Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
Imom Shofe’iy va ashoblari mazkur hadis karohatni ifodalaydi, deb ta’vil qilishgan va 
mayyit o‘lganidan keyin yig‘lashni makruh deb bilishgan. 
Fasl 
Ta’ziya xususida 
Amr ibn Hazm roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: «Qaysi bir mo‘min musibat yetgan birodariga ta’ziya bildirsa, Alloh 
unga qiyomat kuni ulug‘lik libosini kiygazadi» (Ibn Moja rivoyati). 
Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fotima 
roziyallohu anhodan: «Ey Fotima, uyingdan chiqishga seni nima majbur qildi?» deb 
so‘ragan edilar, qizlari: «Yo Rasululloh, mana bu mayyitning ahli-yaqinlariga borib, 
mayyitga (Allohning) rahmatini tiladim va ularga ta’ziya izhor qildim», deya javob 
berdilar» (Abu Dovud rivoyati). 
Rivoyatlarda kelishicha, musibatzadaga ta’ziya bildirgan kishi musibatzadaning ajri 
miqdoricha ajrga ega bo‘ladi; eridan tul qolgan xotinga ta’ziya bildirgan kishiga jannat 
to‘ni kiydiriladi. 
Ta’ziya sabrga undash va musibatni yengillatadigan, qayg‘uni aritadigan so‘zlar bilan 
tasalli berishdir. U amri ma’ruf va nahiy munkarni o‘z ichiga olganligi bois mustahab 
bo‘lib, «Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz» (Moida surasi, 2) oyati 
karimasini amalda tadbiq qilishning bir ko‘rinishidir. 
Dafn marosimidan oldin ham, keyin ham ta’ziya bildirish mustahab hisoblanadi. 
Imom Shofe’iy ashoblari: «Mayyit o‘lgan paytdan dafn qilinganining uchinchi kunigacha 
ta’ziya bildirish lozim», deyishgan bo‘lsa, bizning ashoblarimiz: «Uch kundan keyin 
ta’ziya bildirish makruh. Chunki ta’ziya musibatzadaning qalbini tinchlantiruvchi vosita 
bo‘lib, odatda, uch kundan keyin qalb tinchlangan bo‘ladi. Uning qayg‘usini 
yangilashning esa keragi yo‘q», deganlar. 
Abu Abbos aytganlarki: «Uch kundan keyin ham ta’ziya bildirilsa bo‘laveradi. Uning vaqti 
cheklanmagan». 
Navaviy aytganlar: «Bu boradagi muxtor (tanlangan, mo‘’tabar) gap shuki, uch kundan 
keyin ta’ziya bildirilmaydi. Mabodo, ta’ziyachi yoki musibatzoda dafn vaqtida yo‘q bo‘lib, 
uch kun o‘tgandan so‘ng kelsa, unda ta’ziya bildiriladi». 
Dafn qilingandan keyin ta’ziya bildirish ma’qulroq. Chunki mayyitning yaqinlari to dafn 
qilinguncha, o‘likni jihozlash ishlari bilan ovora bo‘ladilar. Shuningdek, dafn qilingandan 
so‘ng ularning qayg‘ulari kuchayadi. Agar ular betoqat, besabr bo‘lsalar, ularni 
tinchlantirish uchun dafndan oldin ham ta’ziya bildirsa bo‘laveradi. 
Mayyitning yaqinlari ta’ziya bildiruvchilarni qabul qilish uchun bir uyda yig‘ilib turishlari 
makruh. Bu hukm erkagu ayollarga birdek tegishli. Ular o‘z ishlari bilan mashg‘ul 
bo‘lishlari kerak. 
Ta’ziya duosi esa mashhurdir. 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling