Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
Nofe’ roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Ibn Umar va Abdulloh ibn Amrlar Zubayr ibn 
Abdulmuttalibning huzurida edilar. Bir vaqt yelkasiga kamon osgan ayol qo‘ylarini 
haydab o‘tib qoldi. Abdulloh ibn Umar undan: «Sen erkakmisan yo ayol?» deb so‘radilar. 
«Ayolman», dedi u. Ibn Umar Ibn Amrga o‘girildilar-da: «Alloh taolo Payg‘ambar tili 
orqali erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni va ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni 
la’natlagan», dedilar». 
Ko‘chaga chiqqanda nomahramlarga zeb-ziynat va taqinchoqlarini ko‘rsatib yuradigan, 
mushk-anbar va har xil xushbo‘yliklar bilan o‘ziga oro beradigan hamda kalta va tor 
liboslar kiyadigan ayollar ham mal’undirlar. Bu ishlarning barchasini, ya’ni, o‘zini 
bozorga solib, jamolini ko‘z-ko‘z qilib yurishni Alloh taolo yomon ko‘radi. Lekin ming 
afsuslar bo‘lsinki, ko‘p ayollar shaytonning tuzog‘iga ilingandirlar. Payg‘ambar sollallohu 
alayhi vasallam ular haqida: «Do‘zaxga boqib, uning ko‘pchilik ahli ayollar ekanligini 
ko‘rdim», deganlar (Muslim rivoyati). 
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «O‘zimdan keyin erkaklar uchun 
ayollardan ko‘ra zararliroq fitna qoldirmadim» (Muslim rivoyati). 
Alloh taolodan bizni ayollar fitnasidan saqlashini va O‘z fazlu marhamati ila ularni ham
bizni ham isloh etishini so‘raymiz. 
 
O‘n to‘qqizinchi gunohi kabira 
KIBR VA MANMANLIK BILAN KIYIMLARINI SUDRAB YURISH 
Alloh taolo aytadi: 
«Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girmagin va yerda kibru havo 
bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni 
suymas» (Luqmon surasi, 18). 
Ya’ni, Alloh taolo o‘zini boshqalardan ustun qo‘yadigan, hech kimni mensimaydigan, 
gerdayib yuradigan va maqtanchoq kimsalarni yoqtirmaydi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «To‘piqdan pastga tushgan izor 
(ishton) olovdadir» (Buxoriy rivoyati). 
(Izoh: Bu o‘rinda e’tibor beriladigan muhim jihat shim pochasining to‘piqdan pastga 
tushirib yurish emas, balki kibr qilmaslikdir. Bir zamonlarda izorni sudrab kiyish 
kiborlarga xos illat bo‘lgan. Keyinchalik esa, kibr alomatlari ko‘payib ketdi. Hatto, kishilar 
pochasini to‘pig‘idan balandga ko‘tarib olgani bilan boshqalarga manmanlik qiladigan 
bo‘ldi. Quyida keltirilayotgan hadislar, xususan, Abu Bakr roziyallohu anhuning Nabiy 
alayhissalomga izorlari tushib ketayotganidan shikoyat qilganlari va Rasuli akramning: 
«Siz bu ishni manmanlik bilan qiladiganlardan emassiz», deganlari izorning to‘piqdan 
pastga tushirmaslikdan asl murod kibr qilmaslik ekanini ochiq ayon qiladi. – Muharrir.) 
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Alloh izorini takabburlik bilan sudrab yurgan kimsalarga qiyomat kunida 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling