Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur»


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur».  
Kimki Allohdan boshqani iloh deb e’tiqod qilsa, hech qachon jannatga kirmaydi, degan 
ma’nolarni uqib olish mumkin. Chunki jannat Allohni bir deb biluvchi muvahhidlar 
makonidir. 
«...uning borar joyi do‘zaxdir. Zulm qilguvchilar uchun biron yordamchi 
bo‘lmas» (Moida surasi, 72). 
Ya’ni, uning uchun Allohning azobidan qutqaruvchi ham, yordamchi ham bo‘lmas. Bu 
haqda ko‘plab oyatlar mavjud. 
Kimki Allohga iymon keltirib, mo‘min holida vafot etsa, garchi do‘zaxda gunohiga 
yarasha azoblansa-da, aniq jannatiy bo‘lganidek, Allohga shirk keltirib mushrik holida 
o‘lgan kimsa, shak-shubhasiz do‘zaxiydir. 
Buxoriy va Muslim rivoyatida kelgan hadisi nabaviyyada shunday deyiladi: «Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam «Sizlarga gunohi kabiralarning eng kattalari haqida xabar 
beraymi?» deb uch bor so‘radilar. Biz: «Ha», dedik. «Allohga shirk keltirish, ota-onaga 
oq bo‘lish», dedilar. Suyangan holda edilar, shundan so‘ng o‘tirib oldilar-da: «Ogoh 
bo‘linglar, yolg‘on gapirish va yolg‘on guvohlik berish», deya takrorlayverdilar. Hattoki, 
biz qaniydi, sukut qilsalar, dedik» (Muttafaqun alayh). 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Halok etuvchi yettita gunohdan saqlaninglar», 
dedilar-da, birinchi navbatda Allohga shirk keltirishni zikr qildilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ey Ibn Xattob, bor, odamlarga «jannatga 
faqatgina mo‘minlar kiradi», deb jar sol» (Muslim, Ahmad rivoyati). 
Foyda 
Insonlarning ko‘p so‘zlari ulamolar nazdida kufrdir. Masalan, Alloh ismlaridan birortasini, 
yo buyrug‘ini, yo va’dasini yoki tahdidini masxara qilish. «Agar Alloh menga falon ishni 
buyurganida, qilmasdim», «Agar qibla manovi tarafda bo‘lganida, u yoqqa qarab namoz 
o‘qimasdim» kabi, yoki «Namozni tark etmagin, bo‘lmasa Alloh jazolaydi», deyilsa, 
«Shunchalik qiyin ahvolda va kasal bo‘lsam ham jazolaydigan bo‘lsa, unda menga zulm 
qilibdi», deyish. «Agar menga falon narsa haqida payg‘ambarlar-u farishtalar guvohlik 
berganida ham tasdiqlamasdim», «Falonchi nazarimda yahudiyga o‘xshaydi», «Alloh 
insof-adolat qilish uchun turdi yoki o‘tirdi», «Agar payg‘ambar aytgani rost bo‘lsa, najot 
topibmiz», kabi so‘zlarni aytish. Boshiga musibat tushganida: «Bolamni va molimni 
olding, o‘zi nima qilyapsan?» deb dod solish. Janoza namozidan boshqa namozni mazax 
qilgan yoki mumkin deb bilgan holda betahorat o‘qish. Ikki kishi tortishib qolib, ulardan 
biri: «La havla va la quvvata illa billah», deganida ikkinchisi: «La havla va la quvvata illa 
billah» degan bilan qorin to‘ymaydi», deyishi. Muazzinning azonini eshitganda: «U 
yolg‘on gapiryapti» deyish. «Alloh taolo odam o‘ldirish, zino, zulm kabi hech bir 
zamonda halol bo‘lmagan ishni harom qilmaganida edi», deb orzu qilish. «Iymon nima» 
deb so‘ralganida «Bilmadim», deyish. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling