Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
153
ifodalaydi. Shuning uchun Umar roziyallohu anhu: «Ey Parvardigor, to‘xtadik», degan
edilar.
Abu Hayyon aytadilar: «Alloh taolo xamr va qimordagi ikki fasodni zikr qildi: biri –
dunyoviy, ikkinchisi – diniy».
Dunyoviy fasodi: xamr ko‘ngilsizlik va gina-kudrat keltirib
chiqaradi hamda yor-
birodarlar orasiga rahna soladi. Qimor o‘ynaydigan kimsa esa borib-borib hech vaqosi
qolmaydi va oxiri xotini va bolalarini ham qimorga tikib yuboradi.
Diniy fasodi: Xamr ichgan odam sarxush bo‘lib, es-hushini yo‘qotadi va Allohni zikr
qilishdan chalg‘iydi. Qimor o‘ynaydigan
kimsa esa, yutsa ham, yutqazsa ham Allohni zikr
qilishdan chalg‘iydi.
Qimor odamlarning haqlarini botil-nohaq yo‘l
bilan yeyish hisoblanib, Alloh undan
qaytargandir:
«Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq – harom yo‘llar bilan yemangiz
(Ya’ni, bir-biringizning haqqingizni yemang!)» (Baqara surasi, 188).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham: «Ayrim kishilar
Allohning moliga nohaq
tajovuz qiladilar. Qiyomat kunida ularga do‘zax bo‘lur», deganlar (Buxoriy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir birodariga: «Kel, qimor o‘ynaymiz»
desa, darhol sadaqa qilsin», dedilar (Buxoriy rivoyati).
Agar «qimor o‘ynaymiz» degan so‘zning o‘zi uchun kafforat to‘lash yoki sadaqa qilish
vojib bo‘lsa, qimor o‘ynashning hukmi qanday bo‘lar ekan?!
Fasl
Ulamolar, garchi o‘rtaga hech narsa tikmasalar-da, narda o‘ynash
haromligiga ittifoq
qilganlar. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim narda o‘ynasa, u
go‘yoki qo‘lini cho‘chqaning go‘shti va qoniga botirgandek bo‘libdi», deganlar (Muslim,
Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki narda o‘ynasa, batahqiq, u Alloh va
rasuliga osiylik qilibdi», dedilar (Molik, Hokim va boshqalar rivoyati).
Oltmish sakkizinchi gunohi kabira
Do'stlaringiz bilan baham: