FONETIKA
Hurmatli bo‘lajak talabalar, bugun sizlar bilan FONETIKA bo'limini boshlaymiz. avvalo, sizlar (avval tayyorlangan bo'lish-bo'lmasligingizdan qat`i nazar) quyida berilgan savolni ishlashga harakat qilib ko‘rasizlar. Heeech narsadan foydalanmasdan bajaringlar , xo’pmi?
SAVOL: Quyida berilgan hukmlarning nechtasi to'g'ri? 1. Jarangli jufti mavjud bo'lmagan jarangsiz undoshlar hosil bo'lish o'rniga ko'ra bir guruhga mansub undoshlar hisoblanadi.
2. Ovozdor undoshlarda shovqin ishtirok etmaydi. 3. Jarangsiz jufti yo'q jarangli undoshlar faqat sonor undoshlar guruhiga mansub.
4. Jarangli va ajrangsiz juftlik hosil qiluvchi undoshlar shovqinli undoshlar guruhiga mansub.
A) ikkita hukm to'g'ri B) uchta hukm to'g'ri C) bitta hukm to'g'ri D) to'rtta hukm to'g'ri
Iltimos, javobni tanlayotganingizda faqat to'g'ri hukmlarning miqdorinigina aniqlash bilan cheklanib qolmang, qaysi hukmlarni olganingizni yozma tarzda izohlab o‘ting (to‘g‘ri hukmlar nega to‘g‘ri va xato hukmlar nega xato?) va mavzuni o`qishda davom eting.
Anaaaa, endi yuqoridagi savolning tahlilini aytib o'taman. O‘zingizning javobingiz bilan taqqoslashga tayyormisiz?
To'rtta hukmning faqat oxirgisi, ya'ni bitta hukm to'g'ri edi.
JAVOB: C. 1-hukm xato. Jarangli jufti mavjud bo'lmagan jarangsiz undoshlarning miqdori ikkita: "Q" va "H". Ushbu tovushlar hosil bo'lish o'rniga ko'ra bir gurhga mansub emas, turli guruhlarga mansub, ya'ni biri chuqur til orqa undoshi, ikkinchisi esa bo'g'iz undoshi hisoblanadi.
2-hukm xato. Afsuski, juda ko'p abituriyentlar mana shu hukmni to'g'ri hukm deb baholashadi. chunki ular mavzulardagi nazariy hukmlarga e'tibor qilmaydilar va sonorlarda shovqin ishtirok etmaydi degan fikrda qoladilar. Bu — xato. Ma'lumki, 30 ta tovush mavjud va ular dastlab ikki yirik guruhga ajraladi, ya'ni UNLI TOVUSHLAR va UNDOSH TOVUSHLAR. Oltita (A, E, I, O, O', U) unli tovushlarda aslo shovqin ishtirok etmaydi, yigirma to'rtta (B,D,F,G,H,J,K,L,M,N,P,Q,R,S,T,V,X,Y,Z,G',SH,CH,NG va sirg'aluvchi J) undosh tovushlarda, albatta, shovqin ishtirok etadi. Chunki ular undoshlardir. Demaaak, M, N, L, R, NG kabi sonorlarda ham shovqin mavjudligiga tushundingizmi?
3-hukm xato. sizga ma'lumki, jarangli undoshlar miqdori 14 ta va ular quyidagilardir: B, M, V, D, Z, J, J(jurnal), L, R, N, Y, G, NG, G'. Ularning 8 tasi o'zining jarangsiz juftiga ega: B-P, V-F, D-T, Z-S, J-CH, J-SH, G-K, G'-X. Qolgan 6 tasining (M, N, L, R, Y, NG) esa jarangsiz jufti mavjud emas. Endi o'ylab ko'ring-chi, shu oltitaning baaarchasi sonorlar guruhiga mansubmi? Yo'q, albatta. Siz "Y" undoshining SHOVQINLI ekanligini tamoman unutdingiz. Demaaaak, uchinchi hukm ham xato ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |