Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
149
Bu Rahmonga suyukli bandalarning yettinchi sifatidir.
Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yolg‘on
guvohlik beruvchining ikki qadami (turgan yeridan) qo‘zg‘almay turib Alloh unga
do‘zaxni vojib qiladi», dedilar» (Ibn Moja, Hokim rivoyati).
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Yolg‘on guvohlik berish uch marotaba Allohga shirk
keltirishga tenglashtirilgan», dedilar-da, keyin:
«But-sanamlardan iborat
nopoklikdan uzoq bo‘lingiz, yolg‘on so‘z-guvohlikdan uzoq bo‘lingiz», oyatini
tilovat qildilar (Tabaroniy rivoyati).
Musannif (rahmatullohi alayh) aytadilar: «Yolg‘on guvohlik beruvchi
odam bir qancha
ulkan gunohlarni sodir etadi:
1) yolg‘on va uydirma;
Alloh taolo aytganki:
«Albatta, Alloh haddan oshuvchi, yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas» (Fofir
surasi, 28).
Hadisi sharifda esa: «Mo‘minning tabiatida xiyonatkorlik va yolg‘onchilikdan
tashqari har
qanday xislatga moyillik bo‘lishi mumkin», deyilgan (Bazzor, Abu Ya’lo rivoyati);
2) zulm. Kimning zarariga yolg‘on guvohlik bersa, unga zulm qilgan bo‘ladi. Chunki shu
guvohlik sababli o‘sha kishining mol-mulki yoki obro‘si
va yo joni ketadi;
3) shuningdek, kimning foydasini ko‘zlab yolg‘on guvohlik bersa,
unga ham zulm qilgan
bo‘ladi. Zero, uning guvohligi tufayli u kishi harom mol-mulkni egallaydi va do‘zaxga
mahkum bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Kimga birodarining
haqqini hukm qilib bersam,
batahqiq, unga do‘zaxning bir parchasini bo‘lib bergan
bo‘laman» (Mutafaqqun alayh);
4) u Alloh taolo harom qilgan va saqlagan o‘zganing mol-mulki, qoni va obro‘siga
tajovuz qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch marta: «Sizlarga
gunohi
kabiralarning eng kattalarini xabar qilaymi?» deb so‘radilar-da: «Allohga shirk keltirish,
ota-onaga oq bo‘lish. Ogoh bo‘linglar, yolg‘on guvohlik berish va yolg‘on gapirish»,
dedilar. Suyangan holda edilar, o‘tirib
oldilar-da, bu so‘zni takrorlayverdilar, hattoki biz:
«Qaniydi, sukut qilsalar», dedik (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati).
Alloh taolodan barcha balolardan omon saqlashini so‘raymiz.
Oltmish oltinchi gunohi kabira
Do'stlaringiz bilan baham: