Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
Oltmish birinchi gunohi kabira 
MUSULMONLARNING NOZIK JIHATLARINI OCHISH 
Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni, Zubayrni va 
Miqdod ibn Asvadni yubora turib: «Xox nomli boqqa boringlar. U yerda bir cho‘rini 
uchratasizlar. Unda maktub bor. O‘sha maktubni olib kelinglar», dedilar. Biz yo‘lga 
tushdik. Otlarimizni choptirib, boqqa yetib bordik. U yerda cho‘rini uchratdik. Unga: 
«Maktubni chiqar», degan edik, u: «Menda hech qanday maktub yo‘q», dedi. «Yo 
maktubni chiqarib ber yoki kiyimlaringni yechib tintamiz», deganimizdan keyin 
turmaklangan sochining orasidan maktubni chiqarib berdi. Uni olib Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamga keltirdik. Unda: «Hotam ibn Abu Balta’adan Makka ahlining ayrim 
mushriklariga» deyilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba’zi ishlari haqida 
xabar bergan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Hotam, bu nima?» deb 
so‘ragan edilar, u: «Yo Rasululloh, xulosa chiqarishga shoshilmang. Men Qurayshlik 
emasman. Faqat ular bilan qo‘shni edim. Siz bilan birga bo‘lgan muhojirlarning esa 
Makkada qolgan bola-chaqalarini himoya qiladigan qarindoshlari bor. Mening bunday 
nasab-qarindoshlarim bo‘lmagani bois ularga yaxshilik qilishni va buning evaziga u 
yoqda qolgan yaqinlarimni himoya qilishni xohladim. Bu ishni kofir va murtad 
bo‘lganimdan yoki Islomdan so‘ng kufrga rozi bo‘lganimdan qilmadim», dedi. Rasululoh: 
«U rostni aytdi», dedilar. Shunda Umar: «Yo Rasululloh, ijozat bering, men bu 
munofiqlarning kallasini olay», degan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U 
Badrda qatnashgan. Sen qaerdan bilasan, ehtimol Alloh Badr ahlining qay ahvolga 
tushganini bilgani bois: «Istagan ishinglarni qilinglar, sizlarni mag‘firat qildim», 
degandir», dedilar». 
Mazkur hadisda bayon qilinishicha, Umar roziyallohu anhu Hotam ibn Abu Balta’ani 
qilgan ishi uchun o‘ldirmoqchi bo‘lganlar. Biroq u Badr g‘azoti ishtirokchisi bo‘lgani bois, 
uni qatl etishni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam man qilganlar. 
Agar Islomning zaiflashishi, musulmonlarning qatl etilib, asirga olinib, talon-tarojga 
uchrashlariga josus-ayg‘oqchi sababchi bo‘lsa, u fasod tarqatuvchi, ekin va nasllarni 
halok etuvchilardan hisoblanadi. Binobarin, uni jazolash, qatl etish shart bo‘lib qoladi. 
Allohdan afv va ofiyat tilaymiz. 
Chaqimchilik gunohi kabira hisoblansa, josusning chaqimchiligi yanada ulkanroq, 
kattaroq gunoh bo‘lishini har bir es-hushli odam yaxshi biladi. Alloh O‘z panohida 
saqlasin. Undan afv va ofiyat tilaymiz. U mehribon, har narsadan xabardor, marhamatli 
va saxovatli zotdir. 
 
Oltmish ikkinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling