Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Biz, to biron payg‘ambar yubormaguncha (u orqali o‘zimizning amru


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Biz, to biron payg‘ambar yubormaguncha (u orqali o‘zimizning amru 
farmonlarimizni yuborib, unga itoat qilishdan bosh tortmagunlaricha, biron 
kimsani) azoblaguvchi emasmiz» (Al-Isro surasi, 15). 
Sahobalar Habashistonda ekanliklarida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga vahiy 
orqali vojib va haromlar nozil bo‘lgan. Bu hukmlar esa ularga bir necha oydan keyin 
yetib borgan. Ular bu muddat mobaynida bilmaganlari uchun ma’zur hisoblanishgan. 
(Qolaversa, islom ummatidan bilmagan, unutgan va majbur etilgan amallarining gunohi 
ko‘tarilgan. – (Tarjimon.) 
Birinchi gunohi kabira 
KATTA SHIRK 
Katta shirk – Allohga biron bir narsani sherik qilish, teng bilish va u zot bilan birga tosh
daraxt, quyosh kabi boshqa narsalarga ibodat qilishdir. U gunohi kabiralarning eng 
kattasidir. Allohning O‘zi saqlasin. 
«Albatta, Alloh O‘ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan 
boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan kishilar uchun kechirur...» (Niso surasi, 48). 
Ya’ni shirkni kechirmaydi. O‘zi xohlagan bandalarining shirkdan boshqa gunohlarini 
kechiradi. 
Shirk Alloh taoloning: 
«...Albatta, Alloh (O‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat 
qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mehribondir» (Zumar surasi, 53), oyati 
karimasidagi «barcha gunohlar» sirasiga kirmaydi. 
«...Chunki shirk keltirish katta zulmdir» (Luqmon surasi, 13). 
Ya’ni, shirk qabih amal va yaqqol zulmdir, bir narsani o‘z o‘rnidan boshqa o‘ringa 
qo‘yish, haqqini poymol qilishdir. Kimki yaratuvchi bilan yaralmish – maxluqni, iloh bilan 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
but-sanamni barobar deb bilsa, shak-shubhasiz, u aqlsiz, ahmoqdir. «Zolim» deb 
nomlanishga, hayvonlar qatorida sanalishga loyiqdir. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling