Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Rashod Nuri Guntegin-Choli qushi
www.ziyouz.com kutubxonasi
185 gani uchun har bir so‘zi esimda saqlanib qolgan edi: — Shu yoshda, shu qiyofa, shu chehrada-ya? Juda soz, mayli, shunday bo‘lsin, yara- mas qiz, shunday bo‘lsin, lekin sen yovvoyilik qilma. U dorilarini, men esa kitoblarimni esdan chiqarib, uzoq gaplashdik. — Demak, shu maktabda muallimalik qilasan, shundaymi? — Maktabimizni olib qo‘yganlaringizga biram xafa bo‘ldimki, doktorbey. — Shoshma, boshqa narsani o‘ylab turibman... U qurib ketgur qishloqning oti nima edi? Hov senga kasal boquvchilikni o‘rgatgan yerim-chi? Esingdami? Menga qara, bu yerda ham menga yordam qilasanmi? Aslida bu ikki ishning bir-biridan farqi katta emas: sening mitti maymunchalaring ham, mening aziz ayiqchalarim ham ruhan bir-birlariga juda o‘xshashadi. Ular ham, bular ham sofdil, sodda. O‘zing bilasan, hozir urush, meniki- lar o‘t ichida, shunday bo‘lgandan keyin ularga yordam bersang — savob ish qilgan bo‘lasan, kichkina qiz... Birdan yuzimga kulgi yugurdi, yosh boladay suyunib ketdim. Qanaqa ish bo‘lsa ham mayli, ishqilib, kuch-quvvatimni, mehru muhabbatimni, butun vaqtimni bag‘ishlaydigan ish bo‘lsa bas. — Juda soz, doktorbey, qachon desangiz, shunda ishga tushaveraman. — Hozir tushaverasan. Buni qara, qanday kepataga solishibdi. Bular qo‘l bilan emas, balki... Yana og‘izga olib bo‘lmaydigan xunuk so‘z aytildi. Men uyalib: — Faqat bir shart bilan, doktorbey... Yonimda askarcha so‘zlashmaysiz, — dedim. U kuldi. — Harakat qilaman, kichkina, harakat qilaman... Mabodo bexosdan og‘zimdan chiqib ketsa, ayb qilmaysan-da, — dedi. Ikkalamiz kechgacha ishladik, gospitalni ertadan kela boshlaydigan yaradorlarni qabul qilishga tayyorladik. * * * Qusha-da-si, 25 yan-var. Mana, bir oydan beri Xayrullobeyning yonida hamshiralik qilaman. Urush davom etayotir. Gospitalga kelayotgan yaradorlarning oxiri ko‘rinmaydi. Ishim shu qadar ko‘pki, ba’zi kechalar uyimga ham ketolmayman. Kecha og‘ir yarador bo‘lib kelgan bir keksa ka- pitanga butun kechasi bilan parvona bo‘lib chiqishga to‘g‘ri keldi. Shunday charchab- manki, ertalab mazam qochib, dorixonamizdagi kursida o‘tirganimcha uxlab qolibman. Uyqumda yelkamga kimningdir qo‘li tekkanini sezdim. Ko‘zlarimni ochib qarasam, ol- dimda doktor Xayrullobey turibdi. Sovqotib qolishimdan qo‘rqib, uyg‘otib yubormaslik uchun ustimga sekingina odeyal yopayotgan ekan. Doktorbey derazadan tushib turgan zaif tong yorug‘ida yana ham so‘lg‘in, yana ham horg‘in ko‘ringan moviy ko‘zlari bilan kulimsirab turib: — Uxla, kichkina, tinchgina uxla, — dedi. Shunday paytda qilingan bu shafqat qalbimda shirin minnatdorchilik uyg‘otdi. Bir ni- ma degim, minnatdorchilik bildirgim keldi, lekin bo‘lmadi — uyqu yengdi, horg‘in-tolg‘in kulimsirab, yana uxlab qoldim. Ikkita katta nuqsoniga qaramay, bu qari doktorni juda yaxshi ko‘rib qoldim. Nuqson- laridan biri shuki, u og‘zini juda yomon chakki qiladi. To‘g‘ri, atrofidagilarda ham ayb bor, lekin bu sabab emas-da! Ba’zida og‘zidan shunday xunuk so‘zlar chiqib ketadiki, ol- didan qochib ketib, bir necha kungacha betiga qarolmay yuraman. Shunisi qiziqki, doktor o‘zining aybini bilmaydi emas, biladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling