Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet103/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
Botir firqa bir kelgan yo‘liga qaradi. Bir shofyorlarga qaradi. Bir oyoqlari ostiga qaradi. 
«Chin-da, bitta meni kutib o‘tiradimi? — dedi. — Endi, qaytib ketaversammikin?» 
— Otaxon, ozib-yozib kelibsiz, — dedi bir shofyor. — Endi bir borib, quruvchilarga 
hormang-bor bo‘ling etib keling. 
Shunday deng, ammo-lekin shunday deng? 
Botir firqa yo‘lida davom etdi. Hokimiyat oldi yo‘laqdan yurdi. Yo‘lakdan boqqa bordi. 
Bog‘ aylanasi arg‘amchi ip bilan o‘ralmish bo‘ldi. Arg‘amchini har-har yerida qizil 
bayroqchalar ilig‘lik bo‘ldi. Ogoh etuvchi yozmalar ilig‘lik bo‘ldi. 
Botir firqa arg‘amchi ostidan o‘tmoqchi bo‘ddi. Bir o‘ngiga qaradi, bir chapiga qaradi. Bir 
qo‘li bilan shlyapasini boshiga bosdi. Bir qo‘li bilan arg‘amchini ko‘tardi. Arg‘amchi ostiga 
egildi. 
— Hay-hay! — deya ovoz keldi. 
Botir firqa qaddini ko‘tarib qaradi. 
Sariq kiyimlik kishi shahodat barmog‘i bilan yandi. Arg‘amchida ilig‘lik yozmaga ishora 
etdi. 
Botir firqa boshidan shlyapasini olib, kishiga qarata silkitdi: uzr-uzr, demish bo‘ldi. 
Shlyapasini boshiga qo‘ndirib, arg‘amchi-devor yoqalab yurdi. Shahodat barmog‘ini 
boshi uzra nish etdi. 
— Chin, texnika xavfsizligi! — dedi. — O’rtoq 
Esonov, texnika xavfsizligi! 
Arg‘amchi-devor yoqalashda davom etdi. Bog‘ni chap tarafiga keldi. Oyoqlari toldi. Yo‘l 
bo‘yi skameykaga cho‘kdi. Shlyapasini tizzasiga qo‘ydi. Chuqur nafas oldi. Taqir boshini 
ro‘molcha bilan artdi. Hokimiyat maydoniga tikildi: xuddi o‘zini boshiday tep-tekis 
maydon. O’zini boshiday tap-taqir maydon. 
«Sovet davrida har shaharni o‘z Lenini bo‘lar edi. O’rtoq Lenin shahar bosh maydonida 
tikka turar edi, — dedi Botir firqa. — Bizni Lenin mana shu maydonda tikka turar edi. 
O’rtoq Lenin qo‘lini mana bunday uzatib, yo‘l ko‘rsatib turar edi. XX asr o‘zbek xalqi 
dohiysi Sharof Rashidov bayramlarda kelar edi. Otalarcha quchoq ochib turar edi. Endi 
o‘rtoq Lenin yo‘q. Endi o‘rtoq Rashidov yo‘q...» 
Shu vaqt bir nima qars etdi.
Botir firqa sapchib oyoqladi. O’pkasini qo‘ltiqpadi. Voh-voh etdi. Ichiga tuf-tuf etdi. 
Tevarakka alangladi. Birov miltiq otdi-yov, deya o‘yladi. 
Yo‘q, bog‘da... bog‘da so‘nggi chinor quladi! 
Birdan motorlar o‘chdi. Quruvchilar ovozi tindi. Ola-tasir bosildi. 
Botir firqa uyoqqa alangladi, buyoqqa alangladi. Soatiga qaradi: ish vaqti tamom bo‘ldi. 
Shlyapani boshga qo‘ndirdi. Shimi ketini qoqdi. Shimini tortdi. Ukraincha ko‘ylak yoqani 
tuzatdi. Bog‘ sari yurdi. 
Bu safar arg‘amchi-devor oldida egilib o‘tirmadi. Arg‘amchini shunday ko‘tarib, ichkari 
kirdi. 
Shoxchalarni qisir-qisir bosib bordi. Shoxlardan hatlab-hatlab bordi. Yaproqlarni ezib-
ezib bordi. 
So‘nggi... so‘nggi chinor oldida oyoq ildi. 
Bir uy ichi joy o‘ra bo‘lib yotdi. O’ra odam bo‘yi chuqur bo‘ldi. O’ra girdi uyum-uyum 
tuproq bo‘ddi. Ura ichi patila-patila tomir bo‘ldi. Barmoqday tomir bo‘ldi. Bilaqday tomir 
bo‘ldi. Odamni soniday tomir bo‘ldi. O’qtomiri... odamni beliday bo‘ldi! 
Chinorni o‘zi... o‘ra yonboshida suyanib yotdi. Haybatli shoxlari ellik qadam olislarda 
tarvaqaylab yotdi... 
Botir firqa entiqdi. Botir firqa qizidi. Botir firqa lov-lov etdi. 
Qo‘llari qalt-qalt etdi. Yuzlari dir-dir etdi. Ko‘zlari pir-pir uchdi. Ko‘z oldi tuman bo‘ldi. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling