Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
qozilikdan qattiq qochganlarini ko‘rdim». 
Sufyon Savriyga: «Shurayx qozilikka tayinlandi», deyishgan edi, u zot: «Shunday ajoyib 
kishini buzishibdi-da (rasvo qilishibdi-da)» dedilar. 
Molik ibn Munzir Muhammad ibn Vose’ni Basraga qozi qilish maqsadida chorlagan edi, u 
bosh tortdi. Uni qayta chorlab: «Yo qozi bo‘lasan yoki darralanasan», degan edi, u zot: 
«Sen hukmdorsan, bunday qilishing mumkin. Biroq oxiratda xor bo‘lgandan ko‘ra, 
dunyoda xorlangan xayrliroq», dedi. 
Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Agar hukmdor jabr-zulm qilmoqchi bo‘lsa yoki qilsa
Alloh uning mamlakati aholisidan, ularning bozorlari-yu rizqlaridan, ekinlari-yu 
chorvalaridan va barcha narsalardan barakani ko‘tarib qo‘yadi. U agar yaxshilik yoki 
adolat qilmoqchi bo‘lsa, Alloh uning mamlakati aholisiga va barcha narsalarga baraka 
ato etadi». 
Hims hokimlaridan biri Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhuga: «Hims shahri vayron 
bo‘ldi. U islohga muhtoj», deb xat yozgan edi, Umar roziyallohu anhu unga: «Shaharni 
adolat bilan mustahkamla (idora qil), ko‘chalarini jabr-zulmdan tozala. Vassalom», deb 
yozib yubordilar. 
Qozi g‘azablanib turganida hukm chiqarishi haromdir. 
Agar qozining ilmi kam, niyati va xulqi yomon, taqvosi oz bo‘lsa, u aniq ziyonkorlardan 
bo‘libdi. U qozilikdan bo‘shashi va do‘zaxdan xolos bo‘lish uchun shoshilishi lozim. 
Allohdan afv-ofiyat va O‘zi yaxshi ko‘rgan, rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq etishini 
tilaymiz. U marhamatli va saxovatli zotdir. 
 
Oltmish to‘rtinchi gunohi kabira 
PORAXO‘RLIK 
Alloh taolo aytadi: 
 
«Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq – harom yo‘llar bilan yemangiz! 
(Ya’ni, bir-biringizning haqqingizni yemang!) Va (gunoh qilayotganingizni) bilib 
turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh – harom yo‘llar bilan yeyish 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling