www.ziyouz.com kutubxonasi
147
qozilikdan qattiq qochganlarini ko‘rdim».
Sufyon Savriyga: «Shurayx qozilikka tayinlandi», deyishgan edi, u zot: «Shunday ajoyib
kishini buzishibdi-da (rasvo qilishibdi-da)» dedilar.
Molik ibn Munzir Muhammad ibn Vose’ni Basraga qozi qilish maqsadida chorlagan edi, u
bosh tortdi. Uni qayta chorlab: «Yo qozi bo‘lasan yoki darralanasan», degan edi, u zot:
«Sen hukmdorsan, bunday qilishing mumkin. Biroq oxiratda xor bo‘lgandan ko‘ra,
dunyoda xorlangan xayrliroq», dedi.
Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Agar hukmdor jabr-zulm qilmoqchi bo‘lsa yoki qilsa,
Alloh uning mamlakati aholisidan, ularning bozorlari-yu rizqlaridan, ekinlari-yu
chorvalaridan va barcha narsalardan barakani ko‘tarib qo‘yadi. U agar yaxshilik yoki
adolat qilmoqchi bo‘lsa, Alloh uning mamlakati aholisiga va barcha narsalarga baraka
ato etadi».
Hims hokimlaridan biri Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhuga: «Hims shahri vayron
bo‘ldi. U islohga muhtoj», deb xat yozgan edi, Umar roziyallohu anhu unga: «Shaharni
adolat bilan mustahkamla (idora qil), ko‘chalarini jabr-zulmdan tozala. Vassalom», deb
yozib yubordilar.
Qozi g‘azablanib turganida hukm chiqarishi haromdir.
Agar qozining ilmi kam, niyati va xulqi yomon, taqvosi oz bo‘lsa, u aniq ziyonkorlardan
bo‘libdi. U qozilikdan bo‘shashi va do‘zaxdan xolos bo‘lish uchun shoshilishi lozim.
Allohdan afv-ofiyat va O‘zi yaxshi ko‘rgan, rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq etishini
tilaymiz. U marhamatli va saxovatli zotdir.
Oltmish to‘rtinchi gunohi kabira
PORAXO‘RLIK
Alloh taolo aytadi:
«Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq – harom yo‘llar bilan yemangiz!
(Ya’ni, bir-biringizning haqqingizni yemang!) Va (gunoh qilayotganingizni) bilib
turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh – harom yo‘llar bilan yeyish
Do'stlaringiz bilan baham: |