Sirtqi bo’limi jismoniy madaniyat yo’nalishi 21,23c -guruh talabasi
Download 95.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- M U S T A Q I L I S H I Mavzu Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari Bajardi : JO’RAYEV MUHAMMADJON Qabul qildi:X.Qosimova
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIMI Jismoniy madaniyat yo’nalishi 21,23C -guruh talabasi JO’RAYEV MUHAMMADJONning Umumiy pedagogika fanidan M U S T A Q I L I S H I Mavzu Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari Bajardi : JO’RAYEV MUHAMMADJON Qabul qildi:X.Qosimova Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari Reja: 1. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va in-sonparvarlik masalalari. 2. Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. 3. Navoiyning oqituvchi (mudarris) to’grisidagi fikrlari. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’n -u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda tirkiy va forsiy tilde so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak , shoirlarning sultonidir”, I.Karimov. Sharq xalqlarining adabiyoti qanchalik chuqur o‘rganilsa, bu xalqlar orasidagi adabiy aloqalar ham shunchalik ravshanroq ko‘rina boradi. Adabiy aloqalarning o‘rganilishi esa dohiy san’atkorlarning, adabiy maktab vakillarining ijodiy qudratini , ta’sir doirasini aniqlash uchun to‘laroq tasavvur beradi. Bu jihatdan Navoiy merosini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir. Buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Xirot shahrida tug’ilgan. Adabiyot va badiiy ijodga muhabbat unda bolalagida uyg’ongan. Alisher she’r tinglashni va aytishni juda sevgan. Alisher Xirotda va Mashhadda o’qigan, mantiq, falsafa, musiqa, husnixat va boshqa fanlarni, arab va fors tillarini o’rgangan. Alisher o’n besh yoshidayoq iste’dodli shoir sifatida xalq ommasiga tanilgan. O’zbek turkiy tilidagi she’rlariga “Navoiy”, fors-tojik tilidagi she’rlariga “Foniy” taxalluslarini qo’ygan. Uning o’zbek tilidagi hamma she’rlari “Bolalik ajoyibotlari”, “¡shlik nodirliklari”, “O’rta yosh go’zalliklari”, “Qarilikning foydalari” to’rt qismdan iborat “Xazoyinul maoniy” to’plamiga, fors tilidagi she’rlari esa “Devoni foniy” to’plamiga jamlangan. Navoiy o’zbek adabiyoti va adabiy tiliga asos solgan. Badiiy asar yaratish uchun o’zbek tili ham fors va arab tillari kabi imkoniyatga egaligini, ayrim o’rinlarda esa ulardan ham ustunli-gini isbotlagan. Navoiy lirikasi falsafiy mushohadalarga boy, chuqur his-tuyg’u, tabiatning go’zal manzarasi, yorqin badiiy timsollar bilan to’la. Navoiyning badiiy merosi juda boy va ko’p qirralidir. U she’riy devonlar va yirik dostonlar yaratish bilan birga Markaziy Osiyoning XV asrdagi ma’naviy hayotini ask ettiradigan nasriy asarlar va ilmiy risolalar ham yozgan. Ular orasida Navoiyning ustozi, buyuk tojik shoiri va mutafakkiri Abdurahmon Jomiyga bag’ishlangan “Xamsatul mutahayyirin”, o’zigacha o’tgan va o’ziga zamondosh bo’lgan juda ko’p shoirlar hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlardan iborat “Majolisun nafois”, ona tilini sharaflovchi “Muhokamatul lug’atayn” asarlari alohida o’rin tutadi. Navoiy umrining oxirlarida kishilik jamiyatining ravnaqi haqidagi “Lison- ut-tayr” (“Qush tili”) dostonini, “Nasoyim ul-muhabbat” nomli ilmiy-falsafiy asarini yozdi. Umuman, Navoiy ijodidagi demokratik yo’nalish va insonparvarlik, inson qadr-qimmatini hurmatlash va odamlar baxti uchun, farovon hayoti uchun kurashish uning asarlarini umrboqiy qildi. Navoiy o’lmas asarlarida tabiat va jamiyat qonunlariga o’zi-ning munosabatini bildirgan. Uning dunyoqarashi shakllanishida faylasuflarning ijtimoiy falsafiy qarashlari alohida ta’sir ko’rsatgan. Navoiy falsafasidagi insonparvarlik g’oyalari she’riy shaklda berilgan. Binobarin, bunday usul ko’p mutafakkirlar ijodida g’oyat ta’sirchan va an’anaviy tus olgan. Navoiy o’z zamona-sidagi ijtimoiy-iqtisodiy va falsafiy ruhni gavdalantirgan. Navoiy yaratuvchi Allohga tasannolar aytib, o’zining “Munojot” asarini yozgan. Munojot Allohdan najot tilash, unga iltijo qilishdir. Unda jumladan: “Ilohi, dunyo mayli rishtasini ko’nglimdan uz va nafsoniyat tiyralig’ida hidoyai sha’mi bila o’zung sari yo’l ko’rguz”, - deb yozadi. Navoiy amaliy faoliyatida ham, barcha asarlarida ham Qur’ondagi axloq qoidalariga rioya qilgan. Payg’ambarimizning eng muhim 41 ta hadislarini nazm rishtasiga osib, “Arbain” asarini yaratgan. Unda insonning barkamolligi masalalari alohida o’rin olgan. Kim musulmonlig’ aylasa da’vo Chin ermas gar fido qilur jonlar, Ul musulmon dururki, solimdur Tiliyu ilgidin musulmonlar. ya’ni qo’lidan va tilidan musulmonlarga ozor etmaydigan kishigina haqiqiy va musulmondir. Farq mutafakkirlari tomonidan inson kamolotiga bag’ish-langan va pand- nasihatlarga boy didaktik asarlar yaratilgan. “Mahobhorat”, “Kalila va Dimna”, “Qobusnoma”, “Qutadg’u bilig”, “Mahzanul asror”, “Matlaul anvor”, “Axloqi Muhsiniy” ana shular jumlasidandir. Ana shu an’anaga ko’ra yaratilgan “Mahbubul qulub” asarida Navoiy o’z zamonasidagi barkamol insonga xos fazilatlarni aks ettirgan. U 39 xil ijtimoiy guruhga mansub kishilarning axloqu odobi haqida so’z yuritgan: butun umrini ilohiyot sirlarini bilishga bag’ishlagan muhaddislarni, kuch-g’ayratini osmon sir-asrorini kashf etishga bag’ishlagan munaj-jimlarni, ishq yo’lida jonini fido qilgan kishilarni, el-yurtda obro’ qozongan shaxlar va hokazolarni tasvirlagan. Lekin biror guruhni boshqasidan ortiq deb hisoblamagan. Tarixchi olim Mirxond “Ravzatus safo” nomli asarini yozishga kirishar ekan, Navoiy unga “asaringiz shohga ham, gadoga am tushunarli bo’lsin”, deya maslahat bergan. Navoiy “Mahbubul-qulub” asarida insonga xos bo’lgan yuksak fazilatlarning maqsad va mohiyatini asoslab berdi. Kitobning II qismi, ya’ni “Xamida af’ol va zamima hisol xosiyati”da qanoat, sabr, odob ishq kabi insonni ruhiy holatiga bog’liq bo’lgan irodaviy sifatlarning mohiyatini ochgan. - Qanoat chashmadurkim, suvi olmoq bila qurumas. Qanoat qilgan odamni ko’ngli ochiq, kqzi ravshan bo’lib, obro’-e’tiborga sazovordir: Xar kimki qanoat tarafi nisbati bor, Barcha el aro tavozuu izzati bor, Ulkim tamau hirs birla ulfati bor, Yaxshi-yomon ichra zallatu naqbati bor. Qanoatga kuch bag’ishlovchi yuksak insoniy fazilat sabrdir. Sabr qilish insonni murodga etaklaydi. Kimki bir jiddat aro sabru tahammul ayladi, Baxt aning nishini no’shu xorini gul ayladi. Kitobning III qismi “Mutafarrika favoyid va amsol sura-ti” bir necha tanbehlar bayonida axloqiy sifatlar saodatmandlik, xudpisandlik, takabbur, ehson, muruvvat, vafo, chin so’z, nodonlik va boshqa insonlar tabiatida uchraydigan sifatlar mohiyati asos-lab beriladi. Vafo zaylida va hayo zikridagi 17 tanbyohda shunday deyiladi: Karam va muruvvat ota va onadurlar, vafo va hayo ikki hamzod farzand. Xar necha ul ikkoviga nur Bila sarodur. Fu ikkov-ga ittisol bila payvand har ko’ngulnikim, vafo maskan qilur, hayo ham qilur va har maskandakim, ul topilur bu ham topilur. Vafosizda hayo yo’q, hayosizda vafo yo’q. Xar kimda bu ikki yo’q - imon yo’q va har kimda imon yo’q - andin odamiylik kelmak imoni yo’q! 1 Navoiy insonning sifatlarini biri-biri bilan naqadar tutashganini ko’rsatib imoni bor insonda hamma yuksak fazilatlar bo’lmog’i lozim deb hisobladi. Navoiy o’z falsafasida idealni ko’rsatib berish bilan cheklanmagan, balki fikr-mulohazalarini yanada rivojlantirib, shaxsning xulq-atvori, axloqiy xususiyatlari ta’lim-tarbiya orqali shakllanishini ifodalagan. Insonning fe’l-atvori o’zicha hosil bo’lmasligini, balki jamiyatdagi ma’lum kishilar jamoasida muayyan axloqiy qoidalar asosida shakllanishini bayon qilgan. Download 95.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling