Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
«So‘ng uning uchun Allohdan o‘zga yordam beradigan biron jamoat bo‘lmadi va 
uning o‘zi ham g‘oliblardan bo‘lmadi» (Qasos surasi, 81). 
Ya’ni, hech kim uni Allohning balosidan qutqarolmadi. 
Parvardigoro, gunohlarimiz zulmatini ma’rifat va hidoyating nuri ila nurafshon et. Bizni 
O‘zing iqbol etgan, Sendan boshqalarga yuz burmaydigan bandalaringdan ayla. Bizni, 
ota-onamizni va barcha mo‘minlarni mag‘firat qil. Omin. 
 
Beshinchi gunohi kabira 
MAKR VA ALDOV 
Alloh taolo aytadi: 
«Yomon makr-hiyla esa faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur» (Fotir surasi, 43). 
Ya’ni, yomon makr-hiylaning kasofati makr qilgan, uyushtirgan kimsalarning o‘ziga 
uradi. 
Alloh taolo munofiqlar haqida shunday deydi: «Albatta munofiqlar Allohni 
aldamoqchi bo‘ladilar. Holbuki, Alloh ularni «aldab» qo‘yguvchidir» (Niso surasi, 
142). 
Vohidiy aytganlarki, ular aldamoqchi bo‘lganlari uchun o‘zlariga yarasha muomala 
qilinadi. Ya’ni, xuddi mo‘minlarga berilgani singari ularga ham nur beriladi. Yo‘lga 
tushganlarida esa nurlari o‘chib qoladi-da, zulmatda qolib ketadilar. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli besh toifa», dedilar-da, ulardan 
biriga «tong otsa ham, kech kirsa ham seni ahli oilang va molu dunyoing borasida 
aldamoqchi bo‘ladigan kimsa», deb ta’rif berdilar (Muslim rivoyati). 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilarki: «Mo‘min sodda, ulug‘ bo‘ladi, fojir esa makkor, xor bo‘ladi» (Termiziy, Abu 
Dovud rivoyati). 
Ya’ni, mo‘min odam ochiqko‘ngil, sodda bo‘ladi. Birovga makr qilmaydi. Balki o‘zi 
ishonuvchan, ochiqko‘ngil bo‘lgani sababli aldanib qolishi mumkin. Fojir esa odamlar 
orasida fasod qo‘zg‘ab yuradigan aldoqchi bo‘ladi. 
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Aldoqchi, minnatchi va baxil jannatga kirmaydi», dedilar» (Termiziy 
rivoyati). 
 
Oltinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling