Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Imom Zahabiyning mashhur asarlari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

Imom Zahabiyning mashhur asarlari: 
1. Tarixul Islom. Katta bibliografik qomus. 
2. Al-Ibar bi axbar man abar. Olimlar haqida keng bibliografik tarix. 
3. Duvalul Islom. Siyosiy shaxslar va voqealar haqida. 
4. Siyaru a’lamin-nubala. 
5. Tazkiratul huffaz. Hadis olimlari tazkirasi. Abu Bakr Siddiqdan boshlab to o‘zlari 
yashagan davrigacha o‘tgan hadis roviylari va olimlari hayotiga bag‘ishlangan asar. 
Keyinchalik Imom Suyutiy bu kitobni o‘z zamondoshlari bilan boyitib, «Tabaqatul huffaz» 
asarini yozganlar. 
6. Tabaqatul qurro. Qur’on olimlarining hayotiga bag‘ishlangan kitob. 
7. Zikru man yu’tamid qavluhu fil jarhi vat-ta’dil. Ishonchliligi jurh va ta’dil yo‘lida 
tekshirilgan hadis roviylariga bag‘ishlangan kitob. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
8. Muxtasaru Sunan al-Bayhaqiy. 
9. At-tajrid fi asmais-sahaba. Sahobalar haqida lug‘at. 
10. Muxtasaru al-Mustadrak lil Hakim. Hakimning «Mustadrak» asariga qisqa sharh. 
11. Muxtasaru tarixi Naysabur lil Hakim. 
12. Nabaud-Dajjal. Dajjol haqidagi hadis va rivoyatlar monografiyasi. 
Imom Zahabiyning qirqqa yaqin asarlari bo‘lib, ularning ichida eng ko‘p tarqalgani, 
shubhasiz, «Kaboir» kitobidir. Qur’on va hadisda tilga olingan, had-jazo belgilangan, 
Alloh va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam la’natlagan gunoh ishlar ushbu kitobda 
batafsil yoritilgan. 
Inson yomonlikka tushib qolmasligi uchun uni yaxshilab tanib olishi kerak. Ushbu kitob 
bizga bu borada katta yordam beradi. To‘g‘ri, oldin ham katta gunohlar haqida ba’zi 
risolalar chop etilgan. Lekin ular Imom Zahabiyning «Kaboir» asaridan parchalar edi. 
Alloh taolo bandalari katta gunohlardan saqlansa, mayda-kichik gunohlarni kechishi 
aytgan. O‘qiyotgan besh vaqt namozimiz, tutayotgan ro‘zamiz, juma namozlarimiz ham, 
gunohi kabiralardan saqlanar ekanmiz, kichik gunohlarimizni yuvib turadi. Shuning 
uchun kabiralardan saqlanmog‘imiz, mabodo, beixtiyor ulardan birortasini sodir etib 
qo‘ysak, tavba va pushaymonlik o‘ti ila uni kuydirmog‘imiz lozim. Gunohlardan chekinish 
va ulardan poklanish yo‘lida ushbu kitob o‘quvchilarimizga zarur qo‘llanma bo‘lishiga 
umidimiz bor. Uni o‘qib, uqib, nafsida naf topganlar avvalo Imom Zahabiy hazratlarining 
haqlariga, qolaversa, ushbu asarni o‘zbek tiliga o‘girib, chop etilishiga hissa qo‘shgan 
mutasaddilarning haqlariga duoi xayrlar qilgaylar. 
Olamlar Parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Barchamizga U zotning 
huzuriga gunohlarsiz, pokdomon holda yuzlanishimizni nasib aylasin. 
Bismillahir rohmanir rohiym 
Olamlar Parvardigori Allohga hamdu sanolar, taqvodorlar peshvosi sayyidimiz 
Muhammadga salovot va salomlar bo‘lsin! 
Ushbu kitobda qaytarilgan va harom qilingan bir qancha ulkan gunohlar – gunohi 
kabiralar haqida so‘z boradi. 
Alloh va Uning Rasuli Kitobu sunnatda qaytargan ishlar gunohi kabiradir. (Bunday 
gunohlar uchun dunyoda had-jazo belgilangan, oxiratda tahdid solingan, yoki uni sodir 
qilgan kishining iymoni inkor qilingan, yoki la’natlangan, yoki «biz undan pokmiz», «u 
bizdan emas», kabi so‘zlar bilan sifatlangan.) 
Alloh taolo gunohi kabiralardan chetlangan kishining kichik gunohlarini kechib 
yuborishini, so‘ng uni jannatga doxil etishini xabar qiladi: 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling