Normamatova dildora


TOVUSHLARNING BIRLASTIRUVCHI VA FARQLOVCH XUSUSIYATLARI


Download 113.68 Kb.
bet6/47
Sana03.02.2023
Hajmi113.68 Kb.
#1150320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Mirzabek Ustoz ma\'ruza TAYYORI

TOVUSHLARNING BIRLASTIRUVCHI VA FARQLOVCH XUSUSIYATLARI
Bundan avvalgi mavzuda bitta tovushning yolg'iz o'zi o'rganilaverar edi. Hozirgi mavzuda esa bir tahlilda ikki va undan ortiq tovushlar tahlil qilinishi shart, bitta tovushning o'zi o'rganilmaydi.
QOIDA: O'rganilayotgan(zidlanayotgan) ikki va undan ortiq tovushlar UNDOSHLAR TASNIFINING biror yo'nalishida(3 ta yo'nalishni esladingizmi?) bir guruhga mansub bo'lsa, ushbu yo'nalish o'rganilayotgan tovushlarning BIRLASHTIRUVCHI belgisi hisoblanadi.
Agar o'rganilayotgan(zidlanayotgan) ikki va undan ortiq tovushlar UNDOSHLAR TASNIFI ning biror yo'nalishida turlicha bo'lsa, ushbu yo'nalish(lar) o'rganilayotgan tovushlarning FARQLOVCHI belgisi hisoblanadi.
Masalan: "Q" va "B" undoshlarini uch tasnif jihatdan o'rganib chiqamiz:
"Q" undoshi hosil bo'lish o'rniga ko'ra chuqur til orqa undoshi, hosil bo'lish usuliga ko'ra portlovchi undosh, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra jarangsiz undoshdir.
"B" undoshi hosil bo'lish o'rniga ko'ra lab-lab undoshi, usuliga ko'ra portlovchi undosh, ovoz va shovqiniga ko'ra jarangli undoshdir. Demaaaak, "Q"va "B" undoshlari ovoz va shovqiniga ko'ra hamda hosil bo'lish o'rniga ko'ra FARQLOVCHI BELGI ga ega, hosil bo'lish usuliga ko'ra BIRLASHTIRUVCHI BELGI ga ega.
Ko'o'o'pchilik abituriyentlar "M" va "V" undoshlarini LAB undoshlari deb qarab o'rniga ko'ra BIRLASHTIRUVCHI BELGI olamizmi, yoki biri LAB-LAB undoshi, yana biri esa LAB-TISH undoshi deya qarab o'rniga ko'ra FARQLOVCHI BELGI deb olamizmi deb ikkilanishadi.
Yoki "K" va "L" undoshlarini TIL undoshlari deya o'rniga ko'ra BIRLASHTIRUVCHI BELGI olamizmi, yoki biri TIL OLDI undoshi, yana biri esa TIL ORQA undoshi bo'lgani uchun bu tovushlarni hosil bo‘lish o'rniga ko'ra FARQLOVCHI BELGIga ega deb hisoblaymizmi? -- degan ikkilanishda qolishadi. Siz so'rayotgan yuqoridagi holatlar savolning BERILISHIGA ko'ra turlicha(ya'ni ikki xil) bo'ladi.
Agar savolda "hosil bo'lish o'rniga ko'ra BIR UMUMIY GURUHGA mansub bo'lgan undoshlar" haqida so'ralsa, D, Y, K, G' kabilarning til oldi, til o'rta, til orqa, chuqur til orqa ekanligi umuman ahamiyat kasb etmaydi, ya'ni ularning baaarchasi bir nom bilan TIL UNDOSHLARI hisoblanadi va o'rniga ko'ra BIRLASHTIRUVCHI BELGI hisoblanadi. Agar savolda tilning qayerda hosil bo‘lishiga ko‘ra birlashtiruvchimi yoki farqlovchimi deb so‘ralganida farqlovchi belgi deb olasiz (Lab undoshlariniki ham shunaqa). Agar savolga aytganimdek to'g'ri yondashmasangiz, mana shunaqa 👇👇👇 savollarning javobi zinhor chiqmaydi.
SAVOL: berilgan so'zlardan nechtasining tarkibidagi barcha undoshlar hosil bo'lish usuli va hosil bo'lish o'rniga ko'ra bir umumiy guruhga mansub undoshlar sanaladi?

Download 113.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling