Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
Rivoyat qilinishicha, dod solib yig‘lovchilar qiyomat kuni jahannamda ikki qator qilib 
teriladi. Biri o‘ng tarafda, ikkinchisi chap tarafda. Ular do‘zax ahliga qarab xuddi itlar 
singari akillaydilar. 
Avzo’iy aytadilar: «Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir hovlida yig‘i ovozini eshitib, u 
yerga kirdilar. Yonlarida sherigi ham bor edi. U yerdagi ayollarni turtib-surib o‘tib, dod 
solib aytib yig‘lovchi ayolning oldiga bordilar-da, uni urdilar. Ayolning ustidan yopinchig‘i 
tushib ketdi. «Ur uni, – dedilar. – U dod solib yig‘lovchidir, behurmatdir. U sizlarning 
qayg‘ularingizga sherik bo‘lib yig‘layotgani yo‘q, balki pullaringizni olish uchun ko‘z 
yoshlarini to‘kyapti. U qabrlardagi o‘liklaringizga ozor beradi. Chunki u sabrdan 
qaytaradi, holbuki, Alloh sabrga buyurgan. U betoqatlikka buyuradi, holbuki Alloh undan 
qaytargan». 
Dod solib yig‘lash – ovozda mayyitning yaxshi xislatlarini sanab yig‘lashdir. 
Fasl 
Dod solib yig‘lovchi ayol betoqatlikka targ‘ib qilib, sabrdan qaytarganligi sababli malomat 
va azobga giriftordir. Holbuki, Alloh va Rasuli sollallohu alayhi vasallam sabrga va savob 
umid qilishga buyurib, betoqatlik va g‘azablanishdan qaytargan. 
«Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar! 
Albatta Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir» (Baqara surasi, 153). 
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Alloh taolo: «Men sizlar bilan birgaman
sizlarga yordam beraman, o‘z holingizga tashlab qo‘ymayman», deyapti». 
«Va, albatta, sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni 
kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Biror musibat kelganda: 
«Albatta, Biz Allohning (bandalarimiz) va, albatta, biz U zotga 
qaytguvchilarmiz», deydigan sabrli kishilarga xushxabar bering! Ana 
o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordir. Ana 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling