Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

KIBR, MANMANLIK, G'URUR 
Alloh taolo aytadi: 
«Men yerda nohaq kibru havo qilib yuradigan, agar barcha oyat- mo‘’jizalarni 
ko‘rsalar ham, ularga iymon keltirmaydigan, To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsalar uni (o‘zlari 
uchun) yo‘l qilib olmaydigan, agar zalolat – noto‘g‘ri yo‘lni ko‘rsalar, uni yo‘l 
qilib oladigan kimsalarni O‘z oyat-mo‘’jizalarimdan burib yuborurman (ya’ni, 
anglab yetmaydigan qilib qo‘yurman)» (A’rof surasi, 146). 
Ya’ni, takabbur kimsalarni oyatlarimni fahmlash, u haqda fikr yuritib, tadabbur qilishdan 
mahrum qilaman va kibru havo qilganlariga jazo sifatida qalblarini muhrlab qo‘yaman. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
«Muso aytdi: «Albatta men, Parvardigorim va Parvardigoringiz (bo‘lmish 
Alloh)dan hisob-kitob Kuniga iymon keltirmaydigan barcha mutakabbir 
(kimsalarning yomonligi)dan panoh so‘raganman» (Fofir surasi, 27). 
«Albatta, U Zot mutakabbir kimsalarni sevmas» (Nahl surasi, 23). 
Ya’ni, haqqa quloq solib, unga bo‘ysunishdan kibr qilgan kimsalarni sevmaydi. 
«Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girma va yerda kibru havo bilan 
yurma. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas» 
(Luqmon surasi, 18). 
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: «Sizlardan ilgari yashab o‘tgan bir kishini takabburlik bilan izorini 
sudrab yurganida yer yutdi. U qiyomat kunigacha yer (qa’ri)ga kirib ketaverdi» (Buxoriy, 
Nasoiy va boshqalar rivoyati). 
Amr ibn Shu’aybning bobosidan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Qiyomat kunida mutakabbir kimsalar kishi suratidagi chumolilarga o‘xshash 
holda qayta tiriladilar. Ularni har tomondan xorlik egallab oladi. Ular jahannamdagi 
«Bulis» deb nomlanadigan zindonga haydaladilar» (Nasoiy, Termiziy rivoyati). 
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi», dedilar. Shunda bir 
kishi: «Bir odam kiyimi va poyabzali bejirim bo‘lishini yaxshi ko‘radi, shu narsa kibrmi?» 
deb so‘radi. «Albatta, Alloh go‘zaldir, go‘zallikni xush ko‘radi, u kibr emas. Kibr haqqa 
unamaslik – rad etish va odamlarni masxara qilish – tahqirlashdir», dedilar Nabiy» 
(Muslim, Termiziy rivoyati). 
Abu Said va Abu Hurayra roziyallohu anhumolardan rivoyat qilinadi: «Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh azza va jalla: «Azizlik izorim, kibriyo ridoimdir. 
Kim (bu ikkisini) Men bilan talashsa, uni azoblayman», deydi» (Muslim rivoyati). 
Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: «Jannat bilan do‘zax talashib qolishdi. Do‘zax: «Zo‘ravon va 
mutakabbir kimsalar menda», degan edi, jannat: «Zaif va miskin musulmonlar menda», 
dedi. Alloh ular orasida ajrim qilib dedi: «Jannat, sen Mening rahmatimsan, sen orqali 
xohlagan bandalarimga rahm qilaman. Do‘zax, sen Mening azobimsan, sen orqali 
xohlagan bandalarimni azoblayman. Ikkingiz ham to‘lib toshasiz» (Muslim rivoyati). 
Harisa ibn Vahb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning: «Sizlarga do‘zax ahli kimlar ekanini xabar qilaymi? (Ular) qo‘pol, 
yaxshiliklardan to‘suvchi va mutakabbir kimsalardir», deganlarini eshitganman» 
(Buxoriy va Muslim rivoyati). 
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning: «Kimki o‘zini boshqalardan afzal, deb bilsa, yoki kibr-havo bilan yursa, 
Alloh taborak va taoloni g‘azablangan holda uchratadi», deganlarini eshitdim» 
(Tabaroniy rivoyati). 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling