Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Ko‘p ro‘zadorlar borki, ularning ro‘zasidan oladigan «ulush»lari faqat ochlik va 
tashnalikdir, ko‘plab kechalari qoim bo‘luvchilar borki, ularning qoimlikdan oladigan 
«ulush»lari faqat bedorlik, xolos» (Tabaroniy rivoyati). 
Ya’ni, agar namoz va ro‘za Alloh taoloning roziligi uchun bo‘lmas ekan, unga savobi 
berilmaydi. 
Ba’zi hukamolar aytishgan ekan: «Riyo va sum’a (odamlar eshitishi) uchun amal qilgan 
kimsa hamyonini toshlar bilan to‘ldirib olgan kishiga o‘xshaydi. U bozorga bir narsa sotib 
olish uchun kirib, sotuvchining oldida hamyonini ochsa, ichi to‘la tosh bo‘ladi va sotuvchi 
toshlarni uning yuziga otadi. Insonlarning: «Hamyoni juda to‘la ekanmi?» degan 
so‘zlaridan boshqa unga hech bir manfaat yo‘q va unga hech vaqo berilmaydi». 
Xuddi shunga o‘xshab riyo va odamlar eshitsin, deb qilingan amallardan zarracha foyda 
yo‘q, oxiratda unga savob ham berilmaydi. 
«(Zotan), Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon 
(kabi) qilib qo‘ygandirmiz» (Furqon surasi, 23). 
Ya’ni, Allohning roziligidan boshqa narsa uchun qilgan amallarini savobsiz qoldiramiz va 
ularni quyosh nurida ko‘rinadigan g‘ubor kabi qilib qo‘yamiz, deyilmoqda. 
Adiy ibn Xotim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir toifa odamlarni do‘zaxdan 
jannatga olib borish buyuriladi. Ular jannatga yaqinlashib, uning bo‘ylarini hidlab, undagi 
qasrlar va Alloh jannat ahli uchun hozirlab qo‘ygan narsalarni ko‘rishgach, «Ularni 
jannatdan burib yuboringlar, u yerda ularga nasiba yo‘q», deb nido qilinadi. Shunda 
ular: «Parvardigoro, bizga jannatingni va u yerda do‘stlaring uchun hozirlab qo‘ygan 
narsalaringni (noz-ne’matlaringni) ko‘rsatmasdan turib do‘zaxga kiritganingda, bizga 
osonroq bo‘lardi», deyishadi. «Men sizlarga shuni iroda qildim, – deydi. – Chunki sizlar 
yolg‘iz qolganingizda, ulkan gunohlar bilan Menga qarshi chiqdingiz va odamlarga 
yo‘liqsangiz, ularga itoatkor – taqvodor bo‘lib ko‘rindingiz. Insonlarga qalbingizdan Men 
uchun bergan narsalaringizning teskarisini ko‘rsatdingiz. Odamlardan qo‘rqdingiz, 
Mendan qo‘rqmadingiz. Odamlarni ulug‘ladingiz, Meni ulug‘lamadingiz. Odamlarni deb 
(biron gunoh ishni) tark etdingiz, Men uchun tark etmadingiz. Mana bugun sizlarni 
savobdan mahrum etganimdek, alamli azobga giriftor qilaman». 
Ba’zi hukamolardan: «Muxlis (ixlosli odam, riyokorning ziddi) kim?» deb so‘ralganida: 
«Muxlis – yomonliklarni yashirgani singari, yaxshiliklarini ham yashirgan kishi», deya 
javob berishgan. 
Ayrim zotlardan: «Ixlosning g‘oyasi-mag‘zi nima?» deb so‘rashganida, «Odamlar 
maqtashini yomon ko‘rishing», deya javob berishgan. 
Alloh taoloning: 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling