Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
U orden-medallariga tikilib qoldi. 
«Besh-oltita oqsoqol deyapti. Demak, tanlab-tanlab taklif etibdi, — deya o‘yladi. — 
Unday kazo-kazolar oddiga bor topgan-tutganni taqib borib bo‘lmaydi. Tanlab-tanlab 
taqib borish kerak». 
Ana shunda... kampiri yo‘qligi tag‘indan-tag‘in bilindi! 
U ukraincha, ko‘ylakni hamon... kostyum deya o‘yladi. Hamon... kostyum kiyayapman, 
deya o‘yladi. 
Botir firqa ukraincha ko‘ylakka... orden taqib boshladi! 
«Bir... ikki... uch. Manovni-da ko‘ngli qolmasin». 
Taqir boshiga poxol shlyapa qo‘ndirdi. Ko‘zoynak taqdi. 
U o‘zini oynaga soldi. Dimog‘ ham g‘urur bilan tomoq qirdi. 
Eshik-darvozalarni qulfladi. Hokimiyat sari yo‘l oldi. 
74 
Botir firqa qo‘llari ketida qadamladi. Ohista qadamladi. Tantanali qadamladi. 
Beton ko‘priqdan o‘tdi. Pastlab endi. Oyoq tirab-tirab endi. Oyoq ilib-ilib endi. Nafas 
rostlab-rostlab endi. 
Hokimiyat binosi oldida qatorlanmish mashinalarni qoralab keldi. Mashinalarga suyanib 
turmish shofyorlar bilan salom-alik etdi. 
Shofyorlar Botir firqani bosh-adoq qaradi. Ukraincha ko‘ylakdagi... ordenlarga qaradi. 
Bir shofyor og‘zini ushlab kulimsidi. Bir shofyor betini burchakka burib kulimsidi. Bir 
shofyor chappa burilib... chuchkirdi. 
Bahonatalab shofyorlar chuchkurikdan... yayrab kuldi. 
— Iya, salomat bo‘lsinlar, salomat bo‘lsinlar! — deya kuldi. 
Botir firqa-da... qo‘shilib kuldi! Bosh irg‘ab-irg‘ab kuldi. 
— Biz-da shu tilakka yormiz! — deya kuldi. 
Ko‘zidan ko‘zoynakni oldi. Ro‘molcha bilan artdi. 
Hokimiyat bog‘iga qaradi. E’tibor bilan qaradi. Sinchkovlik bilan qaradi. 
Bog‘... yo‘q bo‘ldi. Kuyuq-quyuq bog‘ yo‘q bo‘ldi. Yam-yashil bog‘ yo‘q bo‘ldi. 
Har-har yerda kundalar yumalab yotdi. Shoxlar to‘da bo‘lib yotdi. Tuproqlar uyum bo‘lib 
yotdi. 
Arralar qirr-qirr borib keldi. Boltalar tars-tars yordi. Shoxlar qars-qars sindi. 
Bog‘ markazida bitta chinor omon qolmish bo‘ldi. Uyam bo‘lsa, bir yonbosh qiyshayib 
yotmish bo‘ldi. 
Chinor tevaragida odam mo‘l bo‘ldi. Sariq-sariq ust-boshlaridan — quruvchilar bo‘ldi. 
Bir quruvchi chinor shoxiga arqon boylab tortdi. Birovi chinor shoxi ayrisiga arqon 
tashlab osildi. Birovi chinor tomirini boltaladi. 
Chinorni beliga tross solib, anavi samosval bilan tortish kerak, — dedi Botir firqa. 
— Trossi yo‘q ekan-da kambag‘allarni, — dedi bir shofyor. 
Botir firqa boshidan shlyapasini olib silkitdi: xayr, ishorasini berdi. 
— Yo‘l bo‘lsin, otaxon? — dedi bir shofyor. 
— Mana shu bog‘ hasharga taklif qilib edilar, — dedi. 
— Ha-a, rasmiy qismi o‘tib bo‘ldi, otaxon. 
— Iya-iya! — dedi Botir firqa. 
— Lekin sizni ko‘p qaradilar. 
— Hamma bo‘ldi, faqat siz bo‘lmadingiz. 
— Iya-iya, shunaqa deng? 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling