Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIBR VA MANMANLIK BILAN KIYIMLARINI SUDRAB YURISH Alloh taolo aytadi: «Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girmagin va yerda kibru havo
www.ziyouz.com kutubxonasi
41 Nofe’ roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Ibn Umar va Abdulloh ibn Amrlar Zubayr ibn Abdulmuttalibning huzurida edilar. Bir vaqt yelkasiga kamon osgan ayol qo‘ylarini haydab o‘tib qoldi. Abdulloh ibn Umar undan: «Sen erkakmisan yo ayol?» deb so‘radilar. «Ayolman», dedi u. Ibn Umar Ibn Amrga o‘girildilar-da: «Alloh taolo Payg‘ambar tili orqali erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni va ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni la’natlagan», dedilar». Ko‘chaga chiqqanda nomahramlarga zeb-ziynat va taqinchoqlarini ko‘rsatib yuradigan, mushk-anbar va har xil xushbo‘yliklar bilan o‘ziga oro beradigan hamda kalta va tor liboslar kiyadigan ayollar ham mal’undirlar. Bu ishlarning barchasini, ya’ni, o‘zini bozorga solib, jamolini ko‘z-ko‘z qilib yurishni Alloh taolo yomon ko‘radi. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, ko‘p ayollar shaytonning tuzog‘iga ilingandirlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ular haqida: «Do‘zaxga boqib, uning ko‘pchilik ahli ayollar ekanligini ko‘rdim», deganlar (Muslim rivoyati). Yana u zot sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «O‘zimdan keyin erkaklar uchun ayollardan ko‘ra zararliroq fitna qoldirmadim» (Muslim rivoyati). Alloh taolodan bizni ayollar fitnasidan saqlashini va O‘z fazlu marhamati ila ularni ham, bizni ham isloh etishini so‘raymiz. O‘n to‘qqizinchi gunohi kabira KIBR VA MANMANLIK BILAN KIYIMLARINI SUDRAB YURISH Alloh taolo aytadi: «Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girmagin va yerda kibru havo bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas» (Luqmon surasi, 18). Ya’ni, Alloh taolo o‘zini boshqalardan ustun qo‘yadigan, hech kimni mensimaydigan, gerdayib yuradigan va maqtanchoq kimsalarni yoqtirmaydi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «To‘piqdan pastga tushgan izor (ishton) olovdadir» (Buxoriy rivoyati). (Izoh: Bu o‘rinda e’tibor beriladigan muhim jihat shim pochasining to‘piqdan pastga tushirib yurish emas, balki kibr qilmaslikdir. Bir zamonlarda izorni sudrab kiyish kiborlarga xos illat bo‘lgan. Keyinchalik esa, kibr alomatlari ko‘payib ketdi. Hatto, kishilar pochasini to‘pig‘idan balandga ko‘tarib olgani bilan boshqalarga manmanlik qiladigan bo‘ldi. Quyida keltirilayotgan hadislar, xususan, Abu Bakr roziyallohu anhuning Nabiy alayhissalomga izorlari tushib ketayotganidan shikoyat qilganlari va Rasuli akramning: «Siz bu ishni manmanlik bilan qiladiganlardan emassiz», deganlari izorning to‘piqdan pastga tushirmaslikdan asl murod kibr qilmaslik ekanini ochiq ayon qiladi. – Muharrir.) Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh izorini takabburlik bilan sudrab yurgan kimsalarga qiyomat kunida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling