib borib qabrga ko‘madilar. Bo‘ldi, shu bilan u zotni unutadilar, otini 
atamaydilar. Boisi, u zot bu dunyosida birorta ezgulik yaratmagan bo‘ladi. Biror nima 
qurmagan bo‘ladi. Birorta bog‘ yaratmagan bo‘ladi. Shu bois, u zotni nomi zim-ziyo 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling