Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


FOLBIN VA MUNAJJIMNI TASDIQLASH


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

FOLBIN VA MUNAJJIMNI TASDIQLASH 
Alloh taolo aytadi: 
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma. Chunki quloq, ko‘z, dil – 
bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan, 
ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)» 
(Al-Isro surasi, 36). 
Bu oyatning tafsirida Kalbiy: «Bilmagan narsang haqida gapirma», degan bo‘lsalar, 
Qatoda: «Eshitmagan narsangni eshitdim, ko‘rmagan narsangni ko‘rdim va bilmagan 
narsangni bildim, demagin», deganlar. 
«Chunki quloq, ko‘z, dil – bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur», 
oyatini tafsir qilib, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Alloh bandalaridan bu a’zolarni qanday 
ishlarga ishlatganini so‘raydi», deganlar. 
Bu oyati karima halol bo‘lmagan narsaga qarash, harom narsani eshitish va joiz 
bo‘lmagan narsani iroda qilishdan qaytarishga hujjat bo‘ladi. Vallohu a’lam. 
«(U zot) g‘aybni bilguvchidir. Bas, O‘z g‘aybidan biron kimsani ogoh qilmas. 
Faqat O‘zi rozi bo‘lgan payg‘ambarnigina (O‘zining g‘aybidagi sir-asrorining 
ayrimlaridan ogoh etar)» (Jin surasi, 26–27). 
Mazkur oyati karima yulduzlar g‘aybga dalolat qiladi, deb iddao qilgan kimsa kofir 
bo‘lishiga dalildir. Vallohu a’lam. 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
aytdilar: «Kimki bashoratgo‘y yoki folbinning oldiga borib, aytayotgan gapini rost deb 
bilsa, u shubhasiz, Muhammadga tushgan narsaga kufr keltiribdi» (Abu Dovud, Nasoiy, 
Ibn Moja rivoyati). 
Zayd ibn Xolid Juhaniy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
biz bilan bomdod namozini o‘qidilar. Tuni bilan yomg‘ir yog‘ib chiqqan edi. Namozni o‘qib 
bo‘lgach, odamlarga yuzlanib: «Rabbingiz nima deganini bilasizlarmi?» dedilar. Ular: 
«Allohning Rasuli bilguvchiroq», deb javob berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
dedilar: «U zot aytdiki: «Bandalarimdan ayrimlari menga iymon keltirib, ayrimlari kufr 
keltirib tong ottirdi. Kimki: «Allohning fazli va rahmati ila bizga yomg‘ir yog‘di», desa, u 
Menga iymon keltirib, yulduzlarga kufr keltiribdi. Ammo kimki: «Bu va u hodisalar 
(shamol, bulut), bo‘lib bizga yomg‘ir yog‘di», desa, u Menga kufr keltirib, yulduzlarga 
iymon keltiribdi» (Muttafaqun alayh). 
Ulamolar aytadilarki: «Agar bir musulmon: «Falon hodisa bo‘lib yomg‘ir yog‘di», desa va 
bu gapini shu hodisa, masalan, havo bulut bo‘lishining o‘zi yomg‘irni paydo qiladi va 
yomg‘ir yog‘averadi, degan ma’noda aytgan bo‘lsa, u, shubhasiz, murtad bo‘lib, kofirga 
aylanadi. Agar bu gapni shu hodisa yomg‘ir yog‘ishining alomati, odatda shu hodisa 
bo‘lganda yomg‘ir yog‘adi, biroq yomg‘irning yaratuvchisi Alloh taolo va u Allohning fazli 
ila yog‘adi, degan ma’noda gapirgan bo‘lsa, kofir bo‘lmaydi. 
Har qanday holatda ham, bu jumla kofirlar gapi bo‘lgani bois uni aytish makruhdir. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki bashoratgo‘yning oldiga borib, 
undan biron narsani so‘rasa va uni tasdiqlasa, qirq kungacha uning bironta ham namozi 
qabul qilinmaydi» (Muslim rivoyati). 
Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 
folbinlar haqida so‘rashdi. U zot: «Ular haq emaslar», dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, 
ular gohida shunday gaplarni aytadilarki, u haq bo‘lib chiqadi», deyishdi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Bu haq kalimani jin o‘g‘rincha bilib oladi-da, uni do‘sti-
folbinning qulog‘iga quyadi. Folbinlar esa unga yuzta yolg‘onni aralashtirib yuboradilar», 
dedilar» (Muttafaqun alayh). 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Farishtalar bulutga tushadilar va 
osmonda hukm qilingan ishni zikr qiladilar. Shayton o‘g‘rincha quloq tutib, eshitib oladi-
da, uni folbinlarga yetkazadi. Ular esa unga o‘zlaridan yuzta yolg‘on qo‘shib, yolg‘on 
gapiradilar» (Buxoriy rivoyati). 
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Kimki yulduzlar ilmidan (munajjimlikdan) bironta ilmni egallasa, sehrning bir 
bo‘lagini o‘g‘irlagan bo‘ladi. U ziyoda bo‘lgan sayin bu ham ziyoda bo‘laveradi» (Abu 
Dovud rivoyati). 
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu aytganlar: «Folbin sehrgardir, sehrgar esa kofirdir». 
Alloh taolodan dunyo-yu oxiratda ofiyat va panoh tilaymiz. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling