Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
Qirq sakkizinchi gunohi kabira 
O‘Z JONIGA QASD QILISH 
Alloh taolo aytadi: 
«Bir-birlaringizni (ya’ni, mo‘min-mo‘minni) o‘ldirmangiz» (Niso surasi, 29). 
Ya’ni, hindlarning johillariga o‘xshab, o‘zingizni-o‘zingiz o‘ldirmangiz yoki o‘zingizni 
halokatga tashlamangiz. 
Amr ibn Os roziyallohu anhu bu oyatni sovuq (shamollash) xavfi bo‘lganda tayammum 
qilishga ta’vil etganlari va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bunga e’tiroz 
bildirmaganlari yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. 
Yoki, qatl etilishga sabab bo‘ladigan jinoyatni qilmangiz, degan ma’noda. 
Ayrim ulamolar: «O‘zlaringiz»dan murod dindoshlardir. Zero, mo‘minlar bitta jon kabidir, 
oyat bir-biringizni o‘ldirmangiz, degan ma’noda», deyishgan. 
«Albatta Alloh sizlarga mehribon bo‘lgan zotdir». 
Ya’ni, sizlarga boshqacha mehribon bo‘lgani bois ayrim ishlarni buyurdi va ayrim 
ishlardan qaytardi. 
«Kim haddan oshib, zo‘ravonlik bilan shunday ishlarni qilsa, Biz uni do‘zaxga 
kiritajakmiz. Bu Alloh uchun oson bo‘lgan ishdir» (Niso surasi, 29–30). 
Ya’ni, kimki Alloh qaytargan ishlarni qilsa, jumladan botil yo‘llar bilan mol yesa yoki 
nohaq qon to‘ksa, Alloh uni do‘zaxga mahkum qiladi. 
Jundab ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: «Sizlardan ilgari o‘tganlardan bir kishi jarohatlandi. Besabrlik qilib 
pichoq oldi-da, qo‘l(tomiri)ni kesib tashladi va ko‘p o‘tmay, qon yo‘qotib vafot etdi. 
Alloh: «Bandam joniga qasd etdi, unga jannatni harom qildim», dedi» (Muttafaqun 
alayh). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki tog‘dan o‘zini tashlab, joniga qasd 
qilsa, u jahannam olovida abadul-abad o‘zini pastga tashlaydi. Kimki zahar ichib joniga 
qasd qilsa, u qo‘lida zaharini tutib, jahannam olovida abadul-abad o‘zini zaharlaydi. 
Kimki o‘zini temir bilan o‘ldirsa, u qo‘lida temirini tutib, jahannam olovida abadul-abad u 
bilan o‘zini uradi» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati). 
Sobit ibn Zahhokdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
«Mo‘minni la’natlash uni o‘ldirish bilan barobardir. Kim bir mo‘minni kofirlikda ayblasa, 
uni o‘ldirgandek bo‘libdi. Kimki o‘zini biron narsa bilan o‘ldirsa, qiyomat kunida o‘sha 
narsa ila azoblanadi» (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
Bir kishi jarohatining og‘rig‘iga chidolmay, o‘limini tezlatib, qilichining tig‘i bilan o‘zini 
o‘ldirdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam u haqda: «U do‘zax ahlidandir», dedilar 
(Buxoriy va Muslim rivoyati). 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
Alloh taolodan bizlarni hidoyatiga yo‘llashini, nafslarimiz yovuzligi va amallarimiz 
yomonligidan saqlashini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, mag‘firatli va 
rahmli zotdir. 
Qirq to‘qqizinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling