www.ziyouz.com kutubxonasi
133
«... yoki o‘z yerlaridan surgan qilinishlaridir».
Ibn Abbos roziyallohu anhu bu hukm haqida shunday deganlar: «Imom: «Uni kim
uchratsa, o‘ldirsin», deb qonini to‘kishni halol qiladi. Bu hukm qo‘lga tushirib
bo‘lmaydigan jinoyatchilarga taalluqli bo‘lib, qo‘lga tushganlari esa hibsga olinib, qamab
qo‘yiladi. Chunki u hibsga olinsa, shaharlarda yurishdan mahrum bo‘ladi va yerdan
surgun qilingan hisoblanadi.
Ibn Qutayba ayrim mahbuslar tilidan she’r bitgan ekan:
Biz endi undanmasmiz, dunyo ahli bo‘lsak-da,
Na o‘likmiz, na tirik – faqat dil g‘amin yeymiz.
Zindonbon bir ish bilan oldimizga kirsa gar,
Alam bilan: «Bu dunyodan tashrif buyurdi», deymiz.
Yo‘ltasarlik qilib, odamlar ko‘ngliga qo‘rquv solishning o‘ziyoq gunohi kabiradir. Mol-
mulkni talon-taroj qilish, odamlarga jarohat yetkazish, qatl etishni esa aytmasa ham
bo‘laveradi.
Allohdan barcha balo-yu ofatlardan omon saqlashini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli,
mag‘firatli va rahmli zotdir.
Ellik yettinchi gunohi kabira
XAMR (MAST QILUVCHI ICHIMLIK) ICHISH
Alloh taolo aytadi:
«Ey mo‘minlar, aroq (mast qiluvchi ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar(ga
sig‘inish) va cho‘plar (bilan fol ochish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir.
Bas, ularning har biridan uzoq bo‘lingiz, shoyad najot topsangiz! Aroq, qimor
sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni
zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar!»
(Moida surasi, 90–91).
Alloh azza va jalla mazkur oyatlarda xamrdan ogohlantirdi, qaytardi.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Xamrdan saqlaninglar. Zero, u barcha yomonlikning kalitidir», deganlar (Hokim
rivoyati).
Kimda-kim undan saqlanmas ekan, batahqiq, u Alloh va Rasuliga osiylik qilgan va bu
bilan azobga sazovor bo‘lgan bo‘ladi. Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |